3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Ma’naviyzararbo‘yichajavobgarlikshartnomaga asoslanmagan, ya’ni huquqbuzarlik bilan bog‘liq delikt tarzga ega bo‘lgan javob- garlikdan iborat. Shuning uchun ham bunday javobgarlikka oid qoidalar, ularning xususiyatlari hisobga olingan holda alohida paragrafda berildi va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar sifatida Fuqarolik kodeksining 57-bobiga kiritildi.
Fuqarolik kodeksining 11-moddasida ma’naviy zararni qoplash fuqaro- lik huquqlarini himoya qilish usullaridan biri ekanligi tan olindi. Buning isboti uchun ushbu moddani keng doirada ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, unga ko‘ra fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi:
huquqni tan olish;
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish hujjatini haqiqiy emas deb topish;
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;
zararni to‘lash;
ma’naviy ziyonni qoplash;
huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;
davlat organining yoki fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari- ning qonunga zid hujjatlarini sudning qo‘llamasligi.
Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining «Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish» nomli 100-moddasida qanday hollarda ma’naviy zararni qoplash mumkinligi aniq ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, fuqaro o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumot- lar yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li bilan raddiya talab qilishga haqli.
Manfaatdor shaxslarning talabiga ko‘ra fuqaroning sha’ni va qadr- qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Vaholanki, fuqaroning sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarida raddiya berilishi lozim. Basharti, bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda uchrasa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chiqarib olinishi kerak.
Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi. Bundan tashqari, fuqaro ommaviy axborot vositalarida uning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsituvchi ma’lumotlar e’lon qilinganda, u ayni o‘sha ommaviy axborot vositalari orqali chiqib, o‘zini himoya qilish huquqiga ega. Basharti, sudning hal qiluv qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga haqlidir. Jarimani to‘lash qoidabuzarni sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatlarni bajarish vazifasidan ozod etmaydi.
O‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilgan fuqaro bunday ma’lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonning o‘rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi qoida yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilishga ham tegishli asosda tadbiq etiladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan hollardan ko‘rinib turibdiki, ma’naviy zararni qoplash fuqaroning shaxsiy nomoddiy huquqlariga yetkazilgan zarar uchun qo‘llaniladi.
Ta’kidlash kerakki, ma’naviy zarar uchun javobgarlik aybli bo‘lish tamoyiliga asoslanadi. Zarar yetkazishda ayblanuvchi shaxs bunday zararni yetkazishda o‘zining aybi yo‘qligini isbotlashi kerak, aks holda, aybdor deb hisoblanadi va ma’naviy zararni qoplashga majbur bo‘ladi.
Fuqarolik kodeksi 100-moddasining mazmuniga ko‘ra, agar fuqaro- ning sha’niga, qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi ma’lumotlarni tarqat- gan shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olsa, ma’naviy zarar uchun javobgar bo‘lmaydi. Demak, javobgar bo‘lishi uchun ma’lumotlarni tarqatuvchining aybi bo‘lishi kerak. Lekin 1021-moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ma’naviy zararni qoplash uchun zarar yetkazuvchining aybi borligi yoki yo‘qligi inobatga olinmaydi. Ushbu moddada zarar yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, ma’naviy zararni qoplash majburiyati qanday hollarda vujudga kelishi mumkinligi batafsil
ko‘rsatiladi. Shu bilan birga ma’naviy zararni qoplash «qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda» ham yuz berishi nazarda tutiladi. Ushbu boshqa hollar sifatida ma’naviy zarar fuqaroning nafaqat uning shaxsiga, shuningdek, uning mulkiy huquqiga putur yetkazish natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga binoan, iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir fuqaroga yetkazilgan ma’naviy zarar, uning kim bo‘lishidan qat’i nazar qonunga asosan to‘la-to‘kis qondiriladi.
Shaxsga yetkazilgan ma’naviy zarar miqdori sud tomonidan belgilanishi jarayonida turli xil xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumlarida bu masalaga to‘xtalib o‘tildi. Chunki, sud tomonidan ma’naviy zarar miqdorini belgi- lashda, uning aniq o‘lchovi yoki miqdorini tegishli mutaxassislar tomonidan belgilashning amaliy imkoniyati yo‘qligi bois, sud o‘z faoliyatida ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Sud amaliyotida ma’naviy zarar miqdorini aniqlash hozirgi kunda doimiy bahs-muam- molardan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’naviy zarar jismoniy yoki ma’naviy jihatdan azoblanish oqibatida yuzaga keladi. Ma’naviy azoblarni xo‘rla- nish, qo‘rquv vahimasi bosishi, dili og‘rishi kabi noxush kechinmalar jarayoni deb ham baholash mumkin.
Fuqarolik kodeksining 1022-moddasiga asosan, ma’naviy zarar pulbilanqoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash uchun undiriladigan pul summasining miqdori jismoniy yoki ma’naviy azoblanishning harakteri- ga mos, ya’ni to‘g‘ri proporsional bo‘lishi kerak. Binobarin, ma’naviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda jabrlanuvchining shaxsiy xususiyat- larini ham hisobga olish asosli ravishda sud zimmasiga (FK 1022-m.) yuklangan.
Shu o‘rinda nazarimizda, ma’naviy zarar ko‘rgan jabrlanuvchiga qonun tomonidan berilgan qulayliklarni qo‘llab-quvvatlagan holda ta’kid- lash joizki, insonning obro‘sizlanishi, or-nomusining poymol etilishi, faol ijtimoiy hayotni davom ettirish imkoniyatining yo‘qolishi, oilaviy
yoki shaxsiy sirining oshkor bo‘lishi, o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot- larning tarqalishi, turar joy, turmush tarzining o‘zgarishi, oila qurish imkoniyatining yo‘qolishi, qaysidir huquqining vaqtincha cheklanishi yoki undan butunlay mahrum etilishi, sog‘lig‘ining buzilishi natijasida uning ruhiy ezilishi bilan bog‘liq ma’naviy zararni pul yoki boshqa moddiy manfaat tugul hech bir narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Qonun esa shaxsning sog‘lig‘iga putur yetganda uning uzoq vaqt azob tortganligi sababli ko‘rilgan zararni qoplash uchungina pul to‘lanishini nazarda tutadi va bu pul miqdorini jarblanuvchining shaxsan o‘zi belgilashi hamda u sud tomonidan undirib berilishi lozim.
Sud shaxsga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun belgilangan pul miqdorini undirish to‘g‘risida ajrim chiqarish vaqtida, jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning tasnifi, ma’naviy azob- larning darajasi, ziyon yetkazilgan shaxs faoliyatining xususiyatlarini hamda huquqbuzarning aybi darajasi va boshqa e’tiborga molik holat- larni ham inobatga olishi lozim.
O‘z navbatida, ta’kidlash joizki, jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchi- ning shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baho- lanar ekan, to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy ziyondan qat’i nazar ma’na- viy zarar ham qoplanishi lozim.