Ma’lumki, jamiyat hayotida demokratiyaning eng muhim sharti qonun ustuvorligidir. Uning mohiyati shuki, «asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi»1.
Rivojlangan davlatlarda bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham har qanday huquqbuzarlik uchun o‘z vaqtida, adolatli javobgarlikka tortish- ning huquqiy mexanizmi to‘liq shakllantirilgan. Yuridik javobgarliklar huquqbuzarliklarning holati va turiga ko‘ra fuqaro, yuridik shaxs, hatto davlatga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hozirgi zamon huquqshunosligida yuridik javobgarlikning qat’iy belgilangan turlari mavjud bo‘lmasa-da, jinoiy, ma’muriy, fuqaroviy, intizomiy va moddiy javobgarlik kabi ommalashgan turlari mavjud.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik faqat fuqarolik huquqbuzarlik sodir etilganda belgilanadi va huquqbuzarga ko‘p hollarda mulkiy xarakter tartibida qo‘llaniladi. I.Zokirov ta’kidlaganidek, «fuqarolik-huquqiy javob- garlikning o‘ziga xos xususiyati ham unda sanksiya huquqbuzarning shaxsiga emas, mulkiga qaratilishidir».2 Uning mohiyati esa fuqaroviy huquqbuzarga o‘zining huquqqa xilof harakati uchun salbiy mulkiy oqibat vujudga keltirishi bilan ifodalanadi.
Fuqarolik qonunchiligida fuqarolik huquqbuzarliklarning ko‘pgina turlari hisobga olinganiga qaramay, fuqarolik-huquqiy javobgarlikning yuzaga kelishining umumiy va maxsus (nisbiy va mutlaq) shartlari mavjud. Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni yuklashning zaruriy shartlari yig‘indisi fuqarolik huquqbuzarlikning tarkibini tashkil etadi. Bu shartlar quyidagilardan iborat:
qarzdorning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari;
g‘ayriqonuniy xatti-harakat bilan vujudga kelgan zarar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
huquqbuzar aybining mavjudligi.
1КаримовИ.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура.
Т.1. – Т., 1996. – Б.321.
2ЗокировИ. Б.Фуқаролик ҳуқуқи: Дарслик. I қисм. – Т., 2009. – Б.23.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikni yuklashning 4 ta zaruriy shartlariga quyidagicha tushuntirish berishni lozim topdik:
fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini buzuvchining g‘ayriqo-nuniyxatti-harakatlari– fuqarolik huquqi bo‘yicha javobgarlikning zaruriy shartidir. G‘ayriqonuniy degan so‘zning ma’nosi huquq norma- larini buzuvchi xatti-harakatni anglatadi. Fuqarolik huquqiga binoan harakat ham, harakatsizlik ham g‘ayriqonuniy bo‘lishi mumkin.
Shaxs qonun yoki shartnomaga binoan muayyan harakatni bajarishi shart bo‘lgan, biroq bu harakat bajarilmagan bo‘lsa, bunday harakatsizlik g‘ayriqonuniy deb e’tirof etiladi. Muayyan harakatni sodir etish majbu- riyati qonundan kelib chiqadi. Masalan, ichki ishlar idoralariga «102» raqami orqali jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida xabar berilganda, belgi- langan vaqtda voqea joyiga yetib kelishlari shart. Ichki ishlar organlari xodimlarining voqea joyiga kelmasliklari «g‘ayriqonuniy harakatsizlik» hisoblanadi va tegishli tartibda mansabdor shaxslarning javobgarligiga asos bo‘ladi. Yoki tez tibbiy yordamga muhtoj bemorga mutaxassis shifokorning tibbiy yordam ko‘rsatmasligi ham «g‘ayriqonuniy harakat- sizlik» sifatida baholanadi. Yoxud yordamga muhtoj, deylik cho‘kayot- gan odamga yordam ko‘rsatmasdan beparvo o‘tib ketish ham «g‘ayri- qonuniy harakatsizlik» hisoblanib, qonunlarda belgilangan tartibda javob- garlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatlar ko‘p bo‘lib, biz ayrimlarinigina misol tariqasida keltirdik.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik-huquqiy munosabatlari- ning har qanday sohasida yuqorida keltirilgan qoidalarni hisobga olgan holda qilgan harakatlariga nisbatan qonuniy, ularni buzib qilgan harakat- lariga nisbatan esa qonunga xilof xatti-harakat sifatida qarash mumkin.
delikt javobgarlik vujudga kelishining muhim shartlaridan biri –