Respublikasi ichki


Meros ochilish tartibi, merosxo‘rlar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə115/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Meros ochilish tartibi, merosxo‘rlar


Vorislik huquqining vujudga kelishi muayyan bir hodisaning sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday hodisa, birinchidan, fuqaroning vafot etishi yoki, ikkinchidan, fuqaroning sud qarori bilan vafot etgan, deb e’lon qilinishi hisoblanadi.
Merosning ochilishi deganda, meros va vorislik huquqining paydo bo‘lishini belgilab beruvchi yuridik faktning yuzaga kelishi tushuniladi.
FK 1116-moddaga asosan, meros qoldiruvchining o‘lgan kuni (zarurat bo‘lganda payti ham), u vafot etgan deb e’lon qilinganda esa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt deb hisoblanadi. Agar biridan keyin boshqasi meros olish- ga haqli bo‘lgan shaxslar bir kalendar sutka (yigirma to‘rt soat) ichida vafot etgan bo‘lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb hisoblanadilar,
meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining merosxo‘rlari vorislikka chaqiriladilar.
Har xil baxtsiz hodisalar oqibatida bedarak yo‘qolgan shaxslarning vafot etgan kunini aniqlashda, sud shu baxtsiz hodisa ro‘y bergan vaqtni fuqaro vafot etgan kun, deb hal qiluv qarorida ko‘rsatishi mumkin. Bunday hollarda sud qarorida ko‘rsatilgan kun merosning ochilgan vaqti hisoblanadi. Nikoh munosabatlari yoki qon-qarindoshchilik tufayli bir-birlari bilan bog‘langan shaxslar bir vaqtda vafot etganlarida ularning har birining vorislari mustaqil ravishda vorislikka chaqiriladi. Masalan, avtoavariya oqibatida er va xotin bir paytda halok bo‘ldi. Erning oldingi xotinidan bir bolasi va xotinning ham oldingi eridan bir bolasi bo‘lgan. Notarius meros- ni taqsimlaganda, avvalo, ulardan qolgan mol-mulkni oila kodeksning 23, 25 va 27-moddalari hamda nikoh shartnomalariga asosan ularning xususiy, shaxsiy va birgalikdagi mulkdagi har birining hissasini oila kodeksining 27 va 28-moddalari tartibida aniqlab, merosni adolatli, vorislar o‘rtasida taqsimlash choralarini ko‘rishi kerak. Chunki er bilan xotin o‘rtasidagi vorislik huquqi paydo bo‘lmaydi. Ularning har biridan keyin meros ochilgani sababli har ikkisining merosxo‘rlari biri otasining,
biri onasining meros mulkiga voris bo‘lishadi.
Vasiyatnoma bergan shaxs bilan vasiyatnomaga asosan huquq oluvchi shaxs bir vaqtning o‘zida vafot etgan taqdirda vasiyat bo‘yicha meros ochilmaydi. Meros mulk qonun bo‘yicha vorislarga o‘tadi.
Vorislikka doir huquqiy munosabatlar meros ochilgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga meros ochilgan joyda amalda bo‘lgan qonunlarga asoslanadi. Shu sababdan merosning ochilish joyini to‘g‘ri aniqlash qonunning huquqiy munosabatga to‘g‘ri tatbiq qilinishini ta’minlaydi



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin