Respublikasi ichki


Vasiyat bo‘yicha vorislik



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə118/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Vasiyat bo‘yicha vorislik


Vasiyatnoma so‘zi ikki ma’noda tatbiq etiladi. Birinchidan, vasiyat- noma – bu vasiyat qoldiruvchining erki ifodalangan hujjatning o‘zi sifati- da tatbiq qilinsa, ikkinchidan, vasiyatnoma – vasiyat qoldiruvchining erkini ifoda etuvchi akt (hujjat) hisoblanadi. Bu ma’noda vasiyatnoma bir tomonlama bitim bo‘lib, uni tuzish uchun qonun hujjatlariga asosan bir tarafning, ya’ni vasiyat qoldiruvchining xohishi yetarli. Boshqa bir shaxs- ning qarshi erkini ifoda qilish talab qilinmaydi. Shuning uchun vasiyat- nomaning haqiqiyligi hech vaqt vorislarning roziligiga bog‘liq emas.


Vasiyatnoma shakli va mazmuniga qo‘yiladigan talablar


Vasiyatnomaning tuzilishi vaqti va joyini belgilab qo‘yish amaliyot- da katta ahamiyat kasb etadi. Meros ochilgandan keyin merosxo‘rlar o‘rtasida nizo chiqqanida, birinchidan, meros qoldiruvchining vasiyat- noma tuzganda muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi, harakatlarining oqibatiga ko‘zi yetmaganligi; ikkinchidan, ikki yoki undan ortiq vasiyat- noma mavjud bo‘lganda, ulardan qaysi biri haqiqiy ekanligini belgilash, qaysi biri oldin va qaysi biri keyin tuzilganligini aniqlash vasiyatnomada ko‘rsatilgan vaqtda vasiyat qoldiruvchi imzo qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini isbotlash uchun zarur bo‘ladi. Qonunda
belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilingan holda tuzilgan vasiyat- nomalar haqiqiy bo‘lib sanaladi.
Amaliyotda shunday hodisalar uchraydiki, vasiyat qoldiruvchi bir necha marotaba o‘zining vasiyatnomasini tuzib qoldiradi. Uning qaysi biri haqiqiy ekanligini aniqlash uchun vasiyatnomaning tuzilishi vaqti asos qilib olinishi kerak. Keyingi tuzilgan vasiyatnoma avvalgi vasiyat- nomaning bekor bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. Vasiyatnomaning tuzilgan vaqti uning notarial tasdiqlangan vaqti bilan hisoblanadi. Qonunda nazar- da tutilgan vasiyatnoma shakliga doir asosiy talablarning vasiyatnoma notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi va notarial tasdiqlangan vasiyat- nomaga tenglashtirilgan bo‘lishidir. Yozma shakldagi vasiyatnomalar faqat qonunda belgilangan shaklda rasmiylashtirilib, tasdiqlangandagina haqiqiy hisoblanadi.
Shu sababli, FK 1124-moddada vasiyatnomaning shakliga doir umumiy qoidalarda vasiyatnomada vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko‘rsatil- gan holda yozma shaklda tuzilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Unga ko‘ra quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:

  • notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;

  • notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar.

Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o‘z qo‘li bilan imzolanishi lozim.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizli- gi tufayli vasiyatnomani o‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius yoki qonunga muvofiq vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir bo‘lganida vasiyat qiluvchi o‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sabablari ko‘rsatilgan holda vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo‘yishi mumkin.
Bundan tashqari, quyidagilar vasiyat qiluvchining o‘rniga vasiyat- nomani imzolashi mumkin emasligi ham ko‘rsatib o‘tilgan:

  • notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs;

  • vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek, vasiyat qiluv- chining qonun bo‘yicha merosxo‘rlari;

  • to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmagan fuqarolar;

  • savodsizlar va vasiyatnomani o‘qiy olmaydigan boshqa shaxslar;

  • yolg‘on guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.

O‘zbekiston Respublikasining «Notariat to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasiga binoan, notariuslar o‘z nomiga va o‘z nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining qarindosh-urug‘lari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tug‘ishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bog‘langan shaxs- lar nomiga hamda ularning nomidan, shuningdek, mazkur notarial idora- ning xodimlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Og‘zaki shartnomalar tuzish, har xil texnik vositalar yordamida (masalan, magnitofonga, videotasmaga yozilgan) vasiyat qoldiruvchi so‘zi- dan bo‘lsa ham yozib olingan vasiyatnomalar haqiqiy hisoblanmaydi va bunday tartibda tuzilgan vasiyatnomlarning haqiqiyligini guvohlar ko‘rsat- malari yoki boshqa dalillarga asosan sud yo‘li bilan ham tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Masalan, tuman sudining 2008-yil 8-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan meros qoldiruvchining kichik o‘g‘li «A»ning o‘z akasi «F»ga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vosi qanoatlantirilib, otalaridan meros qolgan «Moskvich» avtomashinasini otalari hayotligida «A»ning foydasiga oilaviy maslahat- da «kichik o‘g‘limga vasiyat qildim», degan og‘zaki gapi asos qilib olingan. Sudning bu hal qiluv qarori g‘ayriqonuniy bo‘lganligi sababli
«F»ning shikoyatiga asosan viloyat sudi tomonidan bekor qilingan.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin