3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Notarial tasdiqlangan va unga tenglashtirilgan vasiyatnomalar
O‘zbekiston Respublikasi FK 1126-moddaga asosan, quyidagi vasiyatnomalar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtiriladi:
kasalxonalar, gospitallar, boshqa statsionar davolash muassasalari- da davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashab turgan fuqarolarning ana shu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muas- sasalarining bosh vrachlari, ularning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosar- lari yoki navbatchi vrachlari, shuningdek, gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari yoki bosh vrachlari tomoni- dan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostidagi kema- larda suzib yurgan vaqtidagi ana shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalari yoki shu kabi boshqa ekspeditsiyalardagi fuqarolarning ana shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
harbiy xizmatchilarning, notariuslar bo‘lmagan yerlarda joylash- gan harbiy qismlarda esa, bu qismlarda ishlayotgan harbiy bo‘lmagan fuqarolar, ularning oila a’zolari va harbiy xizmatchilar oila a’zolarining ham harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyat- nomalari;
ozodlikdan mahrum etish joylarida yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
notarius bo‘lmagan aholi punktlarida yashayotgan shaxslarning qonunga muvofiq notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan vasiyatnoma- larga nisbatan ushbu kodeksning 1125-moddasi qoidalari qo‘llaniladi, vasiyatnomani notarial tasdiqlash to‘g‘risidagi talab bundan mustasno. FKning 1125-moddasi qoidalariga ko‘ra, notarial tasdiqlangan vasiyat- noma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo‘lishi lozim. Vasiyatnomani vasiyat qiluvchi so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vositalaridan (yozuv mashinkasi, shaxsiy kompyuter va hokazolardan) foydalanilishi mumkin.
Vasiyat qiluvchining so‘zlaridan notarius tomonidan yozib olingan vasiyatnomani imzolashdan oldin vasiyat qiluvchi uning matnini notarius oldida to‘liq o‘qib chiqishi lozim.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsiz- ligi tufayli vasiyatnomani shaxsan o‘qiy olmasa, vasiyatnomaning matni vasiyat qiluvchiga notarius tomonidan o‘qib eshittiriladi, bu haqda vasiyatnomada tegishlicha qayd etilib, vasiyat qiluvchi vasiyatnomani shaxsan o‘qiy olmaganligining sabablari ko‘rsatiladi.
Vasiyat qiluvchining xohishiga ko‘ra vasiyatnoma notarius tomoni- dan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi.
Maxfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi ostida o‘z qo‘li bilan yozishi va imzolashi lozim. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius ishtirokida xatjildga solinib, xatjild yelimlanishi lozim, guvohlar o‘z familiyalari, ismlari, otalarining ismini va doimiy turar joylarini ko‘rsatgan holda xatjildga imzo qo‘yadilar. Guvohlar imzo qo‘ygan xatjild guvohlar va notariusning ishtirokida boshqa xatjildga
solinadi va bu xatjild ham yelimlanadi, unga notarius tasdiqlash ustxatini yozib qo‘yadi.