Vasiyatnomani bekor qilish va o‘zgartirish tartibi
Vasiyat qoldiruvchi shaxsan o‘zi, o‘z erki bilan merosxo‘rga o‘zi- ning xususiy mol-mulkiga nisbatan ma’lum bir huquqni belgilab beradi. Vorisni merosdan mahrum qilish uchun sababini tushuntirishga meros qoldiruvchi majbur emasligi nazarda tutiladi. «Meros qoldiruvchi, FK- ning 1127-moddasiga asosan, vasiyat qiluvchi istalgan vaqtda o‘z vasiyat- nomasini to‘laligicha bekor qilishga yoxud unda mavjud bo‘lgan ayrim vasiyat farmoyishlarini yangi vasiyatnoma tuzish orqali bekor qilishga, o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli.
Shuningdek, vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yoki vasiyat qiluvchining yozma farmoyishiga binoan notarius yoxud boshqa mansabdor shaxslar tomonidan uning barcha nusxalarini yo‘q qilib tashlash yo‘li bilan bekor qilinishi mumkin. Yangi vasiyatnoma tuzish orqali oldin tuzilgan vasiyatnoma to‘laligicha yoki uning keyingi vasiyat- nomaga zid bo‘lgan qismi bekor qilinadi. Agar vasiyat qiluvchi tomoni- dan keyingi vasiyatnoma o‘z navbatida bekor qilingan yoki o‘zgarti- rilgan bo‘lsa, yangi vasiyatnoma tuzish orqali to‘laligicha yoki qisman bekor qilingan oldingi vasiyatnoma qayta tiklanmaydi.
Amaliyotda mol-mulkni vasiyat qilib qoldirish qarindoshlar oldida ular bilan munosabatlarda noqulaylik tug‘diradi. Shu sababdan qonun (FK 1128-m.) vasiyatnomaning sir saqlanishini nazarda tutadi. Qonun vasiyat- nomaning sir saqlanishini ta’minlash uchun yetarli choralar va tadbirlar belgilab qo‘ygan.
Vasiyatnomani sir saqlash haqidagi qonun talablari vasiyat qoldiruv- chi uchun ham majburiydir. Vasiyat qoldiruvchining o‘zi vasiyatnoma haqida oshkora aytishga va uni boshqalarga ko‘rsatishga haqli, ammo notarial idorasiga vasiyatnomani oshkor qilish uchun farmoyish berishga haqli emas.
Vasiyat qiluvchi o‘zining farmoyishi bilan vasiyatnomaning ijro etilishini o‘zi vasiyatnomada ko‘rsatgan, merosxo‘r hisoblanmaydigan shaxsga (vasiyatnomani ijro etuvchiga) topshirishi mumkin. Bu shaxs- ning vasiyatnomaning ijro etuvchisi bo‘lishga roziligi uning o‘z qo‘li
bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim.
Merosxo‘rlar o‘zaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxo‘r- lardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxo‘rning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.
Vasiyatnomani ijro etuvchi vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlarni oldindan xabardor qilgan holda vasiyat qiluvchi tomonidan o‘z zimma- siga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan istagan vaqtda voz kechish huquqiga ega. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosxo‘rlarning arizasiga binoan sudning chiqargan qarori bilan ham o‘z majburiyatlaridan ozod qilinishi mumkin.