3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
bob. «OILA HUQUQI» TUSHUNCHASI, AHAMIYATI VA TIZIMI, PRINSIPLARI HAMDA MANBALARI
«Oila huquqi» tushunchasi, ahamiyati va tizimi
Oila huquqi mazmun va mohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublika- sining yagona huquqiy tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan mustaqil huquq sohalaridan biri hisoblanadi. Oila huquqi boshqa mustaqil huquq sohalari kabi o‘ziga tegishli bo‘lgan huquq normalari bilan tartibga solinadigan predmeti va o‘z predmetini huquqiy jihatdan tartibga solish jarayonida unga o‘z ta’sirini o‘tkazadigan uslublariga va rahbariy qoidalariga, shuningdek, o‘zining manbalariga ega bo‘lgan maxsus huquq sohasidir.
Oila – murakkab ijtimoiy hodisa. U er-xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yig‘indisi- dan iborat bo‘lib, kishilik jamiyatida eng muhim o‘rinni egalab kelgan. Jamiyatda oilaning roli beqiyos. Hozirgi paytda jamiyat va davlatni mustaqil oilalarning yig‘indisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunday ekan, davlatning rivoji va mustaqilligi ko‘p jihatdan jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish oilalarga bog‘liq. Oilalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat hamda davlat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Oila jamiyat va davlatning kelajagi, ravnaqi va rivojlanishini ta’minlaydigan yosh avlodni komil inson qilib yetishtirib, tarbiyalab beruvchi asosiy va muqaddas makon hisoblanadi.
Olloh dunyodagi bor maxluqotlarni juft qilib yaratgan bo‘lsa-da, boshqalardan farqli o‘laroq, oila bo‘lib yashash faqat insonlargagina xos fazilatdir. Oila er-xotin va ulardan dunyoga kelgan farzandlar, nabiralar, eng yaqin tug‘ishganlarni qamrab olgan ijtimoiy guruh hisoblanadi. Shu bilan birga, oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birligidir. Shunga asoslanib aytish mumkinki, oila jamiyatning tabiiy hujayrasi bo‘libgina qolmay, balki uning ijtimoiy asosini ham tashkil qiladi.
Jamiyat va davlatning moddiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatdan mustah- kamlanib rivojlanib borishida oila asosiy omil sifatida xizmat qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994-yildan e’tiboran har yili 15 may kunini «Xalqaro oila kuni» sifatida nishonlashga qaror qilganligi ham dunyo miqyosida jamiyatning asosi sifatida oilaning naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 16-mod- dasida: «Balog‘at yoshiga yetgan erkak va ayollar – irqi, millati va diniy belgilari bo‘yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o‘tish va oila qurishga haqlidirlar. Ular nikohdan o‘tishda, nikohda bo‘lgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqlardan foydalanadilar.
Nikohdan o‘tayotgan har ikka tomonning erkin va to‘liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinishga haqlidir»1 deb belgilangan.
Insonni ijtimoiy jihatdan shakllanishida oila asosiy rol o‘ynaydi. Oila tufayli odamlarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlariga, davlat va jamiyatga nisbatan qarashlariga ham asos solinadi.
Jamiyatdagi hayotning moddiy sharoitlari o‘zgarib borishi natijasida nikoh munosabatlari ham shaklan o‘zgarib bordi. Hozirgi kunda oila monogamiya, ya’ni yakka nikohlilik asosida quriladi va tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, boshqa sohalarida bo‘lgani kabi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat siyosatining strategik yo‘nalishlari- dan biri etib belgilandi. Bugunga qadar bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, aholining turmush farovonligi va umr davomiy-
ligini oshirish kabi natijalarga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov- ning tashabbusi bilan yurtimizda 1997-yil «Inson manfaatlari yili», 1998-yil «Oila yili», 1999 yil «Ayollar yili», 2000-yil «Sog‘lom avlod yili», 2001-yil «Onalar va bolalar yili», 2002-yil «Qariyalarni qadrlash yili», 2003-yil «Obod mahalla yili», 2004-yil «Mehr va muruvvat yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil «Barkamol avlod yili», 2012-yil
«Mustahkam oila yili», 2014-yil «Sog‘lom bola yili», 2015-yil
«Keksalarni e’zozlash» yili, 2016-yil «Sog‘lom ona va bola» yili deb
1 Одам савдосига қарши кураш соҳасидаги миллий ва халқаро ҳуқуқ нормалари / Тузувчилар: Л.Исҳақова, К.Ҳамроева. – Т., 2010. – Б. 13.
e’lon qilingani hamda shu munosabat bilan davlat dasturlarini bajarilgani bu boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Bugunga kelib respublikamizda 33 milliondan ortiq aholi yashaydi.
Ularning 51 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Hozirda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar umumiy aholining 40 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. O‘zbekistonda hozirgi kunda 7,5 milliondan ortiq oila mavjud. Har yili
240 mingga yaqin yosh oila vujudga kelib, 700 mingdan ortiq bola tug‘ilmoqda. Respublikada oilalar tarkibi o‘rtacha 5, 6 kishidan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida ta’kid- langanidek, «Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega». Oila uzoq davom etadigan tarixiy taraqqiyot natijasi bo‘lib, jamiyat tuzilishining obyektiv zarur ajralmas qismidir.
Asosiy qonunimizda belgilangan ijtimoiy tuzum bilan oila o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Ijtimoiy ma’noda oila odamlarning ijtimoiy jihatdan alohida uyushgan guruhlar, ma’naviy, xo‘jalik, maishiy va boshqa turmush sharoitlari hamda manfaatlari bir xil bo‘lgan shaxslar ittifoqidir.
Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari: insonni yaratish, farzand- larni tarbiyalash va ijtimoiy jihatdan shakllantirish, insonlarni jismoniy va ma’naviy jixatdan kamol toptirish, ularni ma’naviy birlashtirish, birgalikda xo‘jalik yuritishni ta’minlash, o‘zaro yordam ko‘rsatish, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash, demografiya jarayonlarini yaxshilashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti oilaning jamiyatda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida to‘xtalib, quyidagi so‘zlarni ta’kidlab o‘tgan: «Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hissiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi»1.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2011-yil 7-dekabr kuni bosh qomusimiz – Konstitutsiyaning 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda, 2012-yilni «Mustahkam oila yili» deb e’lon qilib, ushbu yilda yosh oilalarni moddiy va ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo‘llab- quvvatlash maqsadida «Mustahkam oila yili» davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarorni imzolab, jamiyatimizda vujudga kelayotgan yosh oilalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab berdi:
1КаримовИ.А.Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., 2013. – Б.52.
yosh oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash, yosh oilalarga zarur imtiyoz va afzalliklar berish;
jamiyatimiz va kundalik hayotimizda mahalla institutining rolini yanada kuchaytirish va maqomini oshirish, «Mustahkam oila yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq etishda mahalla va fuqarolarning o‘zini – o‘zi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oila- larni qo‘llab-quvvatlash hamda shakllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh oilalarga zarur ko‘mak va yordam berish;
oila, birinchi navbatda, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish va farzandlarni tarbiyalashda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda oilani mustahkamlashda asosiy yukni o‘z yelkasiga olgan ayollarga alohida e’tibor qaratish kabi bir qator dolzarb vazifalar mustahkamlab qo‘yildi.
Aynan oila inson xarakterining asoslari, mehnatga, ma’naviy va madaniy boyliklarga munosabat shaklidir. Abdurauf Fitrat yozganidek,
«Insonlarning davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liq». Shu bois, oilani mustahkamlash, ijtimoiy vazifalarni bajarishda, bolalarni tarbiya- lashda unga ko‘maklashish, bolali oilalarning va kelin-kuyovlarning moddiy, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida g‘amxo‘r- lik qilish yo‘lini tutish lozim. Jamiyat mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom oiladan g‘oyatda manfaatdordir.
Darhaqiqat, oila hayotning abadiyligini ta’minlaydi. U vorislar ota- ona boshlagan ishni davom ettiruvchi muqaddas dargoh. Bu dargoh millatning urf-odatlarini saqlashda ko‘maklashadi. Shu bilan birga, oila farzandlarni barkamol avlod qilib voyaga yetkazadigan tarbiya o‘chog‘idir. Fikrimizcha, oila ko‘p asrlar mobaynida jamiyatning asosiy negizi sifatida shakllanib, rivojlanib kelayotganligi bilan hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, har qanday jamiyat va davlatning ertangi kunini hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yosh avlodni yetishtirib beruvchi va ularni vatanparvarlik
ruhida komil inson qilib tarbiyalovchi birdan-bir muqaddas makondir.
Oiladan boshqa jamiyat va davlat uchun yosh avlodni yetishtirib beradigan joy yo‘q. Yosh avlod muqaddas bo‘lgan oilalarda tug‘iladi, tarbiya topib o‘sib ulg‘ayadi, ijtimoiy jihatdan shakllanib boradi. Bunda ota onaning bir birlariga bo‘lgan mehr muhabbati, g‘amxo‘rliklari, hurmat e’tiborlari o‘ta muhim. Chunki inson ijtimoiy shaxs sifatida aynan oilada shakllanadi.
Oila er va xotinning nikohdan o‘tish to‘g‘risida FHDYO organiga birgalikda bergan arizasi bo‘yicha nikoh qayd qilingan kundan boshlab vujudga keladi.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida ham oiladagi ta’lim masalasiga alohida e’tibor berilgan. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bola- ning ma’lumotini oilada olishi uchun imkoniyat yaratib berishga haqli ekanligi ushbu qonunda o‘z aksini topgan.
Oila huquqi fani nikoh tuzish, nikohdagilarning huquqiy munosabat- larini, ota-ona va farzandlarning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq va majburiyatlarini, nikohni bekor qilish, uni haqiqiy emas deb topish, shuningdek, uning huquqiy oqibatlarini, bolalarning nasl-nasabini belgi- lash, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, farzandlikka olish munosabat- larini hamda oilaviy turmush bilan bog‘liq boshqa huquqiy munosabat- larni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bel- gilangan barcha prinsiplar, qoidalar oila hayotiga, oilaviy munosabat- larga va uni tartibga soladigan boshqa qonunlarga ega bo‘lish, Oila kodeksining mazmuni va tabiatini bilishda katta ahamiyatga ega bo‘lganidek, jamiyatda oila O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ijobiy ta’sirida rivojlanayotganini tushunish imkoniyatini ham beradi. Oilaning davlat muhofazasida bo‘lishi haqidagi qoida «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»da davlatlar zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan bo‘lib, keng ma’noga ega. Bunda oilani jamiyatning tabiiy va asosiy quyi hujayrasi sifatida, uning daxlsizligini ta’minlash va yaxshilash, bolalarga ta’lim va tarbiya berish, onalar va ishga yaroqsiz oila a’zolari uchun zarur bo‘lgan moddiy imtiyozlar tug‘dirish, oilani mustahkamlash borasida shunga o‘xshash holatlarni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘lgan muhim masalalar nazarda tutiladi.
Oila huquqi nafaqat ikki jins – erkak va ayol – o‘rtasida nikoh tuzish tartibi va shartlarini, balki oila qurish, er-xotinning mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy hamda mulkiy xarakterda bo‘lgan munosabatlaridan
kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari, nikohning tugatilishi, uni haqiqiy deb hisoblanmaslik oqibatlari, asoslari va tartibi, qon-qarindosh- lik va farzandlarning nasl-nasabini belgilash qoidalari, ota-onalar hamda farzandlarning shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq va majburiyatlari, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik belgilash qoidalari kabi boshqa bir qator munosabatlarni ham tartibga soladi.
Har qanday huquqiy fan singari, oila huquqi ham o‘z manbaiga ega. Oila huquqining asosiy manbai O‘zbekiston Respublikasining Konstitu- tsiyasidir. Asosiy qonunning XIV bobi oilaga bag‘ishlangan.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Uy-joy kodeksi, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkama- sining qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlari tegishliligi bo‘yicha oila huquqining manbai bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, oila huquqi o‘zining maxsus manbaiga ham ega. Uning maxsus manbaini O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi tashkil qiladi. Ushbu kodeks O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1-sentabrdan e’tiboran kuchga kirgan. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 8 bo‘lim, 30 bob, 238 ta moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Oila kodeksiga O‘zbekiston qonunchiligi uchun yangilik bo‘lgan nikoh shartnomasi, qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash, alimentlar to‘lash to‘g‘risida kelishish, bolalar- ning oiladagi huquqlari va ota-onalarini moddiy ta’minlash to‘g‘risidagi majburiyatlar hamda ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash to‘g‘risidagi majburiyatlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va boshqa shunga o‘xshash muhim yangi qoidalar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining qabul qilinishi bilan oila munosabatlarining huquqiy tartibga solinishi O‘zbekiston Respublikasi- ning Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari, shuningdek, yangi Fuqarolik kodeksi bilan muvofiqlashtirildi. Ushbu kodeks O‘zbekiston Respublika- sining Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan Bola huquqlari to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi va boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalar bilan boyitildi. Oila kodeksining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan yoki ratifikatsiya qilgan xalqaro bitim va konvensiyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda oila munosabatlari amaldagi qonunlar, odat va diniy qoidalar bilan tartibga solinadi. Din er-xotin, ota-ona, bolalar va boshqa
oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga, ularni umum- insoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Oila jamiyatning bir bo‘lagidir. Bu bo‘lakchalar, ya’ni oilalar qanchalik ahil bo‘lsa, jamiyat ham shuncha mustahkam bo‘ladi.
Oila jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy muassasasidir. Oilaning bu xususiyati birinchi galda uning jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligida hamda ijtimoiy vazifalarida ifodalanadi.
Oilaning umumiy (ijtimoiy) va maxsus (yuridik) tushunchalari mavjud. Ijtimoiyma’noda– oila nikohga, qarindoshlikka, bolalarni tarbiya- lashga, umumiy hayot, maqsad o‘zaro g‘amxo‘rlikka asoslangan shaxslar ittifoqidan iboratdir. Oilaviy ittifoqda shaxslar o‘rtasida axloqiy, psixo- logik, jismoniy va xo‘jalik-maishiy aloqalar sodir bo‘lib, ular hayotda va oliy maqsadlarda umumiylikni vujudga keltiradi. Oilaviy ittifoq maxsus va shu bilan birga murakkab ijtimoiy munosabatlardan iboratdir. Odatda oilaning vujudga kelishi nikoh asosida bo‘ladi, shuning uchun oilada bola tug‘ilmagan bo‘lsa ham nikoh munosabatining o‘zi oilani tashkil etadi. Oilada er-xotin bilan bir qatorda bolalarning ham bo‘lishi tipik oilani vujudga keltiradi, oilaning jipsligiga sharoit yaratdi. Ular o‘rtasi- dagi juda yaqin oilaviy munosabatlar oilaning o‘zagini tashkil etadi. Ijtimoiy mazmuniga ko‘ra oila – a’zolari o‘zaro aloqada bo‘lgan ijtimoiy guruh. Uning asosini nikoh, nikoh natijasi bo‘lmish farzandlar tashkil etadi. Tipik oilaviy munosabatlardan tashqari, bolali yolg‘iz ona bilan uning bolasi o‘rtasidagi munosabatlar, boshqa qarindoshlar o‘rtasida va ayrim holatlarda esa, tug‘ishmaganlar (farzandlikka olinganlar) o‘rtasida
yuzaga keladigan aloqalar ham oilaviy munosabatlarni tashkil etadi.