Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə130/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Mulkiy munosabatlar esa er-xotinning shaxsiy va umumiy mulk huquqidan, aliment majburiyatlaridan kelib chiqadigan, ota-onalar bilan bolalar, shuningdek, boshqa qarindosh-urug‘larning bir-biriga moddiy ta’minot berish majburiyatlaridan, farzandlikka olish, vasiylik va homiy- lik masalalaridan kelib chiqadigan mulkiy xarakterga ega bo‘lgan munosabatlardan iborat.
Oila huquqining vazifalari Oila kodeksining 1-moddasida belgilan- gan bo‘lib, quyidagilardan iborat:

  • oilani yanada mustahkamlash;

  • ayol bilan erkakning ixtiyoriy nikohlanib tuzgan ittifoqiga moddiy manfaatlarni ko‘zlashdan xoli bo‘lgan, oila a’zolarning hammasi bir-biri bilan do‘st, inoq bo‘lib, bir-birini hurmatlashga asoslangan oilaviy munosabatlar qurish;

  • oilada bolalar tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan uzviy ravishda qo‘shib olib borgan holda ularni Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni mehnatsevar va insonparvar qilib tayyorlash;

  • ona bola manfaatlarini butun choralar bilan muhofaza qilish hamda har bir bolaning baxtiyor yoshligini ta’minlash;

  • oilaviy munosabatlarda o‘tmishning zararli sarqitlari va urf odat- larini tamomila yo‘qotish;

  • oila oldida mas’uliyat hissini oshirish;

  • biror-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan arala- shishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishi va bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.

Demak, Oila kodeksining vazifalaridanhar biri oilaviy munosabat- larni qonun bilan tartibga solish zarur ekanligini ifodalash bilan birga, oilaviy munosabatda qatnashuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda ham muhim. Oilaviy munosabatlarga oid axloqiy normalar huquq normalari bilan chambarchas bog‘liq. Oila kodeksining asosiy vazifalaridan yana biri – fuqarolarni oila oldidagi o‘z burchlarini his qilish ruhida tarbiyalash. Bunday vazifaning bajarilishi er-xotin, ota-ona- lar bilan bolalar, shuningdek, qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi munosabat- larni yaxshi va to‘g‘ri amalga oshirishda katta rol o‘ynadi.
Oila huquqining prinsiplari deganda shu huquq sohasining mazmun- mohiyatini, uning o‘ziga xos qirralarini ochib beradigan, huquq norma- larida qonuniy tarzda mustahkamlangan, boshlang‘ich rahbariy asoslarni tushunish kerak. Bu rahbariy asoslar oila huquqiy munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solib borishda o‘ta muhim ahamiyatga ega. Oila huquqining aynan shu prinsiplari ushbu huquq sohasining nazariy masalalaridan biri hisoblanadi.
Oila huquqining rahbariy qoidalari oila huquqining mazmun va mohiyatini hamda o‘ziga xos jihatlarini ochib beradi. Shuning uchun bu rahbariy qoidalar, birinchi navbatda, qonun normalarida mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Aks holda rahbariy qoidalar huquq prinsipi bo‘lolmaydi.
Bundan tashqari, oila huquqi ham boshqa mustaqil huquq sohalari kabi asosiy rahbariy qoidalariga ega. Bular quyidagilardan iborat:

  • oilaning davlat va jamiyat muhofazasida bo‘lishi;

  • oiladagi barcha masalalarni hal qilishda er va xotinning teng huquqliligi;

  • oila munosabatlarida ishtirok etuvchilarning bir-birlarini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi va bir-birlariga g‘amxo‘rlik qilishi;

  • onalik, otalik va bolalikni himoya qilish;

  • nikohdan o‘tishda tenglik va ixtiyoriylik;

  • yakka nikohlik (monogamiya);

  • oilada bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash.

  1. Oilaning davlat va jamiyat muhofazasida bo‘lishi prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oilaga bag‘ishlangan XIV bobi 63-moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, oila jamiyat- ning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish

huquqiga ega. Oila jamiyat tomonidan muhofaza qilinadi. Buni mamlakati- mizda mavjud bo‘lgan jamiyatlar, jamg‘armalar tomonidan, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarning oilaga moddiy va ma’naviy tomondan berayotgan yordamlarini tushunish kerak bo‘ladi.
Oilani davlat tomonidan muhofaza qilish deganda oilaning buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, uni saqlash va unga turli rag‘batlantirish choralarini ko‘rish, iqtisodiy jihatdan kam ta’minlangan oilalarga yordam berish tushuniladi.

  1. Oilada barcha masalalarni hal qilishda er va xotinning teng huquqliligi prinsipi Oila kodeksining 2 moddasida belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinlik- larga ega ekanligi, jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekanligi borasidagi Konstitutsiyaning 18 moddasiga asoslanadi.

  2. Oila munosabatlarida ishtirok etuvchilarning bir-birlarini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro bir-birlariga g‘am- xo‘rlik qilish prinsipi bu oila munosabatlarining mazmuniga bog‘liq bo‘lib, er va xotin, ota va ona, bobo va buvi, amaki va tog‘a, amma va xola, aka va uka, opa va singillar, farzandlikka oluvchi, shuningdek, nabiralar o‘rtasidagi munosabatlar asosan axloq normalari bilan tartibga solinadi. Bular bir-birlarini beg‘araz qo‘llab quvvatlabgina qolmasdan, bir-birlariga g‘amxo‘rlik qilishlari ham kerak.

  3. Onalik, otalik va bolalikni himoya qilish prinsipi, asosan, davlat faqat onalikni emas, balki otalik va bolalikni ham himoya qiladi. Onalik- ni himoya qilishdan asosiy maqsad – ayolning avlodlar davomiyligini ta’minlash, jamiyat va davlatning ravnaqi va kelajagi uchun hal qiluvchi kuchni tug‘ib, tarbiyalashdagi rolini oshirish. Ona bo‘lishdek buyuk ne’mat faqat ayollarga berilgan. Oilaning tinchlik va osoyishtaligi, bolalar tarbiyasi onaga qanchalik bog‘liq bo‘lsa, otaga ham shunchalik bog‘liq. Oilada ota bo‘lish yigit kishi uchun ham katta baxt bo‘lib, ayni vaqtda unga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Er xotiniga homiladorlik vaqtida doimo g‘amxo‘rlik qilishi, bola tug‘ilishidan keyin uni parvarish- lashda yordam berishi va moddiy ne’matlar bilan ta’minlab turishi lozim. Davlat bolalikni ham himoya qiladi, chunki oilada tug‘ilgan bola ota-ona uchun ham buyuk ne’mat. Bolalarning quvonchi oila binosining poy- devorini yanada mustahkamlaydi, ota-ona o‘rtasidagi mehr-muhabbatni yanada oshiradi.

  4. Nikohdan o‘tishda tenglik va ixtiyoriylik prinsipiga ko‘ra, nikoh xohlovchilarning teng huquqliligi asosida va ixtiyoriy ravishda tuziladi. Bu qoida Oila kodeksining 14 moddasida belgilangan. Unda ko‘rsatili- shicha, nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikohlanuvchilar bu borada o‘zlarining roziligini bildirishlari kerak, chunki nikoh tuzishda majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

  5. Yakka nikohlik (monogamiya) prinsipi. Mamlakatimizda oila yakka nikohlik prinsipiga asoslanadi, qo‘sh nikohlikka yo‘l qo‘yilmaydi.

  6. Oilada bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash prinsipi. O‘zbekiston 1991-yilda o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan paytdan hozirgi kunga qadar davlat jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilalarga g‘amxo‘rlik qilibgina qolmay, bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash masalasiga ham katta e’tibor bilan qarab kelmoqda. O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnoma- sida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasida bergan ko‘rsatmalariga muvofiq, ta’lim sohasida 12 ta umum- ta’lim maktabi yangidan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasalari rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. Bundan tashqari 10 yillik maktab qayta tiklandi. Bularning hammasi yosh avlodni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi.

Yolg‘iz yashab o‘tgan buyuk odamlar oddiy oilaviy baxtga erishgan- larga havas qilishadi. Mashhur rus yozuvchisi Turgenev: «Meni o‘ylov- chi, qutlovchi g‘amxo‘r ayol bo‘lsa edi, butun talant va kitoblarimdan ham voz kechardim», degan ekan. Oila – inson mehnat qobiliyatini tiklaydigan va dam oladigan joy. Shuningdek, oila muhim tarbiyachi hamdir. Oilada bolalarni tarbiyalash borasida ota-bobolarimiz va momo- larimizdan qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum va odatlar mavjud.
Hozirgi vaqtda aholi o‘rtasida odamlarni oilaviy hayotga, nikohdan o‘tishga tayyorlash borasida doimiy ravishda zaruriy tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish lozim. Hayotni nikohsiz tasavvur qilish qiyin, chunki oila turmushning muhim qismidir. Jamiyatda oilaning obro‘sini, nufuzini mustahkamlash lozim. Oilaning iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, psixologik, hatto jinsiy hayoti muammolarini ko‘rib chiqish kerak.
Har bir oila, har bir inson tinch-xotirjam va faravon yashasa, davlat ham ozod, boy bo‘ladi, gullab-yashnaydi. Oilaga g‘amxo‘rlik qilish, har
taraflama moddiy yordam berish insonparvar huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. Oila – jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir- biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashab bo‘lmaydi.



    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin