«Farzandlikka olish» tushunchasi – bu farzandlikka oluvchi shaxs tomonidan o‘zganing farzandini o‘z farzandiga tenglashtirib olishdir. Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida tuqqan ota- ona bilan bolalar o‘rtasidagi kabi huquqiy munosabatlar vujudga keladi.
Bu yerda huquqshunos olim H.R.Rahmonqulovning fikriga qo‘shil- gan holda, farzandlikka olish (berish) masalasini hal qilishda qator muhim jihatlarni (masalan, bolaga uning manfaatlarini mumkin qadar to‘laroq ta’minlay oladigan oilani tanlash uchun uning ruhiy holati, shu bilan birga, fe’lidagi o‘ziga xos xususiyatlar, u farzandlikka olinayotgan
oiladagi moddiy va ma’naviy sharoit kabi jihatlarni) e’tiborga olish lozimdir.
Qaror chiqqan kundan boshlab farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganga nisbatan bir umrga ota-ona, u esa ularga farzand hisoblanadi. Shuningdek, Oila kodeksida farzandlikka berilayotgan bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmagan. Qonun mazmuniga ko‘ra, na- faqat sog‘lom bolalar, balki biron-bir kasalga chalingan yoki rivojlani- shida kamchiliklari bo‘lgan bolalar ham farzandlikka olinishi mumkin. Shubhasiz, kasal bolalarni tarbiyalash qiyin kechadi, bu kabi qiyinchilik- larga ba’zan bolaning o‘z ota-onalari ham bardosh berolmasligi (ko‘nika olmasligi) mumkin. Shuning uchun farzandlikka oluvchilar bolaning salomatligi darajasi to‘g‘risida xabardor qilinishlari lozim. Buning uchun esa farzandlikka berilayotgan bola tibbiy ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, uning sog‘lig‘i, shu jumladan jismoniy va aqliy rivojlanishi darajasi to‘g‘risida xulosa olinmog‘i lozim.
Amaldagi Oila kodeksi bo‘yicha farzandlikka oluvchilar voyaga yet- gan erkak yoki ayol bo‘lishi mumkin. Lekin Oila kodeksining 169-mod- dasi birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin emas. Bular quyidagi asoslar bo‘yicha farzandlikka oluvchilarbo‘laolmaydilar:
o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin
farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomala- da bo‘lganlar;
ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka ruju qo‘yish kabi asoslar bo‘yicha farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka olganlar.
Amaliyotda ushbu ro‘yxat to‘ldirilishi mumkin. Chunki tarbiyachi xususiyatiga ega bo‘lmaganlar, og‘ir va yuqumli kasalga chalinganlar, mehnatga layoqatsizligi hamda boshqa sabablarga ko‘ra bola tartibiyasi bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar ham farzandlikka oluvchi bo‘lmasligi kerak.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno.
Qonunning mazmuniga ko‘ra emansipatsiya tufayli to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lgan, lekin voyaga yetmagan, ya’ni 18 yoshga to‘lmagan shaxslar farzandlikka oluvchi bo‘lishlari mumkin emas.
Oila kodeksining 153-moddasiga muvofiq, farzandlikka olishni sir saqlashlik qonun bilan himoya qilinadi. Jumladan, jinoyat kodeksining 123-moddasi bevosita farzandlikka olish sirlarini oshkor qilishda jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi, deb ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqoridagi qoidalardan ko‘rinib turibdiki, Respublikamizning amaldagi oila qonun- chiligiga muvofiq farzandlikka olish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muno- sabatlar har tomonlama mustahkam kafolotlanganligidan dalolat beradi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftaridagi va boshqa hujjatlardagi farzandlikka oluvchilar farzandlikka olinganlarning ota- onasi emasligini bildiradigan mazmundagi yozuvlar bilan tanishtirish, bu yozuvlardan ko‘chirmalar yoki boshqa ma’lumotlarni farzandlikka oluv- chilarning roziligisiz, agar ular vafot etgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organining roziligisiz berish taqiqlanadi.
Farzandlikka oluvchining yoki vasiylik va homiylik organining erkiga xilof ravishda farzandlikka olish sirini oshkor qilgan shaxslar qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Farzandlika olish ma’lum shartlarasosida vujudga keladi. Farzand- likka olish shartlari deyilganda, farzandlikka olish uchun qonun bilan belgilangan shaxslarning roziliklari tushuniladi. Ular doirasiga quyida-gilarkiradi:
agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olin- mayotgan bo‘lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi.
Bu shartlarning mohiyati nimalardan iborat? Oila kodeksining 159-moddasiga binoan, bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.
Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzand- likka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildi- rib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.
Bolaning farzandlikka olinishiga ota-onaning roziligi notarial tasdiq- langan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayot- gan joydagi yoxud ota-ona yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lishi kerak,
shuningdek, farzandlikka olish to‘g‘risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.
Sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli.
Oila qonunchiligi bo‘yicha quyidagi hollarda ota-onaning roziligisizfarzandlikkaolishgayo‘lqo‘yiladi(OK 160-m):
ota-onaning kimligi noma’lum bo‘lsa;
ota-ona, sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa;
ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa;
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolalardan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo‘lsa.
O‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.
Oila kodeksining 155-moddasiga binoan, farzandlikka olish uchun bolaning roziligi vasiylik va homiylik organlari yoki sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda aniqlanadi.
Farzandlikka olishning muhim ahamiyati – bolani farzandlikka olishga bo‘lgan munosabatni aniqlashda farzandlikka olinayotgan bola- ning huquq va manfaatlarini qo‘riqlash bilan birga farzandlikka olish masalasini amaldagi qonunlar asosida to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.
Bola o‘n yoshga to‘lish bilan farzandlikka olish bo‘yicha o‘z erkini ongli ravishda izhor qilishligi mumkin. Bu maqsadlarni nazarda tutib, vasiylik va homiylik organlari tushunarli asosda farzandlikka olishning mohiyatini hamda undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlarni: bola va farzandlikka oluvchilar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, ularning qarindoshlari, ota-onalari (aka-ukalari, opa-singillari va bobo-buvilari) o‘rtasidagi munosabatlarni tugallanishi); familiya, ota ismini, ota-onalar to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni o‘zgartirishdan iborat.
Farzandlikka oluvchining shaxsiyati to‘g‘risida bola shaxsan xabar- dor bo‘lishi kerak.
Oila kodeksining 156-moddasiga muvofiq, agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning rozi- ligisiz amalga oshirilishi mumkin.
Bu qoida bolani kutilmagan his-tuyg‘u va ruhiy ta’sirlardan holi qilib, farzandlikka olinayotganni tug‘ishgan o‘g‘il (qiz) sifatida o‘sayot- ganligiga ta’sir etadi.
Oila kodeksining 157-moddasi 1-bandining talabi bo‘yicha agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etilishi ko‘rsatilgan. Ko‘pincha amaliyotda er-xotinlarning ikkalovlari tomonidan bolalar farzandlikka olinadi. Agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsalar va er (xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi.
Farzandlikka olinuvchining hulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti va sog‘li- g‘iga xavf solayotgan bo‘lsa, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin farzandlikka olish bekor qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Sud boshqa asoslarga ko‘ra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir.
Farzandlikka olishni bekor qilish bir yo‘la huquqni bekor qilish va huquqni tiklovchi yuridik fakt hisoblanadi.
Agar bu bolalar manfaatiga mos kelsa, bir vaqtda uning huquqiy aloqalari ota-onalari va boshqa qon-qarindoshlari bilan ham tiklanadi. Farzandlikka olishni bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Farzandlikka olishni bekor qilishning mezoni sifatida uning bolalar manfaatiga qaratilishi bilan belgilanadi.
Umumiy qoida bo‘yicha farzandlikka olishni bekor qilish bola to‘la muomala layoqatiga to‘lishiga qadar sodir bo‘ladi. Bu esa ularni muo- mala layoqatiga to‘lishi bilan ota-onalarni huquq va majburiyatlarining tugallanishi bilan bog‘liq bo‘lib, farzandlikka olishni bekor qilish uchun ham zaruriyat qoldirmaydi.
Agar farzandlikka olinuvchining ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsalar, ularning rozi- ligini olmasdan turib ham farzandlikka olishlik bekor qilinishi mumkin.
Agar farzandlikka olish farzandlikka olinuvchilarning ota-onalari roziligisiz yoki majburlash yo‘li bilan olingan bo‘lsa, bolalarning ota- onalari farzandlikka olishni bekor qilishni suddan talab etishlari mumkin. Farzandlikka olish bekor qilinganda sud farzandlikka olgandan bola manfaati uchun aliment undirib beradi. Bu masalani hal qilishda sud,
birinchi navbatda, bola manfaatlarini hisobga oladi. Agar bolaning holati aliment olishni talab etsa, u holda farzandlikka oluvchidan aliment undi- riladi. Aliment undirish o‘zining huquqiy tabiati bo‘yicha javobgarlik chorasi bo‘lmasdan, balki uning birdan bir maqsadi bolani zarur moddiy ne’matlar bilan ta’minlashdir.
Agar farzandlikka olingan bola o‘zining ota-onasiga qaytarilsa, agar bola ishlasa yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib o‘zini o‘zi ta’minlasa, bolani farzandlikka olgan shaxsdan aliment undirilmaydi.
Farzandlikka olish bekor qilinganda farzandlikka olinuvchi bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilarning qarindosh- lari) o‘zaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning qarindoshlari) o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi. Farzandlikka olish bekor qilinganda, bola sudning hal qiluv qarori bilan ota-onasiga olib beriladi. Bolaning ota-onasi yo‘q bo‘lsa, shuningdek, bolani ota-onasiga berish uning manfaatlariga zid bo‘lsa, u vasiylik va homiylik organlari qaramog‘iga beriladi. Sudning hal qiluv qarorida farzandlikka olinuvchining familiyasi, ismi va ota ismini saq- lash-saqlanmasligi ko‘rsatilishi kerak. O‘n yoshga to‘lgan bolaning familiyasi, ismi va ota ismi faqat uning roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Oila kodeksining 170-moddasiga ko‘ra, farzandlikka olishni sud tartibida bekor qilish huquqiga ega bo‘lganlarga farzandlikka olingan- ning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga yetma- ganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lgan farzandlikka olingan bola kiradi.