Respublikasi ichki


Farzandlikka olishning huquqiy asoslari va tartibi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə139/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Farzandlikka olishning huquqiy asoslari va tartibi


Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishni taqiqlaydi (12-m). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir shaxsning hayoti va sirlarining daxlsizligini kafolatlaydi (27-m). Shu boisdan farzandlikka olishni sir saqlash qonunda belgilab qo‘yilgan. Chunki bolaning farzand- likka oluvchilarni o‘zi tuqqan ota-onasi deb hisoblashi uning oiladagi hayotini va tarbiyasini bir qator yengillashtiradi.
Agar farzandlikka olingan bola, o‘z ota-onam, deb hisoblab yurgan shaxslarning o‘gay ekanligini bilib qolsa, bu unga katta ruhiy zarar yetkazishi, unga tarbiya berishni qiyinlashtirishi, farzandlikka olganlar bilan o‘zaro munosabatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Farzandlikka olishning sir saqlanishi hamma vaqt ham shart emas. Ayrim hollarda farzandlikka olish farzandlikka olingan bola uchun sir bo‘lmaydi. Masalan, farzandlikka olingan ayrim bolalar o‘z ota-onasini eslashlari mumkin. Shu bois, Oila kodeksining 155-moddasida o‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olishda uning roziligini olish talab qilinadi.
Amaldagi qonunchilikda farzandlikka olishni sir saqlash qonun bilan himoya qilinishi keltirib o‘tilgan. Farzandlikka olish sirini oshkor qilgan- lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 125-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Bundan tashqari, farzandlikka olish borasida O‘zbekiston Respublika- sining yangi Oila kodeksiga kiritilgan yangiliklardan biri bu farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslardir. Ilgarigi harakatda bo‘l- gan Nikoh va Oila kodeksida bunday ustunlik huquqi mavjud emas edi.
Farzandlikka olishda Oila kodeksining 154-moddasiga binoan ustun- lik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar:

  1. turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchilarning qarindosh- lari. Chunki, bu qarindoshlik aloqalari (ayniqsa qarindoshlarini tanib qol- gan bolaning) tarbiyasini hamda yangi oilaga ko‘nikishini yengillashtiradi;

  2. farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs. Bola o‘zi yashayotgan oilaga o‘rganib qolgan, yaxshi tarbiya olayotgan va ma’na- viy hamda moddiy talablari to‘la qondirilayotgan bo‘lsa, albatta uni shu oilaga farzandlikka berish masalasi birinchi navbatda, ko‘rib chiqilmog‘i lozim;

  3. aka-uka, opa-singillarning qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar. Odatda, aka-uka, opa-singillarni bir- biridan ajratib turli shaxslarga farzandlikka berishlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki ular turli shaxslarga farzandlikka berilsalar, o‘rtalaridagi qarin- doshlik aloqalari uziladi, ya’ni huquqiy jihatdan ular bir-birlariga begona bo‘lib qoladilar. Bu holat esa ularning tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, voyaga yetganlaridan keyin ham turli qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Shu bois, qonun aka-uka, opa-singillarning ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar uchun imtiyozli huquq beradi;

  4. o‘gay ota va o‘gay ona. Odatda, farzandlari bor erkak yoki ayol boshqa turmush qurganlarida ikkinchi tomonning farzandini farzand sifatida qabul qiladi va amalda tarbiyalaydi. Bunday holatda munosabat- larni huquqiy jihatdan rasmiylashtirish zaruriyati tug‘iladi. Agar o‘gay

ota yoki o‘gay onaga bolani farzandlikka berish bola manfaatlariga xavf tug‘dirmasa, ular, albatta, qonunda belgilangan ustunlik huquqidan foydalana oladilar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. Oila kodeksining 237-mod- dasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham farzandlikka olishlari mumkin. Lekin O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bolalarning barcha huquqlarini, shu jumladan, o‘z mamlakatida yashash, tarbiyalanish va bilim olish huquqlarini kafolatlaydi. Shuning uchun ham bolani farzandlikka olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ustunlik huquqidan foydalanadilar.

Shu bilan birga, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilgan «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning 21-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Res- publikasi bola manfaatlarini birlamchi1darajada hisobga olinishini ta’min- laydi va bolani chet el fuqarolarining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar- ning ham farzandlikka olish huquqini e’tirof etadi.

  1. kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxs- lar.Oila kodeksidagi bu yangi norma insonparvarlik g‘oyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, kasallik, baxtsiz hodisa oqibatlarida o‘z farzandlaridan ajralib, og‘ir ahvolga tushgan ota-onalarni ma’naviy jihatdan qo‘llab- quvvatlashga, ularning tashvishlarini bir qadar yengillashtirishga qaratilgandir.

Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlab o‘tdikki, o‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Lekin, qonun- da bolaning farzandlikka olinishga qanday shaklda rozilik berishi belgi- lanmagan. Ammo Fuqarolik kodeksining umumiy tamoyillaridan kelib chiqilganda, bu rozilik har qanday yozma shaklda ifodalanishi mumkin.
Farzandlikka olish uchun bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlangandan so‘ng, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga bolaning yozma roziligi ilova qilinadi. Vasiylik va homiy- lik organi dastlab farzandlikka oluvchining turmush sharoitini hamda bo‘lajak farzandlikka oluvchi bilan farzandlikka olinayotgan bola o‘rtasi- dagi munosabatlarni atroflicha o‘rganadi, agar bolani farzandlikka olish-





1 Юлдашева Ш.Р. Ўзбекистон Республикаси Оила ҳуқуқи. – Т., 2009.
ga qarshi to‘sqinlik bo‘lmasa, uning vakili bola bilan suhbat o‘tkazadi. Suhbat davomida uni kim farzandlikka olmoqchi bo‘layotganligini, farzand- likka oluvchining oilaviy sharoiti va o‘ziga ma’lum bo‘lgan holatlarni bolaga tushunarli tarzda bayon qilib berishi kerak.
Ta’kidlanganidek, ayrim holatda bolaning roziligisiz ham farzandlik- ka olish amalga oshirilishi mumkin. Xususan, bola farzandlikka oluvchi- larning oilasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa va ularni o‘z ota-onasi deb e’tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bolaning rozili- gisiz amalga oshirilishi mumkin. Bu qoida ham qonunchilikda bola man- faatlaridan kelib chiqib joriy qilingan. Chunki ko‘rsatilgan holatlarda bolaning rasmiy roziligi talab qilinishi farzandlikka olish sirining oshkor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi va uning kelgusidagi tarbiyasi va kamoliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ya’ni, bunda vasiylik va homiylik organi vakili farzandlikka oluvchining uy-joy sharoitini tekshirayotganda bolaga bu tashrifning sabablarini bildirmaslik choralarini ko‘rishi lozim.
Bundan tashqari, agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi. Chunki bu holat bola manfaatlariga ko‘proq javob beradi va farzandlikka olish maqsadiga erishish yengilroq ko‘chadi. Qonunda er yoki xotinning roziligi qanday shaklda ifodalanishi belgilanmagan. Ammo vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli munozaralarning oldini olish maqsadida bu rozilik yozma ravishda olinmog‘i, hamda er yoki xotin- ning imzosi tegishli tartibda (mahalla qo‘mitasi, fuqarolar yig‘ini, ish joyi, davolanishda bo‘lsa – davolanish muassasasining vakolatli mansab- dor shaxsi yoki notarius tomonidan) tasdiqlanmog‘i lozim.
Shuningdek, bola manfaatlarini ta’minlash maqsadida, er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsalar, er (xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi. Ko‘rsatilgan faktlar farzandlikka oluv- chining arizasi hamda uning turar joyida o‘tkazilgan so‘rovlar orqali tasdiqlanishi mumkin. Er yoki xotin sudning hal qiluv qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan hollarda sudning hal qiluv qaroridan boshqa hujjat talab qilinmaydi.
Bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota- onasining roziligi (har ikkalasining roziligi alohida-alohida)talab etiladi.
Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzand- likka olinishiga rozilik berishlari yoki farzandlikka berishga rozilik bildirib, farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin. Ota-onaning o‘z bolasini farzandlikka olinishi- ga roziligi yozma ravishda bayon etilishi kerak.
Farzandlikka olish to‘g‘risidagi sud hal qiluv qarorini chiqarilgunga qadar ota-ona o‘z roziligini qaytarib olishga haqlidir.
Bundan tashqari, bola vasiylik yoki homiylik qaramog‘ida bo‘lsa, bolani farzandlikka olish, agar ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan bo‘lsa, vasiy va homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin