Respublikasi ichki


«Vasiylik va homiylik» tushunchalari va asosiy maqsadlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə141/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

«Vasiylik va homiylik» tushunchalari va asosiy maqsadlari


O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilning 2-yanvar kuni qabul qilin- gan «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonuni 9-bob va 50 ta modda- dan iborat bo‘lib, milliy qonunchiligimizning ilg‘or tajribalari hamda zamonaviy xalqaro huquqiy normalar uyg‘unligi asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad vasiylik va homiylik institutining yagona qonunchilik va huquqiy asoslarini belgilash, mazkur sohada qonuniylikka rioya etilishining hamda vasiylik va homiylikka muhtoj fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashning huquqiy kafolatlarini yaratishdan iboratdir. Mazkur qonun qabul qilinguniga qadar vasiylik va homiylik bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi- ning Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risi- da»gi Nizom (hujjat bugunda o‘z kuchini yo‘qotgan) hamda bir qator boshqa qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinib kelingan bo‘lsa-da, ularda vasiylik va homiylik sohasidagi barcha masalalar, shuningdek, ular faoliyatini amalga oshirish mexanizmi yetarli darajada tartibga solinmagan edi.
Ushbu zarurat tufayli vasiylik va homiylik sohasida yagona normativ hujjat 2014-yilning 2-yanvar kunida O‘zbekiston Respublikasining «Vasiy- lik va homiylik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi va olti oy o‘tgach shu yilning o‘zida qonuniy kuchga kiritildi. Mazkur qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabr- dagi 269-son qarori 1-ilovasi bilan O‘zbekiston Respublikasida «Vasiy- lik va homiylik to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonun va yuqoridagi Nizom asosida vasiylik va homiylik organlarining huquqlari hamda majburiyatlari, vasiylik va homiylikni belgilash, ustidan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxsning mol-mulkini saqlash ham- da boshqarish mexanizmi, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlariga doir normalar takomillashtirildi.
Shu o‘rinda «vasiylik» va «homiylik» tushunchalariga oydinlik kiritib o‘tsak. Vasiylik – 14 yoshga to‘lmagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy shakli hisoblanadi. Homiylik – 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, ta’lim-tarbiya berish, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlarini himoya qilish shaklidir. Vasiy qaramog‘idagi shaxslar nomidan ularning huquq va majburiyatlarini shaxsan amalga oshirsa, homiy qaramog‘idagi shaxs- larning huquq va majburiyatlarini amalga oshirishiga huquqiy yordam beradi, ko‘maklashadi.
«Umumiy qoidalar» nomli 1-bobda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar hamda vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining yo‘nalishlari, shuningdek, vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni qabul qilgan oilani kuzatib borish, nazorat qilib turish kabi huquqiy normalarni mazmun va mohiyatini tushuntirishga qaratilgan.
Davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlariga bag‘ishlangan 2-bobi vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi organlar tizimini belgilaydi hamda ularning vakolatlarini va asosiy vazifalarini moddama-modda tartibga soladi.
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar va ularning mol-mulki to‘g‘risidagi axborot deb nomlangan 3-bobda davlat reyestriga kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etish, vasiylik yoki homiy- lik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganligi to‘g‘risida vasiylik va homiylik organlariga ma’lumotlar taqdim etish, yashash joyi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlari, tumanlari, shaharlari yoki boshqa mamlakatda bo‘lgan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslar aniqlanganda, vasiylik va homiylik organlarining majbu- riyatlari, davlat reyestrini yuritish kabi qoidalar tartibga solingan.
Vasiylik va homiylik belgilashda hamda vasiylik va homiylik tayin- lash masalalariga bag‘ishlangan 4-bobda ota-ona vaqtincha bo‘lmaganida vasiylik yoki homiylikni belgilashga doir normalar aks ettirilgan, vasiy yoki homiy etib tayinlana olmaydigan shaxslar doirasi aniqlangan,
dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash tartibi, shaxsga bir necha vasiy yoki homiy belgilash, bir shaxsni bir necha vasiylikdagilarga vasiy yoki homiy etib tayinlash, voyaga yetmaganlarning o‘zi bergan ariza bo‘yicha ularga vasiy yoki homiy tayinlash tartibi, shuningdek, ota-onasi bor shaxsga vasiy yoki homiy belgilash xususiyatlari aks ettirilgan.
Vasiylik va homiylikni tugatish, vasiyning va homiyning o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi hamda chetlashtirilishi bilan bog‘liq qoidalar qonunning 5-bobida nazarda tutilgan.
Qonunning 6-bobida vasiylar va homiylarning huquq va majburiyat- lari, shuningdek, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mulkiy huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq normalar qonunning 7- bobida belgilab berilgan.
Ushbu qonunning 8-bobida vasiylik va homiylik organlari faoliyati ustidan, shuningdek, vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi usti- dan nazoratni amalga oshirish tartibi va shakllari mustahkamlab qo‘yilgan.
Mazkur qonunning «Yakunlovchi qoidalar» deb nomlangan 9-bobi- da, vasiylik va homiylik sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilan- gan tartibda hal etilishi hamda ushbu qonun normalarini buzgan shaxslar aybdor deb topilib javobgarlikka tortilishi bilan bevosita bog‘liq huquqiy masalalar o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Vasiylik va homiylik to‘g‘risida»gi qonuni 2014-yil 2-yanvarda qabul qilinib, olti oy o‘tgach kuchga kirdi.
Savol tug‘iladi: Vasiylik kimlarga nisbatan, Homiylik kimlarga nisbatan belgilanadi?
Vasiylik 14 yoshga to‘lmagan bolalarga va sud tomonidan muoma- laga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Homiylik esa 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan- larga, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan belgilanadi.
Sog‘lig‘ining yomonligi sababli mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan homiylik shu shaxslar- ning iltimosiga binoan belgilanadi.
Bundan tashqari, ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota- onasi bo‘lib, vasiylik va homiylik organlari uning ota-ona tarbiyasida qolishi bola manfaatlariga javob bermasligini, shuningdek, bolaning
hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita xavf borligini aniqlasa, unga vasiy yoki homiy tayinlanadi.
Ota-ona vasiylik va homiylik organlarining vasiy yoki homiy tayin- lash haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
Shu bilan birga, ota-ona olti oydan ortiq hozir bo‘lmagan taqdirda, agarbolalarning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, ularga nisbatan vasiylik va homiylik belgilanadi. Zero, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya- ga va O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko‘ra, bola o‘z ota-onasi bilan birga yashash va ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega.
Ota-ona vaqtincha bo‘lmaganida, agar ular bolasini qarindoshlari yoki yaqin kishilari qaramog‘iga tarbiyalash va nazorat qilish uchun qoldirgan bo‘lsalar, bolalarga vasiylik va homiylik belgilanishi shart emas.
Vasiylik va homiylik majburiyatlarini bevosita amalga oshirish uchun vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy tayinlaydi.
Vasiy va homiy etib voyaga yetgan har ikki jinsdagi fuqarolar ular- ning roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.
Ammo bu yerda shaxsning emansipatsiya oqibatida to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishi uning vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga asos bo‘la olmaydi.
Vasiy va homiy tayinlash lozimligi vasiylik va homiylik organlariga ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi lozim.
Vasiy yoki homiyni tayinlash vaqtida uning shaxsiy fazilatlari, tegishli majburiyatlarni bajarishga qobiliyati, mazkur shaxs bilan vasiylik yoki homiylikka muhtoj shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, vasiylik yoki homiylikka olinuvchining o‘z xohishi e’tiborga olinishi lozim.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin