Respublikasi ichki


Quyidagi hollarda farzandlikka olish ota-onaning roziligisiz amal- ga oshiriladi



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə140/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Quyidagi hollarda farzandlikka olish ota-onaning roziligisiz amal- ga oshiriladi:


yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olishda, sud tomonidan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan fuqarolarning bolalarini farzandlikka olishda ota-onaning roziligi talab qilinmaydi;

  • ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa. Lekin, bu yerda Oila kodeksining 81-moddasiga asosan, ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda, ularning ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan kamida olti oy o‘tgach bolani farzandlikka olishga yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, bu qoida ota- onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasini hal qilishda yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan xatolarni bartaraf qilish imkonini beradi;

  • ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan, deb e’lon qilingan bo‘lsa;

  • ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo‘lsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi.

Agar bola davlatga qarashli bolalar muassasalarining tarbiyasida va ta’minotida bo‘lsa, bunday hollarda farzandlikka olishda, agarda ularning ota-onasi roziligi talab etilmaydigan bo‘lsa, shu muassasa ma’muriyati- ning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, farzandlikka olish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 10 kun ichida FHDYO organ- lari farzandlikka olinayotganning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim. Va bu o‘zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti deb hisoblanadi.
Farzandlikka oluvchilar bolaning tug‘ilishi yozilgan daftarga, agar bu haqda sudning hal qiluv qarorida ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning ota-onasi deb yozilishi kerak.
Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, ota-onasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq bilan o‘zgartiriladi. Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.
Bu normalar esa farzandlikka olishni sir saqlashni ta’minlashga xizmat qiladi. Va, albatta, bu holat farzandlikka oluvchining iltimosiga ko‘ra amalga oshirilishi lozim.
Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari:

  • farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi;

  • farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-ona qarindosh- lari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yo‘qotadilar hamda o‘zaro majburiyatlaridan ozod bo‘ladilar.

Sud boshqa asoslarga ko‘ra ham bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning fikrini hisobga olgan holda farzandlikka olishni bekor qilishga haqlidir. Masalan, farzandlikka oluvchilarning og‘ir kasalligi, ota-onaning paydo bo‘lishi va hokazolar.
Farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lgan farzandlikka olingan bola farzandlik- ka olishni sud tartibida bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
Farzandlikka olishni bekor qilishga faqat sud tartibida yo‘l qo‘yiladi. Bu toifadagi ishlarni hal qilishda o‘n yoshga to‘lgan bolaning fikri hisobga olinadi. Bu haqida sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin uch kundan kechiktirmay sud shu hal qiluv qaroridan ko‘chirmani FHDYO organiga yuborishi shart.
Savol tug‘iladi: farzandlikka olishning ichki ishlar organlari faoliyati bilan qanday bog‘liqlik taraflari mavjud? Birinchidan, farzandlikka olish ichki ishlar organlarida maxsus bo‘lim, ya’ni voyaga yetmaganlar bilan ishlash xizmati xodimlari faoliyati bilan uzviy bog‘liq. Ikkinchidan, farzandlikka oluvchilar haqida xulosalar berishda tegishli hududning pro- filaktika inspektori ham xulosalarini mahalla qo‘mitalari bilan kelishgan holda berishlari mumkin, bu holat ham bolani farzandlikka olishda muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, farzandlikka olish yetim bolalarga va boshqa sabablarga ko‘ra, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni komil inson qilib tarbiyalashning shakllari- dan biri bo‘lib sanaladi.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin