Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin oila institutini, oilaviy va mulkiy munosabatlarni mustahkamlash, jamiyatda kechayotgan islohotlarda uning o‘rni va ahamiyatini oshirish uchun Oila kodeksiga nikoh shartnomasi haqidagi qoida kiritildi. Nikoh shartnomasi va u bilan bog‘liq munosabatlar Oila kodeksining 29-36-moddalari mazmunida bayon etilib, ushbu kodeksni yana bir institut bilan boyitdi. Binobarin, oila instituti fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy bo‘g‘ini bo‘lib, ushbu institutni har tomonlama rivojlantirish, o‘z navbatida, jamiyatning barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Bu borada, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaridek, «Oilaning jamiyatdagi o‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yaratolmaymiz»1.
Ba’zi adabiyotlarda nikoh shartnomasi va tushunchasining tarixi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Xususan, tarixda er va xotin o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilish holatlari qadimdan mavjud bo‘lsa-da, lekin uni rasmiylashtirish tartibi turlicha bo‘lgan. Masalan, qadimgi Rim va Yunonistonda oila qurayotgan shaxslar, eng avvalo, o‘zlarining mulkiy munosabatlarini qanday bo‘lishi hamda kelajakda birgalikda orttirilgan mulkni meros qoldirish bilan bog‘liq masalalar to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuv asosida nikoh shartnomasi imzolaganlar va u yuridik kuchga ega bo‘lgan. Ushbu holat xristianlik yuzaga kelgunga qadar amalda bo‘lib kelgan. Keyingi davrlarda nikohga kiruvchilar o‘rtasidagi «muqad- das ittifoq» faqat cherkov tomonidan rasmiylashtirilgan va tartibga solin- gan. Jamiyatda rivojlanish jarayonlari kuchaygan sari nikoh shartnomasi rivojlana borib, hozirgi holatga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida nikoh shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilk bor 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Oila kodeksining 29-36-moddalarida berilgan. Nikoh shartnomasi er va xotin- ning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy shartnomadir.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Oila kodeksining 29-36-modda- lari bevosita nikoh shartnomasi bilan bog‘liq munosabatlarga bag‘ishlan-
1 Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Т., 2001. – Б.23.
gan. Ushbu moddalarda «nikoh shartnomasi» tushunchasi, uni tuzish asoslari, nikoh shartnomasining mazmuni, uni o‘zgartirish va bekor qilish, haqiqiy emas deb topish, haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish, nikoh shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari va er-xotin o‘rtasidagi mulkiy- shartnomaviy munosabatlar tartibga solingan.
Nikoh shartnomasining taraflarini faqat nikohga kiruvchilar va nikoh- dagi er-xotin tashkil etishi mumkin. Nikoh shartnomasi har doim notarial idoralarda tuziladi va kamida ikkita guvoh ishtirokida rasmiylashtiriladi. Nikoh shartnomasi yozma ravishda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanadi.
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratishgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvlari nikoh shartnomasi hisoblanadi. Endilikda mulk huquqi egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish bilan birga, er va xotin mulkni shartnomaviy tartibga solish mumkin- ligi qonunlashtirildi. Er va xotin nikoh shartnomasiga binoan nikohda bo‘l- gan davrida yoki nikohdan ajratilgan paytlarida o‘z huquq va majbu- riyatlarini ixtiyoriy va o‘zaro kelishgan holda aniqlab olishlari mumkin.
Ilgari amalda bo‘lgan oila qonunchiligida er-xotinning faqat qonuniy mulk tartibi ma’lum edi. Hozirgi vaqtda bu tartibni saqlab qolish bilan birga mulkning shartnomaviy tartibiga ham alohida o‘rin berildi. Bu
«nikoh shartnomasi» yoki «nikoh kontrakti» deb yuritiladi. Qonunchi- likka ushbu qoidaning kirib kelish sababi – bozor iqtisodiyotini yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy mulkchilikning mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Nikoh shartnomasi o‘z xususiyatlariga ko‘ra fuqaroviy-huquqiy shartnoma turlaridan hisoblanadi. Shartnomaning ishtirokchilari nikohga kiruvchilar va nikohdagi er-xotindir. Nikoh shartnomasi faqat mulkka nisbatan tuziladi, u shaxsiy munosabatlarga qaratilishi mumkin emas. Nikoh shartnomasi er-xotin o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning sudda to‘g‘ri ko‘rib hal qilinishida yordam beradi.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin. Ta’kidlab o‘tganimiz- dek, nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga asosan, ikki va undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini vujudga keltirish, o‘zgar- tirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi. Ushbu
ta’rif nikoh shartnomasiga ham tegishlidir. Er va xotin nikoh shartnoma- siga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlari- ga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.
Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ushbu shart- noma er-xotin o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solishga qara- tilganligi sababli, u er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga sololmaydi, bunday munosabatlar ularining kelishuvlari asosida hal qilinishi mumkin.
Nikoh bilan nikoh shartnomasi ko‘p hollarda o‘quvchilar tomonidan chalkashtirib yuboriladi. Aslida nikoh va nikoh shartnomasi boshqa- boshqa mazmundagi ijtimoiy munosabatlardir. Nikoh deganda nikoh yoshiga yetgan yigit bilan qiz, ba’zi hollarda erkak va ayolning oila qurish maqsadida turmush qurishlari tushunilsa, nikoh shartnomasi – fuqaroviy huquqiy ahamiyatga ega shartnomalardan bo‘lib, nikohlanuv- chilar yoki nikohga kirganlar o‘rtasidagi mol-mulkni hamda mulkiy huquqlarni taqsimlash to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvdir. Qolaversa nikoh FHDYO organlarida rasmiylashtirilsa, nikoh shartnomasi natarial idora- larda yozma ravishda tuziladi va tasdiqlanadi.
Nikoh shartnomasida tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan quyidagi maxsus cheklovlar mavjud:
nikoh shartnomasi er yoki xotinni noqulay ahvolga solib qo‘yishi mumkin emas. Aks holda bu bitim nizoli bitim bo‘lib, huquqi buzilgan er yoki xotinning da’vosiga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasini baja- rishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma er- xotindan birining talabi bilan qonunda belgilangan tartibda sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh tugatilganidan boshlab, nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilgandan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.
Nikoh shartnomasi sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Er-xotinning mulkiy huquq va
majburiyatlari haqiqiy deb tan olingan shartnomaga asosan vujudga keladi. Nikoh shartnomasining haqiqiy deb tan olinishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
nikoh shartnomasining mazmuni qonunga xilof bo‘lmasligi lozim. Shaxsiy nomulkiy munosabatlarni majburan bo‘ysundirib kelishilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
er-xotin huquq va muomala layoqatiga ega bo‘lishi lozim;
nikoh shartnomasi notarial tartibda rasmiylashtirilishi shart;
nikoh shartnomasi ishtirokchilarining bayon etilgan xohishi ular- ning haqiqiy xohishiga mos kelishi, ya’ni kelishuv to‘g‘ri tushunilib, uni tuzish ixtiyoriy asosda bo‘lmog‘i lozim.
Nikoh shartnomasi belgilangan talablarga rioya qilmasdan tuzilsa, haqiqiy emas deb topiladi.
Nikohlanuvchilar o‘rtasida tuziladigan nikoh shartnomasi xos quyi- dagi xususiyatlarga ega:
nikohlanuvchilarning huquq va manfaatlari teng himoya qilinadi;
nikohlanuvchilarning mol-mulklariga bo‘lgan huquqlari qat’iy bel- gilab olinadi;
nikohdan oldingi mol-mulk hamda nikoh davrida orttirilgan mol- mulkni taqsimlash tartibi oldindan kelishib olinadi.
Shuningdek, nikoh shartnomasi boshqa o‘ziga xos afzalliklarga ham ega. Oila qonunchiligi normalarining bajarilishini ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli katta. Oila kodeksining 219-modda- sida belgilanganidek, er-xotindan biri uch yildan kam bo‘lmagan mud- datga ozodlikdan mahrum etilganida shaxs bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizasiga er yoki xotinning ozodlikdan mahrum qilingan- ligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan ko‘chirma ilova qilinadi. Bunda arizachi er yoki xotin ajralish haqida sudga ariza berilgani to‘g‘risida xabarnoma yuborish uchun FHDYO organiga hukm qilingan shaxsning jazoni ijro etish manzili haqida xabar qilishi kerak. Jazoni ijro etish muassasasi xabarnomani olgach, ikki hafta muddat ichi- da er (xotin)ning javob xatidagi imzosini tasdiqlab, xabarnomani yubor- gan FHDYO organiga yuborishi lozim. Nizo yo‘qligi to‘g‘risida javob xatini olgan FHDYO organi nikohni bekor qilganligini qayd etadi. Nikohdan ajralish rad qilinganda FHDYO organi arizachiga umumiy bolalar yoki mulk to‘g‘risida nizo borligi sababli nikoh sud tartibida ajra- tilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar qiladi. Agar nikohdan ajratish tayin
qilingan kunda hukm qilingan shaxs qamoqdan ozod qilingan bo‘lsa, nikohdan ajratish umumiy asoslarda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Nikoh shartnomasi er yoki xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari asosida tuziladi. Bugun respublikamizda nikoh shartnomasiga katta e’tibor berilmoqda. Jamiyatimizda oila institutining barcha sohalari, shu o‘rinda nikoh shartnomasiga va nikoh shartnomasini tuzishda taraflar- ning huquq va majburiyatlari, huquqiy holatiga alohida e’tibor beril- moqda. Taraflar nikoh shartnomasini tuzayotganlarida notarial idoralarda ularning huquq va majburiyatlari to‘liq himoya qilinib, majburiy holatlar nizolar kelib chiqishini bartaraf etish borasida notariuslar tomonidan ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilmoqda. Nikoh shartnomasi- ning taraflari hisoblangan er yoki xotinning huquqlari qonunlar bilan muhofaza qilinmoqda.
Nikoh shartnomasi tuzilayotganda taraflar bundan manfaatdor bo‘la- dilar. Hozirgi vaqtda nikohlanuvchilar nikohdan o‘tmasdan yoki nikoh davrida nikoh shartnomasini rasmiylashtirib olishlari mumkin. Bunda ularning huquq va manfaatlari qonun bilan to‘liq himoya qilinadi. Nikoh shartnomasini tuzish ixtiyoriydir. Nikohlanuvchilar nikoh shartnomasi tuzmasdan ham umrbod yashashlari mumkin va bunda qonunda hech qanday cheklovlar ko‘rsatilmagan.
Nikohlanuvchilar o‘rtasida nikoh shartnomasini tuzishdan asosiy maqsad taraflarning huquq va manfaatlarini tenglik prinsipi asosida ta’minlash, nikoh shartnomasining predmeti bo‘lgan mulklardan samarali foydalanish, er yoki xotindan birining jabrdiyda bo‘lib qolishning oldini olish, ortiqcha kamsitishlarga chek qo‘yishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |