Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish haqidagi ariza ikki vazifani bajaradi: u merosxo‘rning merosni qabul qilishga bo‘lgan xohishini tasdiqlaydi hamda ayni bir vaqtda merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish uchun asos bo‘ladi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosxo‘rning (bir necha merosxo‘rlarning) vafot etgan fuqaroga tegishli aniq mol-mulkka
yoki aniq mol-mulkdagi ulushga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berish notarial harakat- lardan biri hisoblanadi. U faqat meros ochilgan joyda amalga oshiriladi.
Merosning ochilishi kuni va merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvoh- noma beriladigan kun o‘rtasida olti oylik muddatning belgilanishi merosni qabul qilish muddatlari bilan bog‘liq. Ushbu muddatning o‘tishi bilan o‘rtasida meros mol-mulk taqsimlanadigan va merosni qabul qilib oladigan merosxo‘rlar doirasini aniq belgilash mumkin. Mazkur muddatlar davomi- da merosni muhofaza qilish va boshqarish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Merosdan voz kechish qonunga asosan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berishga vakolatli meros ochilgan joydagi notariusga merosxo‘rning merosdan voz kechish haqida yozma ariza berishi orqali amalga oshiriladi.
Merosdan voz kechish bir tomonlama bitim bo‘lib, uning ta’sirida qonun bo‘yicha yoki vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r hisoblangan va merosdan voz kechgan shaxsda vorislik huquqi tugallanadi hamda ushbu huquq boshqa shaxslarda paydo bo‘ladi.
Mazkur huquqning mazmunini ochib, qonun merosxo‘rning boshqa shaxslar foydasiga merosdan voz kechish huquqini belgilaydi. Merosxo‘r aynan ushbu meros qoldiruvchining merosxo‘rlari foydasiga merosdan voz kechishi mumkin. Bunda merosxo‘r foydasiga merosdan voz kechishi mumkin bo‘lgan shaxslarni tanlashda ular vorislikka chaqiriladigan asoslar bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ular vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar ham, har qanday navbatdagi qonun bo‘yicha merosxo‘rlar ham, jumladan taqdim etish huquqi bo‘yicha vorislikka chaqiriladigan shaxslar (mazkur huquq bo‘yicha, masalan, meros qoldiruvchining nabiralari va avlodlari meros oladilar) ham bo‘lishi mumkin.
Merosdan voz kechish bir necha merosxo‘rlar foydasiga amalga oshi- rilishi mumkinligini inobatga olish zarur. Merosxo‘r, foydasiga merosdan voz kechadigan shaxslarning ulushini belgilashga, bunda ulushlarni teng yoki turli xil miqdorda o‘rnatishga haqli.
Merosdan shartlar qo‘yib voz kechilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bosh- qacha qilib aytganda, voz kechish so‘zsiz va uzil-kesil bo‘lishi shart, chunki buning natijasida u o‘zgartirilishi, bekor qilinishi mumkin emas.