Respublikasi ichki


Qonuniy vorislik asoslari va vorislar guruhlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə121/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Qonuniy vorislik asoslari va vorislar guruhlari


Qonun bo‘yicha vorislik u vasiyatnoma bilan o‘zgartirilmagan hol- larda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Mazkur qoida asosida qonun bo‘yicha vorislik har doim vasiyatnoma mavjud bo‘lmaganda amalga oshiriladi. Meros qoldiruvchining huquq va majburiyatlari qonunda sanab ko‘rsa- tilgan merosxo‘rlarga belgilangan navbatga muvofiq o‘tadi.
Qonun bo‘yicha vorislik quyidagi holatlarda yuzaga keladi:

  • fuqaro vasiyatnoma qoldirmasdan vafot etganda;

  • vasiyatnoma to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganda (keyingi holatda vasiyatnomaning haqiqiy emas deb topilgan qismi bilan bog‘liq mol-mulk qonun bo‘yicha meros qilinadi);

  • vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘rlar merosni qabul qilishdan voz kech-ganda yoki uni qabul qilmaganda;

  • mol-mulkning muayyan qismi vasiyat qilinganda (bu vaqtda mol- mulkning qolgan qismidan qonun bo‘yicha meros olinadi);

  • vasiyatnoma bo‘yicha merosxo‘r meros qoldiruvchidan oldin vafot etganda;

  • vasiyatnomada ko‘rsatilgan fuqaro meros olish huquqiga ega bo‘l- maganda.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq qonun bo‘yicha vorislikda farzand- likka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, nasl-nasab jihatdan qarindoshlarga (tug‘ishgan qarindoshlarga) tenglashtiriladilar.
Farzandlikka olingan va uning avlodlari farzandlikka olingan shaxs- ning ota-onasi hamda nasl-nasab jihatidan boshqa qarindoshlari vafot
etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar, shuningdek, farzand- likka olingan shaxsning ota-onasi hamda nasl-nasab jihatidan boshqa qarindoshlari farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari vafot etganidan keyin qonun bo‘yicha meros olmaydilar.
Har bir keyingi navbatdagi merosxo‘rlar oldingi navbatdagi meros- xo‘rlar bo‘lmaganda meros oladilar. Bu shuni anglatadiki, oldingi navbatdagi merosxo‘rlar:

  • mavjud bo‘lmaydi;

  • ularning hech biri meros olish huquqiga ega bo‘lmaydi;

  • ularning barchasi vorislikdan chetlatilgan bo‘ladi;

  • merosdan mahrum qilingan bo‘ladi;

  • merosni qabul qilishni rad etgan bo‘ladi;

  • ularning barchasi merosdan voz kechgan bo‘ladi.




Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin