Agar er va xotin o‘rtasidagi shartnomada mol-mulk masalasi yuzasidan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, umumiy qoidaga ko‘ra, er va xotin nikohda bo‘lib, orttirgan mol-mulk umumiy birgalikdagi mulk hisoblanadi. FK 1144-moddasida qayd etilgan norma qonun bo‘yicha ham, vasiyat- noma bo‘yicha ham vorislik holatlariga taalluqli bo‘lib, nikoh shart- nomasi tuzmagan, ya’ni mol-mulk rejimini o‘zgartirmagan er-xotinlar-
ning huquqlarini belgilaydi.
Er-xotindan biri vafot etgan holatda birgalikdagi mulk munosabatlari tugallanadi va mol-mulkni taqsimlash amalga oshiriladi. Ulushlar teng deb hisoblanganligi sababli meros ko‘lami umumiy birgalikdagi mol-mulk- ning yarmini tashkil etadi. Shunday qilib, masalan, qonun bo‘yicha voris- likda xotini, o‘g‘li va qizi bo‘lgan meros qoldiruvchining o‘limidan keyin ular meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan mol-mulkning 1/3 qismini oladilar, bu esa er-xotin umumiy mol-mulkining 1/2 qismini tashkil etadi.
Shunga e’tibor qaratish zarurki, er va xotin bir kunda vafot etgan holatda vorislik boshqacha tartibda amalga oshiriladi. Bir kunda vafot etgan er va xotin (kommiriyentlar) biridan keyin ikkinchisi meros olish huquqiga ega bo‘lmaydilar. Masalan, agar er va xotin kommiriyentlar bo‘lib, erning akasi yoki ukasi bo‘lsa (boshqa merosxo‘rlar bo‘lmagan-
da), er-xotin mol-mulkining 1/2 qismi (erning ulushi) ushbu aka yoki ukaga o‘tadi, mol-mulkning ikkinchi yarmi (xotinning ulushi) esa egasiz mulk bo‘lib hisoblanadi.
Er va xotindan biri vafot etgan holatda vorislik haqidagi masalani hal qilishda muayyan mol-mulk ulardan har birining o‘z mulki ekanigini hisobga olish zarur. Bular er yoki xotinga nikohga kirgunga qadar tegishli bo‘lgan mulk, sovg‘a sifatida yoki vorislik bo‘yicha olingan mulk, hasham va zebi-ziynat predmetlarni istisno etgan holda shaxsiy foydalanishdagi ashyolar (kiyim, oyoq kiyim va hokazo) hisoblanadi.
Agar er va xotin o‘rtasidagi shartnoma ulushli mulk rejimini o‘rnatgan bo‘lsa, shubhasiz, alohida muammolar kelib chiqmaydi, ya’ni vafot etgan er (xotin)ning ulushi meros bo‘ladi.
Sharhlanayotgan modda fuqarolar Oila kodeksi normalariga muvofiq er-xotin bo‘lgan hollarda, ya’ni ro‘yxatdan o‘tgan nikohda bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Agar nikoh faqatgina amalda bo‘lgan bo‘lsa, birgalikda yashab orttirilgan mol-mulk fuqarolik-huquqiy ma’noda umumiy bo‘l- maydi hamda amaldagi er-xotinning har biriga tegishli bo‘ladi.
Meros mol-mulkni muhofaza qilish meros merosxo‘rlar tomonidan qabul qilingunga qadar uni saqlash maqsadida merosxo‘rlar, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilar va meros qoldiruvchining kreditorlari manfaatini ko‘zlab amalga oshiriladi.
Meros ochilgan joydagi notarius o‘z tashabbusiga ko‘ra, merosxo‘r yoki merosxo‘rlarning arizasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari murojaatlari bo‘yicha meros mol-mulkni muhofaza qilish yuzasidan choralarni ko‘radilar.
Meros mol-mulkni muhofaza qilish merosni qabul qilish uchun bel- gilangan muddat tugagunga qadar davom etadi.
Meros mol-mulkni muhofaza qilish xarajatlari merosxo‘rlar tomoni- dan ularning merosdagi ulushiga muvofiq qoplanadi.