O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
QO‘QON FILIALI
IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLAR
KAFEDRASI
DINSHUNOSLIK
Uslubiy qo‘llanma
Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun
QO‘QON-2023
Dinshunoslik fanidan uslubiy qo‘llanma bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u mazkur fan bo‘yicha asosiy tushunchalar, metodlar, tamoyillari, shuningdek sohoda yuz berayotgan so‘nggi o‘zgarishlar mazmunini yoritishga qaratilgan.
Ma’ruza matnlari oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, dinshunoslik fanini o‘rganishga qiziquvchilar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchi: Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi A.Alijanov
Taqrizchilar: Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) N.Xolmirzaev
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) J. Miraxmedov
K I R I SH
Mustaqillik davrida hayotimizning barcha jabhalarida o‘zgarishlar ro‘y berdi, tub islohotlar amalga oshirildi. Ayni paytda mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida izchil faoliyat olib borilmoqda. O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasining umumiy yo‘nalishiga dadil kirib bormoqda. Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, uni jadallashtirish omili bo‘lmish fanning turli sohalari jumladan, davrni, zamonni falsafiy mushohada qilishning ham tubdan yangilanishini taqozo qilmoqda. Endilikda milliy falsafiy merosimizga ham, jahon falsafasi namunalariga ham yangicha yondashuv talab qilinadi.
«Dinshunoslik» fani bo‘yicha ushbu o‘quv dasturi dinshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur DTSda bakalavriat talabalarining zaruriy tayyorgarlik darajasi va bilimlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar asosida tayyorlangan.
Mazkur fan bakalavrlarga dunyodagi dinlarning vujudga kelishi, klassifikatsiyasi, tavsifi, o‘ziga xos jihatlari haqida atroflicha ma’lumot beradi. Shuningdek, fanni o‘zlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunini o‘rganish hamda dunyodagi diniy tashkilotlar haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish ko‘zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |