Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə108/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

Ahmadiylik (Qodiyoniylik). G‘ayriislomiy mohiyat va diniy-siyosiy mazmunga ega bo‘lgan ahmadiylik oqimi XIX asrning oxirlarida Mirzo G‘ulom Ahmad Qodiyoniy tomonidan tuzilgan. Dastlab u asoschisining nomi bilan – «Mirzoiylik», keyinchalik esa vujudga kelgan joyga nisbatan – «Qodiyoniylik» deb nomlangan. Mirzo G‘ulomning 1900 yil 4 noyabrdagi bayonotiga binoan oxir-oqibat «Ahmadiylik» nomini olgan.
G‘ulom Ahmad 1840 yilda hozirgi Pokiston hududidagi Panjob viloyatining Gurdaspur mintaqasidagi Qodiyon qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidan hinduiylik, yahudiylik, xristianlik aqidalari bilan tanishgan. Bu esa uning dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatgan va u o‘zini hinduiylarning Avatari (hinduiylik ta’limotiga ko‘ra, Krishnaning yerdagi ko‘rinishi), yahudiylarning Mashiahi (yahudiylikka ko‘ra, Isroil xalqi va insoniyatni qutqarish uchun Yaratgan tomonidan yuboriladigan Dovud payg‘ambar avlodidan bo‘lgan shoh), xristianlarning xaloskori va buddaviylarning Maytreyasi (buddaviylarning Yerda paydo bo‘lishi kutiladigan ilohi) deb e’lon qilgan.
1876 yilda G‘ulom Ahmad Allohning huzuriga chiqqani va vahiy ola boshlaganini da’vo qilib chiqadi. 1880 yilda u o‘z ta’limoti asoslariga bag‘ishlangan «Barohin Ahmadiya» (Ahmad dalillari) nomli kitobining ilk ikki jildini nashrdan chiqarishga erishadi. Unda u islomni boshqa dinlardan himoya qilgan. Shu tufayli musulmonlar kitobdagi «ilohiy ilhomlar», karomatlar, o‘z-o‘zini maqtashlarga, dastlab, uncha e’tibor bermaganlar. Uchinchi va to‘rtinchi jildlarda esa G‘ulom Ahmad o‘ziga vahiy tushayotgani va payg‘ambar ekanini da’vo qilgan. Shuningdek, ingliz hukumatini maqtab, hozirgi paytga kelib «jihod» tushunchasining o‘rinsiz, hukmsiz holga kelib qolganini aytgan. Boshlanishda 50 jild bo‘lishi rejalashtirilgan «Barohin Ahmadiya»ning 5 jildigina nashr qilingan.
Ahmadiylarga ko‘ra, barcha dinlar qandaydir xaloskorni kutadilar, uning kelishiga umid bilan yashaydilar. Agar kutilayotgan qutqaruvchi, bir odamda mujassam bo‘lsa, dinlararo kelishmovchilik bartaraf etilib, birdamlik, hamjihatlikka erishilgan bo‘lardi.
1904 yilda G‘ulom Ahmad o‘zini Krishnaning odam qiyofasidagi ko‘rinishi ekanini e’lon qildi. Yaratgan unga go‘yoki «Sen menga o‘g‘il kabisan», deb vahiy yuborgani haqidagi iddaosi uning sog‘lom fikrdan ancha uzoqlashib ketganini ko‘rsatadi.
Ahmadiylarning islom asoslaridan uzoqlashib ketganini ko‘rsatuvchi yana bir holat ularning Makka, Madina qatorida Qodiyonni ham muqaddas shahar ekaniga e’tiqod qilishlaridir. Ular Qodiyondagi masjid oldida minora qurdirib, uni «xaloskor minorasi», ushbu qishloqdagi qabristonni esa «Jannat bog‘lari» deb atab, bu yerga ko‘milganlar jannatga kiradi, deb hisoblaydilar.
G‘ulom Ahmad 1905 yilda o‘zining o‘limi haqida vahiy kelganini aytgan bo‘lsada, 1908 yil 26 mayda Lahorda vafot etgan. Qabri Qodiyonga olib ketilgan va tarafdorlari uchun ziyoratgohga aylangan.
Mirzo G‘ulom Ahmadning o‘limidan keyin shogirdlari uning fikrlarini yig‘ishda davom etdilar va natijada «Sinkretik Qodiyoniya-Ahmadiya harakati» yuzaga kelgan. Keyinchalik oqim «Qodiyon ahmadiylari» («Qodiyoniylar») va «Lahor ahmadiylari» («Lahoriylar») nomli ikki jamoaga bo‘linib ketdi. «Qodiyoniylar» G‘ulom Ahmadga nisbatan «Masih mav’ud» («Va’da qilingan Masih») va «Mahdiy», «Lahoriylar» esa «Nabiy zilliy» («Payg‘ambar soyasi») va «Nabiy g‘ayri tashri’iy» («Shariat joriy qilmagan payg‘ambar»), «mujaddid» («dinni yangilovchi») nomlarini ishlatishda farqlanadilar.
Ahmadiylar muayyan mamlakatga kirib borar ekan, ko‘p hollarda savodi past musulmonlar yoki ilgari biror dinda bo‘lmagan kishilarni nishonga olishga, o‘zlarining talqinidagi nashr va kitoblarni chop etishga e’tibor qaratadilar. Jamoa tarkibiga faqat 10 sharti belgilangan rasmiy qasamyod vositasida a’zo bo‘lib kirish mumkin. Ular o‘z talqinida Qur’on nusxalarini turli tillarda (80 ga yaqin tilda, xususan o‘zbek tilida) nashr qilish va tarqatish bilan faol shug‘ullanadilar.
Ma’lumotlar ahmadiylar O‘zbekistonga kirib kelishga qiziqayotganligini ko‘rsatadi. Xususan, ba’zi qo‘shni mamlakatlarda ahmadiylar g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi «Tanlangan yozuvlar», «Tanlangan hadislar», «Tanlangan oyatlar» kabi kitoblarning chop etilgani, Qur’oni karimning ular talqinidagi o‘zbekcha tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tgani yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Ahmadiylik musulmonlarni ichidan bo‘lib tashlash, islomiy qadriyatlarni buzib talqin etish, islom diniga yangi tushunchalarni kiritish orqali odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga qaratilgan, shaklan islomiy, mohiyatiga ko‘ra unga mutlaqo zid bo‘lgan oqimlar sirasiga kiradi.
4. Xalqaro Krishnani anglash jamiyati. Shrila Bxaktivedanta Svami Prabxupada nomi bilan tanilgan asli hindistonlik Abxay Charan De (1896-1977) tomonidan tashkil etilgan. U 1947 yilda «Veda» falsafasi bilimdoni sifatida «Bxaktivedanta» (sanskr. «sodiqlik», «fidokorona xizmat») unvoniga sazovor bo‘ladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga ko‘pgina «Veda» matnlari, jumladan, «Bxagavadgita» («Xudo qo‘shiqlari»)ni sharhlar bilan tarjima qildi. 1959 yilda 63 yoshida dunyodan voz kechishga ahd qiladi va Svami («Aql va hissiyotlar egasi») unvoniga erishadi.
1965 yilda A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQShga ko‘chib o‘tdi va «Xalqaro Krishnani anglash jamiyati»ga asos soldi. Bu davrda Sharq mistik ta’limotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targ‘ib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari mavjud.
Krishnachilik (vayshnaviylik) odam qiyofasidagi xudo Krishna (Vishnu)ga e’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Krishnachilikning muqaddas yozuvlariga «Bxagavatgita»dan tashqari boshqa «Veda» matnlari ham kiradi.
Krishnachilik yakkaxudolikka, ya’ni yagona va mutlaq xudo – Krishnani tan olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish qobiliyatiga ega. Krishnachilik ta’limotiga ko‘ra, olam ruhiy va moddiy dunyoga bo‘linadi. Insonning ruhi tanasiga nisbatan birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish va shu yo‘l bilan xudoga qo‘shilishni oliy maqsad, deb biladilar.
«Xalqaro Krishnani anglash jamiyati»da o‘z ergashuvchilarining mol-mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o‘tishlari rag‘batlantiriladi. Bu ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi. Jamoa a’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.
Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o‘tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan targ‘ibotchilik harakatining o‘ziga xos xususiyatlari qatorida ko‘chalarda ibodat kiyimlarida yurib qo‘shiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish, «Hayot uchun ozuqa» deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish aksiyalari o‘tkazilishini ko‘rsatish mumkin. Bunday harakatlarning asosiy ob’ektlari sifatida odatda talabalar, maktab o‘quvchilari, qariyalar va mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchilar tanlab olinadi.
5. O‘zbekistonda faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoa va sektalar. Tarix shuni ko‘rsatadiki, chuqur ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar boshidan kechirayotgan jamiyatda rivojlanishning «yagona to‘g‘ri yo‘li»ni, agar jamiyatdagi vaziyat salbiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, «yagona najot yo‘li»ni bilishga da’vo qiluvchi turli diniy jamoalar yoki sektalar vujudga kelishi kuzatiladi. O‘zbekistonda ham 1990-yillarning boshida muayyan darajada xarizma va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayrim «yangi dindorlar» o‘z g‘oyalarini boshqalarga ham targ‘ib qila boshladilar. Oqibatda respublikada bir necha norasmiy diniy jamoalar shakllandi. Ularning a’zolari orasida maxsus diniy ma’lumotga ega shaxslar deyarli uchramaydi.
Hozirgi kunda respublikada faoliyati kuzatilayotgan norasmiy diniy jamoalar qatoriga «Ma’rifatchilar», «Shohidiylar» va «Baxshillochilar»ni kiritish mumkin.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin