Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi dinshunoslik uslubiy qo‘llanma Bakalavrning barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘qon-2023


-mavzu. Islom tafakkuri va madaniyatining shakllanish bosqichlari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə61/171
tarix05.10.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#152475
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   171
ҚИСҚАРТИРИЛГАН УСЛУБИЙ ҚЎЛЛАНМА

6-mavzu. Islom tafakkuri va madaniyatining shakllanish bosqichlari


Reja:
1.Johiliya davridagi ko‘pxudolik.
2.Muhammad ibn Abdulloh-din da’vatchisi va davlat arbobi.
3.Makkaning fath etilishi, xalifa saylash to‘g‘risidagi tortishuvlar
Tayanch iboralar: Johiliya, but, sanam, vahiy, Hiro g‘ori, mushrik, hijrat, fath, Qur’on, Sunnat, Hadis, Ijmo’, qiyos, tafsir, mufassir, muhaddis, mutakallim,fiqh.

Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 foizga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziya (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eron (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 foizini tashkil etadilar1.



1.Johiliya davridagi ko‘pxudolik. ISLOM (arab.-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish)-jahonda uch din (buddaviylik, xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” deb ataladi.
Islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi davr johiliya yoki johiliyat davri deb yuritiladi. “Johiliya” so‘zi adabiy arab tilida “bilmaslik”, ya’ni “yagona xudo-Allohni tanimaslik” ma’nolarini beradi. Bu so‘z islom olimlari tomonidan islomdan avvalgi davrga nisbatan ishlatiladi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Ammo ushbu davrni aniqlash, yozma adabiyotning ozligi sabab mushkul.
Mil.av. 8 asrdayoq har bir arab qabilasi o‘z sanamiga ega edi. Tez tez bo‘lib turadigan qabilalararo urushlardan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib sanamiga sig‘ina boshlardi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makkadagi Ka’ba edi. Makka qadimgi Arabistonning diniy markaziga aylangach, u yerdagi Ka’baga sanamlar to‘plandi. Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda katta ko‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxada qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Islomgacha badaviy (ko‘chmanchi) arablarda urug‘ ruhi yoki oila dini yetakchi bo‘lgan. Badaviylar arab xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotining asoschilari edilar. Shuning uchun janubiy arablarning lahja (dialekt)lari yo‘q bo‘lib ketdi, ammo shim. Arablarning lahjalari saqlanib, u Qur’on tili sifatida xamon yashab kelmoqda. 7 asr boshigacha ko‘chmanchilar yashaydigan sahrolarda ko‘pxudochilik saqlangan bo‘lsa. O‘troq aholi yashaydigan joylar har tomonlama tashqi ta’sirga uchragan edi. Makka shahrida bo‘ladigan katta bozorlarga savdo-sotiq uchun na faqat ko‘p xudochilikka ishonuvchilar, shu bilan birga xristian va yahudiy dinlaridagi yakkaxudoga sig‘inuvchilar ham kelishardi. Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahdoniyatga asoslangan dinning qaror topishi, arab qabilalarining yakkaxudo-Alloh g‘oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o‘g‘li Muhammad (s.a.v.) nomi bilan chambarchas bog‘liq. 6 asrning oxiri 7 asrning boshlarida, ayniqsa. Hijoz arablari yakkaxudochilikka o‘tishga ma’lum ma’noda tayyor edilar. Biroq, baribir bir qadriyatning qadrsizlanishi hali odamlar ongiga singmagan g‘oyani qadriyatga aylanib, ularning qalbida o‘rin olishi uchun hayotini shunday ezgu ishga bag‘ishlagan jasoratli va tashkilotchi bir shaxs kerak edi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin