Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: BO‘SM boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari uchun yuklamalarning birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘quv yillari bo‘yicha optimal rejimini aniqlagan holda o‘quv soatlarini taqsimlash grafigi.
O‘rta masofaga yuguruvchi yosh sportchilarning morfofunksional va pedagogik ko‘rsatkichlarining uch yillik dinamikasi.
Mashg‘ulotning mikro- va mezotsikllaridagi tanlab yo‘naltirilgan yuklamalar hajmi dinamikasi.
Yosh o‘g‘il bola sportchilar organizmining funksional va jismoniy tayyorgarlik holatini tezkor, joriy va yakuniy nazorat qilish.
Ilmiyyangiligi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida yosh yengil atletikachilarning chidamliligini tarbiyalash uslubiyatiga qator yangi holatlarni kiritadi:
BO‘SM boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari yengil atletikachilarining mikro va mezotsikllarda umumiy chidamliligini tarbiyalashning samarali vositalari va uslublari ishlab chiqildi hamda ularning nisbatlari aniqlandi;
bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar davomida 10-12 yoshdagi bolalarda umumiy chidamlilikni tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulot vositalarining o‘quv yillari bo‘yicha optimal nisbatlari aniqlandi;
boshlovchi sportchilarning umumiy chidamliligini tarbiyalashning bir tekisda va intervalli uslublaridan foydalanish variantlari ishlab chiqildi;
umumiy chidamlilik darajasining yoshga xos o‘zgarishi aniqlandi.
Tadqiqotnatijalariningilmiyvaamaliyahamiyati. BO‘SM boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida 10-12 yoshdagi bolalarda umumiy chidamlilikni tarbiyalash, kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun tanlab yo‘naltirilgan mashg‘ulot vositalarining qo‘llanilishi ularning jismoniy tayyorgarligining rivojlanishiga yordam berdi. Qo‘llanilgan uslublar (bir tekisda yugurish va intervalli yugurish uslublari) umumiy chidamlilikni oshirishga imkon yaratdi.
Mikro-, mezo-, makrotsikllar bosqichlarida foydalanilgan mashg‘ulot yuklamalari YuQT ko‘rsatkichlariga qarab nazorat qilib borildi. Har bir bosqichdan keyin tibbiy nazorat o‘tkazildi.
10-12 yoshdagi bolalar uchun mashg‘ulot vositalaridan foydalanish samaradorligi aniqlandi.