“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish uslublari
Iqtisodiyot tushunchasi va turlari. Iqtisodiy faoliyatning mazmuni. Takror ishlab chiqarishning mazmuni va fazalari: ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol. Ehtiyojlarning mazmuni va ularning turkumlanishi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va turkumlanishi. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi bog’liqlik. Iqtisodiyot oldidagi muammolar.
Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi Sharq va G’arb xalqlaridagi iqtisodiy g’oyalar. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy oqimlar: merkantilizm, fiziokratlar, ingliz klassik iqtisodiy maktabi, marksizm va marjinalizm. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to’g’risida turlicha yondashuvlar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar. Moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifalari. Iqtisodiyot nazariyasining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Iqtisodiyot nazariyasi - barcha iqtisodiy fanlarning uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi. Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining shakllanishida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini tahlil qilish va bilishda iqtisodiyot nazariyasi fanining roli. Iqtisodiyot nazariyasi fanining talaba-yoshlar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda va milliy istiqlol g’oyasini singdirishdagi ahamiyati.
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni bilish usullari: iqtisodiy qonunlar, hodisalar va jarayonlarni ilmiy bilishning dialektik qoidalari, ilmiy abstraktsiya, induktsiya va deduktsiya, tahlil va sintez, mantiqiylik va tarixiylikning birligi, ikki tomonlama yondashuv, empirik usul va farazlardan foydalanish. Mikro va makroiqtisodiy taxlil. Iqtisodiy taxlilda matematik, statistik va grafik usullardan foydalanish. Pozitiv va normativ usullar. Mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev ma’ruzalarini va O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasini o’rganishning ilmiy uslubiy ahamiyati.