Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish -barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion va evolyutsion shakllari. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning xususiyatlari. O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari. O’zbek modelida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlaridan himoya vositasining mujassamlashganligi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichlari.
Iqtisodiy islohotlarning mazmuni. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish kontseptsiyasi va strategiyasi hamda asosiy yo’nalishlari. Iqtisodiy islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari. O’zbekistonda islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy yo’nalishlari.
Mamlakatni modernizatsiyalash jarayonining mazmuni va uning bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlashdagi roli. Modernizatsiyalash jarayonining tamoyillari, asosiy belgi va tarkibiy qismlari. Hozirgi davrda O’zbekistonda modernizatsiyalash jarayonlarining asosiy yo’nalishlari. 2017-2021 yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari.
Talab tushunchasi. Individual talab va bozor talabi. Talab qonuni. Giffen samarasi. Talab egri chizigi. Talab miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar: iste’molchi didi, bozordagi iste’molchilar soni, ularning pul daromadi, o’rnini bosuvchi tovarlar narxi, kelajakda narx va daromadlarning o’zgarishi ehtimoli. Oliy va past toifali tovarlar. Engel qonuni. Engel egri chizig’i.
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif egri chizig’i. Taklif miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar: resurslar narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar, boshqa tovarlar narxi, narx o’zgarishining kutilishi, ishlab chiqaruvchilar soni. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning xususiyatlari.
Talab va taklif miqdorlarining mos kelishi. Qisqa va uzoq davrlarda talabning o’zgarishi. Bozor muvozanati. Xususiy va umumiy muvozanatlik. Talab va taklif egiluvchanligi va ularni belgilab beruvchi omillar.
Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi. Iste’molchining afzal ko’rishi. Naflilik funktsiyasi. So’nggi qo’shilgan naflilik. Naflilikni maksimallashtirish qoidasi. Iste’molchining muvozanatli holati. Befarqlik egri chizig’i. Befarqlik kartasi. Iste’molchi byudjetining cheklanganligi. Byudjet chizig’i. Narx va daromadlar o’zgarishining iste’molchi tanloviga ta’siri.