Jun va ipak gazlamalardan buyum tayyorlash metodikasi
Zig‘ir Zig`ir — zig`ir poyaning lub qismidan olinadigan tola. Usimliklarning poyalari va barglaridan olinadigan tolalar lub tolalari deb ataladi. Zig`ir ekiladigan maydon va yig`ib olinadigan zig`ir miqdori jihatidan dunyoda birinchi o`rinda turadi. Zig`ir tolasi elementar va texnik tolalarga bo`linadi. elementar zig`ir tolasi bir o`simlik hujayrasidan iborat. Texnik tolalar pektin moddalar (ta‘biiy elim moddalar) vositasida uzaro birikkan elementar tolalar dastasidan tashkil topadi. Elementar zig`ir tolasini mikroskop ostiga qo`yib qarasaq o`rtasida tor kanali va yug`onlashgan tirsaksimon joylari bo`lgan o`simlik hujayrasini ko`ramiz.
Zig`ir elementar tolasining mikroskop ostidagi ko`rinishi: a – tashqi ko`rinishi va ko`ndalang kesimi, b – bo`ylama kesimi. 11 Tolalarning uchi o`tkir, kanali ikki tomondan berq Zig`ir tola-sining ko`ndalang kesimi o`rtasida kanali bor 5—6 yoqli ko`pburchakdan iborat. Zig`ir tarkibida 80% sellyuloza va 20% boshqa aralashmalar bor. Bu aralashmalar moy, mum, buyoq, mineral moddalar va lignin (hujayraning yog`ochlashish mahsuloti) dan iborat. Lignin tolalarni qattiklashtiradi. Zig`ir tolasida taxminan 50% lignin bor, shuning uchun u paxtaga qaraganda ancha qattiq bo`ladi. Elementar zig`ir tolalarining yo`g`onligi paxtanikidek uzunligi 15— 26mm. Texnik zig`ir tolalarining yo`g`onligi elementar tolalarning yo`g`onligi va dastadagi soni bilan belgilanadi. Ayni zig`irdan olish mumkin bo`lgan kalava ipning yo`g`onligi zig`ir tolalari dastasining ingichka texnika tolalarga ajralish xususiyatiga bog`liq bo`ladi. Texnik tolalarning uzunligi o`simlik tolasining uzunligi va ishlov jarayonida tolalarning ingichka tolalarga ajralish darajasiga bog`liq buladi. Yigirish uchun qo`llaniladigan texnik tolalarning uzunligi o`rtacha 35—90 sm, yo`g`onligi 10— 3,33 teks. Elementar tolaning pishihligi 0,98—24,52 kH ga teng uzish nagruzkasi bilan ifodalanadi, ya‘ni zig`ir tolalari paxtadan 3—5 marta pishiqliroq. Texnik tolaning uzilish nagruzkasi 200— 400 kH. Elementar tolaning nisbiy uzilish nagruzkasi 54 — 72 kH/teks, uzilishdagi uzayishi esa 1,5-—2,5%, ya‘ni paxtanikidan 3—5 marta kichiq SHuning uchun zig`irdan qilingan qotirmalik gazlamalar ip gazlamaga qaraganda buyumning shaklini yaxshiroq saqlaydi. Nisbatan kichik (uzuvchi kuchning 35% chamasi) kuch ta‘sir qilganda ham qoldiq deformatsiya ulushi 60— 70% ga tug`ri keladi. SHuning uchun zig`ir tolalaridan to`qilgan gazlama va buyumlar ancha g`ijimlanuvchan buladi. Zig`ir tolalarining rangi — och kulrangdan to`q kulranggacha. Zigir o`ziga xos tovlanib turadi, chunki tolalarning sirti silliq bo`ladi. Zig`irning fizikximiyaviy xossalari paxtaning xossalariga yaqin. Normal sharoitda zig`irning gigroskopikligi 12 %. Zigir namni tez shimadi va tez ketkazadi. Suv ta‘sirida elementar tolalarning pishiqligi oshadi, texnik tolalarniki esa pasayadi, chunki pektin moddalar yumshab, ayrim tolalar dastasi orasidagi bog`lanish bo`shashadi. Zig`irning o`ziga xos xusu-siyatlaridan biri issiqni yaxshi o`tkazuvchanligidir. SHuning uchun zig`ir tolalari paypaslab ko`rilganda barmoqlarga sovuq unnaydi. Zig`irning bunday qimmatli gigienik xossalari, ya‘ni gigroskopikligi yaxshiligi, namni tez shimib, tez bug`latib yuborishi, issiqni yaxshi o`tkazishi undan ko`plab yozgi kiyimlar tikishga keng im- kon beradi. Zig`irga kislota va ishkorlangan ta’siri xuddi paxtaga ta‘siriga o`xshaydi. Zig`ir tolalarini bo`yash va oqartirish paxtani bo`yash va oqartirishga qaraganda 12 qiyinroq. Bunga sabab shuki, zig`irning tabiiy rangi intensiv, tolalari esa qalin devorli va tor tutash kanalli bo`ladi. Zig`ir tolalarini merserizatsiyalash uncha samara bermaydi, chunki ular tabiiy tovlanib turadi. Zig`ir tolalari sovun-soda eritmalari (kuchsiz ishqor eritmalari) da qaynatilganda pektin moddalar eriydi. Tolalar ochiqroq, mayinroq, bo`lib qoladi, texnik tolalarning pishiqligi pasayadi. Qizigan metall sirt (dazmol) ta‘siriga zig`ir yaxshi chidaydi, chunki gigroskopikligi paxtanikiga qaraganda yuqori. Quyosh nurlari 990 soat mobaynida to`g`ri tushib turganda zig`irning pishiqligi 50 % pasayadi, ya‘ni uning yorug`likka chidamliligi paxtaga nisbatan bir oz yuqoribroq. Zig`ir xuddi paxtaga o`xshab yonadi. Jun — junli hayvonlarning teri qatlamidagi shoxsimon o`simtalar. To`qimachilik sanoatida q`oy, tuya, echki, qoramol va quyon juni ishlatiladi. Jun tolalari (qillar) ildiz va tana qismlardan iborat. Ildiz — junning teri qatlami ostidagi qismi, tana — teridan chiqib turgan va oqsil — keratindan iborat bo`lgan qismi. Jun tolasining tanasi tangachali, qobiq va uzak qatlamlardan iborat
Tangachali qatlam tola tanasini tashqaridan qoplab turgan shoxsimon tangachalardan iborat. Tolaning tipiga qarab tangachalar halqasimon, yarimhalqasimon yoki plastinkasimon bo`lishi mumkin. Tangachali qatlam tola tanasini emirilishdan saqlaydi, tolani tovlantirib turadi va tolalarning bosiluvchanlik xossasini yaxshilaydi. Qobiq qatlam jun tanasini hosil qiladigan urchuqsi-mon hujayralardan iborat bo`lib, uning pishiqligi, elastikligi va boshqa sifatlarini belgilaydigan asosiy qatlam hisoblanadi. O`zak qatlam tola o`rtasida yotadi, u havo bilan to`lgan hujanralardan iborat. YO`g`onligi va tuzilishiga qarab, jun tolalari quyidagi tiplarga bo`linadi: momiq, dag`al tuq oraliq. va o`lik tolalar. M o m i q — mayin junli qo`ylarning butun jup qatlamini tashkil qiladigan va dag`al junli qo`ylarning terisiga yopishib yotadigan ingichka buramdor tolalar. Momiq ikki qatlamdan: tangachali va qobiq qatlamdan iborat. Tangachali qatlam odatda halqalar va yarimhalqalar shaklida bo`ladi. Dag`al tuk momiqdan dag`alroq va yo`g`onroq tola bo`lib, deyarli buramdor bo`lmaydi, u yarim dag`al junli va dag`al junli qo`ylarning jun qatlamiga kiradi. U a b c d 3-rasm. Har xil tipdagi jun tolalar: a-momiq, b-oraliq tuk, c-da g`al tuk, d-o`lik tola, 1-tanga chali qatlam, 2-qobiq qatlam 3-o`zak qatlam. 13 uch qatlamdan: plastinkasimon tangachali qatlam, qobiq va yaxlit o`zak qatlamdan iborat. Oraliq tolalar momiq bilan dag`al tuk o`rtasida oralik holatni egallaydi. Duragay zotli qo`ylarning butun jun qatlami shu oraliq tolalardan iborat bo`lishi mumkip. Oraliq tola uch qatlamdan: tangachali, qobiq va uzuq-uzuq o`zak qatlamdan iborat. O`lik tola — dag`al, to`g`ri, qattiq tola bo`lib, yomon bo`yaladi va qayta ishlash jarayonida sinib ketadi. U ba‘zi dag`al junli qo`ylarda bo`ladi. O`lik tola ham uch qatlamdan: tangachali, yupqa qobiq va keng o`zak qatlamdan iborat. O`zak qatlam tolaning deyarli butun ko`ndalang kesimini egallaydi. Qo`ydan qirqib olingan qillar yaxlit qatlamdan iborat bo`lib, jun deb ataladi. Qo`ylarning jun qatlamini tashkil qiladigan tolalarning tipiga qarab, jun quyidagi xillarga bo`linadi: mayin jun (25 mkm gacha); momiq tolalardan iborat; mayin junli qo`ylardan olinadi; yuqori sifatli kamvol va movut gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi; yarim mayin jun (25 dan 34 mkm gacha); momiq tolalar va oraliq tolalardan iborat; duragay zotli qo`ylardan olinadi; turli kostyumlik va paltolik kamvol gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi; yarim dag`al jun (35 dan 40 mkm gacha); dag`al va oraliq tolalardan iborat; duragay zotli qo`uylardan olinadi; yarim dag`al kostyumlik va paltolik movut gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi; dag`al jun (40 mkm dan yo`g`on); tarkibida barcha tipdagi tolalar bo`ladi; dag`al junli qo`ylardan olinadi; dag`al movut gazlama tayyorlash uchun ishlatiladi. Junni yigirish jarayoni uchun jun tolalarining uzunligi va buramdorligi katta rol o`ynaydi. Jun tolalarining uzunligi 20 dan 450 mm gacha. Uzunligi jihatidan bir jinsli jun qisqa tolali (55 mm gacha) va uzun tolali (55 mm dan uzun) xillarga bo`linadi. Junning buramdorligi (jingalakligi) 1 sm tolaga to`g`ri keladigan buramlar soni bilan ifodalanadi. Tola qancha ingichka bo`lsa, 1 sm tolaga shuncha ko`p buram to`g`ri keladi. Buramning balandligiga qarab, jun normal, yuqori va qiya buramli xillarga bo`linadi. YUqori buramli kalta tolali jun yo`g`on va tukli apparat ipi (movut ip) tayyorlash uchun ishlatiladi. Qiya buramli uzun tolali jundan ingichka va silliq taralgan ip tayyorlashda foydalaniladi. Junning yo`g‘onligi (ingichkaligi) tolaning tipiga bog`liq bo`ladi hamda kalava ip va gazlamalarning xossalariga katta ta‘sir qiladi. Momiqning ingichkaligi 30 mkm gacha, dag`al tolaniki — 50—90 mkm, o`lik tolaniki — 50—100 mkm va bundan ingichka bo`ladi. 14 Jun tolalarining pishiqligi ularning yo`g`onligi va tuzilishiga bog`liq. Masalan, o`lik tola yo`g`on, lekin bo`sh bo`ladi. Ingichkaligi 20 mkm bulgan momiq tolalarning uzilish nagruzkasi 7 kH, ingichkaligi 50 mkm bug`lgan dag`al tolalarniki esa 30 kH gacha. Tolalarning nisbiy uzilish nagruzkasi 10,8—13,5 kH/teks. Ingichka jun dag`al jundan pishiqroq bo`ladi. Bunga sabab shuki, dag`al tolalarning o`zak qatlami asosan havo bilan to`lgan buo`ladi. Natijada tolalarning yo`g`onligi ortadi, lekin pishiqligi oshmaydi