«Ishbilarmonlar», «sexoviklar». Bu guruhdagilarga iqtisod sohasida va xo‘jalik yuritishda jinoyat sodir etganlar kiradi. «Ishbilarmonlar»ga olibsotarlar, mansabdor jinoyatchilar, talon-toroj qiluvchilar,
«valutachilar» kirsa, «sexoviklar»ga xususiy tadbirkorlik bilan yashirincha shug‘ullanib, davlat hisobidan o‘tmagan holda mahsulot ishlab chiqaruvchi jinoyatchilar kiradi. Nima bo‘lganda ham mahsulot ishlab chiqarish va tezlikda sotib, katta foyda olish ularning asosiy qonuni hisoblanadi.
«Qimorbozlar». Bular qimor o‘yinlari bilan shug‘ullanuvchi professional jinoyatchilar bo‘lib, bu toifadagi jinoyatchilar firibgarlar faoliyatining davomchilari sifatida kelib chiqqan. Ularning asosiy vazifalaridan biri jinoyatchilar dunyosining pul jamg‘armalarini to‘ldirish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |