Respublikasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə168/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

Uchinchidan, qonunlarning o‘z vaqtida qabul qilinmasligi yoki qabul qilingan qonunlarning o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmasligi, natijada fuqarolarning axloqiy ongida ikkilanishlarning paydo bo‘lishiga hamda huquqiy madaniyatning shakllanishi past darajada qolib, ularning shu asosda har xil huquqbuzarliklar, qonunbuzarliklarni sodir etishlari.

«Huquqiy madaniyat darajasi, – deb yozgan edi I.A.Karimov, – faqat- gina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U – qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir. U – odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani

– turli mojarolarni hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir»2.

Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar, albatta, ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatiga, turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Bular ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishlarining tashqi sabablari, xolos. Uning tub sabablarini esa ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatini tashkil etishda, boshqarishda, xizmat jamoalarida axloqiy-ruhiy-ma’naviy muhitda, tarbiyada yo‘l quyilgan kamchiliklardan izlash kerak.

Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishining obyektiv va subyektiv sabablari bor.

Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishining obyektiv sabablari quyidagilardan iboratdir:



  • professional faoliyatning xususiyatlari, ya’ni qiyin va xavfli sharoitlarda, favqulodda holatlar va ekstremal vaziyatlarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, o‘limga tik qarab, jismoniy va ruhiy jihatdan zo‘riqib ishlashlari, ma’naviy va ruhiy jihatdan o‘z qobiliyatini tiklab olish uchun vaqt yetishmasligi;

  • jinoyatchilar dunyosi bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lish, ularning salbiy ta’sirini sezish va oqibatda ularga qo‘shilib ketish hollarining mavjudligi;




1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари // Унинг ўзи. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. Т.3. –Т.: Ўзбекистон, 1996. –Б. 37.

2 O‘sha manba. – B. 22.

  • ishni tashkil qilish va boshqarishda xato va kamchiliklar, ya’ni hisobotlarning takomillashmaganligi, xizmat sohalari o‘rtasida birgalikda harakat qilishning yo‘qligi, miqdor ketidan quvish, haybarakal- lachiliklarning hamon uchrab turishi;

  • birga ishlayotgan ba’zi xodimlarning o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilishlari, ishga sovuqqonlik bilan yondashishlari, odamlarga nisbatan befarqlik, yuzaki munosabatda bo‘lishning yangi kelgan yoki vijdonli, mehnatkash va intizomli xodimga salbiy ta’siri;

  • rahbar xodimlar va bevosita boshliqlar tomonidan nazorat qilish ishlarining muntazam ravishda tashkil qilinmaganligi yoki to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi;

  • operativ-texnika bilan yetarlicha ta’minlanmaganlik, zarur asbob- uskunalar bilan jihozlanmaganlik;

  • oilaviy munosabatlardagi va turmush sharoitidagi qiyinchiliklar;

  • kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolar;

  • xodimlarni tarbiyalash ishlarini amalga oshirishda hisob-kitobdan adashishlar, ya’ni yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘yishlar;

  • miqdor ortidan quvish, ushbu ko‘rsatkichlarning ichki ishlar organlarining o‘zlarida shakllanishi va qayd etilishi hamda ularning xaspo‘shlanishi va h.k.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy-kasbiy buzilishlarini keltirib chiqaruvchi subyektiv sabablar quyidagilardan iboratdir:

  1. xodimlarning xizmat-kasb sohasidagi bilim darajasi nihoyatda pastligi va o‘z kasb mahoratini oshirishga urinmasliklari, o‘z ishiga tanqidiy nazarning yo‘qligi, to‘plagan arzimas tajribasiga haddan tashqari ishonish va h.k.;

  2. xizmat vazifasini bajarishga ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyor emaslik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik, bo‘shanglik, spirtli ichimliklar ichishga ruju qo‘yganlik va h.k.;

  3. xizmat jamoasidagi axloqiy-ma’naviy-ruhiy muhitning yomonligi, shaxs va jamoa o‘rtasidagi manfaatlar va maqsadlarning mushtarak emasligi;

  4. xodimlar axloqiy, xizmat va irodaviy tayyorgarligining yetarli darajada emasligi;

  5. xizmat jamoasi manfaatlarini mansabparastlik, guruhbozlik manfaatlaridan ajrata olmaslik;

  6. xodimlarning o‘z ish vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qila olmasliklari, jismoniy va ruhiy zo‘riqishlardan xalos bo‘lish usullarini bilmaslik, ishdagi va oiladagi tashvishlardan o‘zini xoli qilolmaslik va h.k.

Kasbiy buzilishning obyektiv va subyektiv sabablari o‘rtasida qat’iy chegara yo‘q. Bir joydagi obyektiv sabab ikkinchi joyda subyektiv bo‘lishi va, aksincha, bir joydagi subyektiv sabab boshqa bir joyda obyektiv bo‘lishi mumkin.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining subyektiv kamchiligi boshqa xodimlarga, qolaversa, boshqa fuqarolarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi, ularning ongini zaharlashi mumkin. Bu to‘g‘rida I. A. Karimov: «Militsiya o‘z burchini bajarmasa, bojxona xodimlari poraxo‘r bo‘lsa, prokuror zaif, o‘yinchi bo‘lsa, hokimlarning qulog‘i kar, ko‘zi ko‘r bo‘lsa, oddiy fuqaro kimga boradi? Uni kim himoya qiladi? Uning g‘amini, tashvishini kim chekadi? Qani adolat, qani haqiqat? Shu ishni bajarmasa, yelkasiga pogon taqqanlar nega kerak.



Oddiy odamlar, xalq ana shu voqealarni, qing‘irliklarni ko‘radi-da, unda hammasi quruq gap, adolat yo‘q, bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham degan fikr tug‘iladi. Eng yomoni shunda»1,– degan edi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin