Respublikasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə190/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

I l o v a


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING KASB MADANIYATI

      1. Ichki ishlar idoralari xodimlari kasb madaniyatining tushunchasi va mohiyati


  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarida yuksak madaniyatni kamol toptirish, ular ongiga milliy mafkurani singdirish,ularni boy madaniy merosimiz va tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jasur, mard, fidoyi va vatanparvar xodimlarni shakllantirish kasb madaniyatining muhim vazifalaridir.

  2. Kasb madaniyatiga ega xodim deganda, o‘z kasbini ardoqlaydigan va vazifasini ongli ravishda bekamu ko‘st bajaradigan huquqiy madaniyat sohibi, ma’naviy yetuk, jismonan baquvvat, odobli, bilimli, tajribali, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, mamlakat hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va maqsadini teran anglagan holda uning faol ishtirokchisi sifatida o‘zini namoyon etadigan xodim tushuniladi. Ichki ishlar idoralari xizmatiga qabul qilingan yosh xodimlar esa ushbu ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari talab etiladi.

  3. Ichki ishlar idoralari xodimlari yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni hamda qonun ustuvorligini ta’minlashni oliy maqsad deb hisoblaydi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qat’iy rioya qiladi va ularning hayotga tatbiq qilinishini ta’minlaydi.

Ichki ishlar idoralari xodimi o‘z xalqiga sadoqati, kasbiga fidoyiligi, mustaqil fikrlashi, izlanuvchanligi va intiluvchanligi bilan haqli ravishda faxrlanadi.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘zining ma’naviy va ma’rifiy yetukligi, yuksak siyosiy ongi, madaniyati, yurish-turishi, kiyinishi, muomalasi, axloq-odobi bilan yosh avlod qalbida o‘zlariga nisbatan havas uyg‘otishga intiladi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb madaniyati haqidagi qo‘llanma har bir xodimning Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishdek ulug‘ va olijanob maqsadga intilishini, jasurlik va fidoyilik bilan el-yurtga xizmat qilishini belgilovchi dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

      1. Yüklə 0,5 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin