Kasb axloqi va estetik madaniyatning shakllanib borishidagi an’anaviy yo‘nalishlar. Kishilik jamiyatining axloqiy-ma’naviy rivojlanish tarixida huquqni muhofaza qiluvchilar kasb axloqi va estetik madaniyati milliy va umuminsoniy qadriyatlarning vorisiyligi asosida quyidagi an’anaviy yo‘nalishlar bo‘yicha shakllanib, rivojlanib kelmoqda.
Sharqcha an’ana quloq solib, itoat etuvchi insonni shakllantirishga qaratilgan axloqiy faoliyat yo‘nalishidir. Bunda insonning ustoz, rahbar, boshliq hamda o‘zidan kattalarga quloq solish va ularga sadoqatli bo‘lishi asosiy axloqiy fazilat hisoblanadi. Masalan, o‘rta asrlarda Yaponiyada shakllangan samuraylarning1 axloq kodeksida ularning axloqiy sifatlari quyidagicha belgilab qo‘yilgan:
G‘arbiy yevropacha an’ana – qonunlarga hurmat bajo keltiruvchi, o‘z davlati va o‘zini hurmat qiluvchi insonni shakllantirishga qaratilgan axloqiy faoliyat yo‘nalishidir. Buni 1623–1662 yillarda yashab o‘tgan fransuz matematigi, fizigi, faylasufi va yozuvchisi Blez Paskalning
«o‘zimizning dunyoqarashimizga munosib ravishda fikrlashga, faoliyat yuritishga harakat qilamiz. Bizdagi axloqiylikning asosiy tayanchi ana shundadir»3, degan so‘zlarida ko‘rish mumkin.
Sharqiy yevropacha an’ana – Sharq va G‘arb axloqining asosiy elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan adolat, insof, uyat, andisha, rahm- shafqat, izzat-ikrom kabi insoniylik sifatlarini aqlga muvofiq tarzda davlatni boshqarish ishlarida qo‘llashga qaratilgan axloqiy faoliyat yo‘nalishidir.
Dostları ilə paylaş: |