3-§.AMIR TEMURNING HUQUQ-TARTIBOT HIMOYACHILARI KASBIY AXLOQI HAQIDAGI TA’LIMOTI
Markaziy Osiyoda ikkinchi Uyg‘onish davrining boshlanishi bevosita sohibqiron Amir Temur (1336-1405) nomi bilan bog‘liq. Shubhasiz, u – kuragi yerga tegmagan sarkarda, atoqli davlat arbobi, qonunshunos, vatanparvar, Turonzaminni dunyoga tanitgan buyuk shaxs.
Amir Temurning insoniyat tarixi oldidagi xizmatlari benihoya katta.
«Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostida birlashtira oldi, markazlashgan yirik davlatga asos
1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. –
Б.39-40.
soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandlik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi.
Ikkinchidan, Amir Temur, o‘zi bilibmi-bilmasdanmi, lekin bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, Yevropaning Boyazid Yildirim hujumidan, Rossiyaning mo‘g‘ullar asoratidan qutulishiga sababchi bo‘ldi.
Uchinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm- fan va madaniyat rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylantirdi»1.
Amir Temurning bu tarixiy xizmatlari Markaziy Osiyoda, umuman, Sharqda ikkinchi Uyg‘onish davri boshlanishi uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, g‘oyaviy omillarni yaratib berdi.
Dostları ilə paylaş: |