Kasb axloqi kategoriyalari deb nimaga aytiladi va ularning qaysilarini bilasiz?
Axloq kategoriyalari qanday vazifalarni bajaradi?
Yaxshilik va yomonlik deganda nimani tushunasiz?
Muhammad Zehniy: «Yaxshi odam ushbu dunyoni tark etsa-da, biroq u tirik hisoblanadi. Yomon odam tirik bo‘lsa-da, baribir o‘lik qatoridadir», – degan hikmatli so‘zlarining ma’nosi to‘g‘risida fikr yuriting.
Or-nomus, qadr-qimmat, vijdon deganda nimalarni tushunasiz?
«Qonunlar qonuni vijdondir» (A.Lamartin), «Oliy hukm vijdon hukmidir» (V.Gyugo) degan fikrlarga munosabat bildiring.