bob
SAN’AT VA UNING ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI ESTETIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TUTGAN O‘RNI
1-§. SAN’ATNING VUJUDGA KELISHI, IJTIMOIY MOHIYATI VA TA’RIFI
Atrofimizni o‘rab turgan olam qanchalik rang-barang, serjilo bo‘lsa, uning ijodiy in’ikosi bo‘lgan san’at ham shunchalik xilma-xildir. U insonlarga zavq-shavq bag‘ishlovchi, ularning har tomonlama barkamol- likka erishuvlariga xizmat qiluvchi ijtimoiy hayotning ko‘p qirrali, murakkab ehsonlaridan biridir.
Dunyoda inson zoti borki, ona allasini tinglab ulg‘ayadi, qo‘shiq aytib o‘z mehnatidan bahra oladi, hazil-mutoyiba qilib hordiq chiqaradi, badiiy asarlar o‘qib, ko‘nglidagi qahramonlarini topadi. Bularning hammasi san’at inson va jamiyat hayotining ajralmas qismlaridan biri ekanligidan darak beradi.
Shuning uchun ham san’at nima, u qanday paydo bo‘lgan, uning odamlarga zavq-shavq bag‘ishlovchi, insoniyatni halokatlardan saqlab qoluvchi sehrli kuchi nimada, degan savollar turli zamonlarda yashab o‘tgan olimu fozillarning diqqat markazida bo‘lib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |