San’atning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar. San’atning vujudga kelishi to‘g‘risida fanda turli fikrlar, qarashlar va nazariyalar mavjud. Shulardan asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz.
Ilohiyat nazariyasi. Dunyoda mavjud bo‘lgan barcha dinlarning rahnamolari va targ‘ibotchilari har qanday san’atning bosh sababchisi, uning asosiy ijodkori xudo deb ta’kidlaydilar. «Alloh, – deb yozilgan Islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»da, – hamma narsaga qodirdir. Osmon va Yer hamda ulardagi bor narsalar Allohning mulkidir.
...Mashriq, ham, mag‘rib ham Allohnikidir. Bas qay tarafga yuz bursangiz, o‘sha joy Allohning tarafidir. Allohdan ham go‘zalroq rang beruvchi bormi?»1. Bu so‘zlardan shunday xulosa chiqarilganki, Alloh yaratgan narsalar go‘zaldir. San’at – ana shu Alloh yaratgan narsalarning aniq,
1 Қуръони Карим. Ўзбекча изоҳли таржима. – Т.: Чўлпон, 1992. – Б.15, 17.
hissiy ifodasi. San’atning vujudga kelishi esa bevosita xudo yaratgan narsalarning vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |