San’atning vazifalari. San’at hamma vaqt insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi, unda «insoniylik»ni shakllantiruvchi, shaxsni ijtimoiylashtiruvchi, uning ijodiy qobiliyatini amalda ko‘rsatuvchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. San’at borligi tufayli odamlar tashvishlarini unutadilar. Bularning hammasi san’atning vazifalariga kiradi.
Umuman olganda, san’at ijtimoiy borliqning badiiy in’ikosi bo‘lgan ijtimoiy ong shakli va inson amaliy faoliyatining ijodiy turi sifatida bilish, aloqa, tarbiyalash, ma’rifatparvarlik, zavq berish va evristik (kashf etish, ochish) vazifalarini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |