Respublikasi


San’atning tarbiyalash vazifasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə95/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

San’atning tarbiyalash vazifasi. San’at asarlarining tarbiyaviy kuchi shunda ifodalanadiki, unda aks ettirilgan qahramonlarning qiyofasi o‘quvchi-muxlisni his-hayajonga tushishga, quvonishga, nafratlanishga majbur qiladi. Oqibatda, o‘quvchi-muxlis o‘zi sevgan qahramonga o‘xshashga, u bajargan ishlarni bajarishga harakat qiladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanini o‘qigan yoki shu nomli filmni tomosha qilgan yigit yoki qiz o‘zini Anvar kabi mard, jasur, sevgisiga vafo qiluvchi; Ra’no kabi iffatli, chiroyli, shirin so‘zli, dono, vafodor bo‘lishga harakat qiladi. Bu shundan darak beradiki, san’at

insonning qalbi, ruhiyati, irodasiga ta’sir qilib, uni tarbiyalaydi, o‘zini o‘zi chuqur anglab olishiga imkon beradi.

San’atning tarbiyaviy vazifasi, birinchidan, uning insoniyat tomonidan yaratilgan boy madaniy merosni kelgusi avlodlarga yetkazib berishi; ikkinchidan, insonning ehtiyojlarini qondiruvchi, his-hayajonlarini junbushga keltiruvchi sehrli kuch; uchinchidan, hayotning barcha jabhalarini o‘zida mujassamlashtirgan insoniyat tajribasining majmui; to‘rtinchidan, olamni go‘zallik qonunlari asosida o‘zgartiruvchi vosita ekanligida ifodalanadi va kishilarda nafis his-tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qiladi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin