Axloqiy munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismlari- dan biri sifatida axloqiy munosabatlar jamiyat hayotida o‘ziga xos o‘rinlardan birini egallaydi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy munosabatlarideb ularning aholi guruhlari, mehnat jamoalarida amal qiladigan, qonunlar va buyruqlarda o‘z ifodasini topgan hamda axloq normalari bilan chegaralangan aloqalari, bog‘lanishlari, ta’sir va aks ta’sirlariga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy munosabatlarini, ular munosabatga kirishadigan obyekt turiga ko‘ra, uchta katta guruhga ajratish mumkin.
B i r i n c h i g u r u h g a ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining obyektini tashkil etuvchi quyidagi shaxslar bilan bo‘ladigan axloqiy munosabatlar kiradi:
har xil toifadagi qonunbuzarlar;
huquq-tartibotni buzishga moyil bo‘lganlar, ya’ni qonun buzilishining oldini olish faoliyatining obyekti bo‘lganlar;
I k k i n c h i g u r u h g a ichki ishlar idoralari xodimlari o‘rtasida yuzaga keladigan axloqiy munosabatlar kirib, ular asosan:
boshliqlar va bo‘ysunuvchilar, unvoni kattalar va kichiklar;
xizmat lavozimlari va unvonlari teng xodimlar o‘rtasidagi muloqotlardan tashkil topadi.
U c h i n c h i g u r u h g a ichki ishlar idoralari xodimlarining bevo- sita o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan, xizmatdan bo‘sh vaqtlarida, ya’ni oilada, turmushda yuz beradigan axloqiy munosabatlari kiradi.