Ichki ishlar idoralarining xodimlari o‘z huquqlari doirasida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini muhofaza qilishni va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlash kabi bir qancha vazifalarni bajaradilar, ya’ni huquq himoyachisidek sharafli va nihoyatda mas’uliyatli kasb sohibi sifatida jamiyat ichida faoliyat ko‘rsatadilar. Shubhasiz, har bir kasb, ishlab chiqarish faoliyati kishilarning axloqiy sifatlari va ruhiyatiga o‘z muhrini bosadi va biz uni ichki ishlar idoralari xodimlari kasb axloqining tarkibiy tuzilishida ko‘rishimiz mumkin.