1. Kasblarvaularning klassifikatsiyasi. Kasblarni psixologik tizimlash.
2. Shaxs qiziqishlari va kasb.
3. Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari.
4. “Kasb pasporti” va mutaxassisliklar nomining klassifikashiyasi.
5. Kasbiy yo’nalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi, “Kasbning asosiy ob’ekti” (sohasi) va kasb tipi.
1. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Kasblarni psixologik tizimlash. Kasblar psixologik tizimlashi kasbga yo‘naltirish ishlari uchun mo‘ljallangan. Qayt etilganidek, kasblar olami juda keng bo‘lib, unda 20 mingdan oritq kasb va 40 minga yaqin mutaxassisliklar mavjud. Ularning turli belgilariga ko‘ra tizimlash mumkin. Psixologik tizimlashning xususiyati shuki, bunda ijtimoiy – iqtisodiy va texnologik belgilardan vos kechiladi. Kasblar psixologik tizimlashi kasbiy qiziqishlar, qobiliyatlar tashxisini taminlab berish lozim. Shunda kasblarni guruxlarga birlashtiruvchi psixologik muammosi kelib chiqadi. Asosiysi, kasblarni tizimlash shaxsni qoniqtiruvchisi kasb tanlanishi, ya’ni kasb tanlovini engillashtiradi.
Adabiyotlarni o‘rganib chiqish shaxs va kasb muvaffaqiyatligini, ya’ni kasbiy layoqatni hisobga oluvchi belgilarga to‘xtalib o‘tish imkonini beradi. Kasblar tizimlashni muhim muammosi – bu kasbni tavsiflovchi ma’lumotlar to‘plash usullaridir. Bularga kuzatish faoliyatini mustaqil bajarishi (mehnat usuli), ishchilar bilan savol javob, ish joyidan kuzatuvchi savol javob.
Chet elda qiziqishlar, shaxs qobiliyatlari va temperament xususiyatlarini hisobgi olish asosida kasblarni tizimlashi keng tarqalgan. Avvalambor Dj.Xolland tomonidan 1966 yilda ishlab chiqarilgan kasblar tizilashini ajratish mumkin. Uning niyati psixologik konsepsiyasiga asoslangan bo‘lib, ushbu konsepsiya shaxs nazariyasini kasb tanlash nazariyasi bilan birlashtiradi.
Yo‘nalishning asosiy komponentlarini o‘rnatish asosida Dj Xolland shaxsning kasbiga yo‘naltirilgan turlarini ajratadi: Realistik, iqtidor, ijtimoiy konvensional ya’ni, umumqabul qilish mezonida va an’analarga asoslangan ishbilarmonlik va badiiy kabi.
Har bir shaxs turi ma’lum kasbiy muhitga yo‘naltirlgan idealistik tur – moddiy buyumlar yaratishga texnologik jarayon va tehnik qurilmalar iqtidor – aqliy mehnatga ijtimoiy – ijtimoiy mehnat bilan o‘zaro a’loqaga konvensional aniq tuzilgan faoliyatga ishbilarmonlik – odamlarga raxbarlik va badiiy – ijodga har bir shaxs turi modeli quyidagi sxema bo‘yicha tuziladi: maqsadlar, qadriyatlar, qiziqishlar, qobiliyatlar, istalgan kasbiy rollar mumkin bo‘lgan yutuqlar karьera.
Keyingi kasblar tizimlashi qobiliyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Talab etiladigan qobiliyatlar bo‘yicha kasblar tizimlashi byicha bir necha bor urinshlar bo‘lgan (E. Bornetann, A. Melcher 1941 : B. I. Dvorok1947) 1953 yilda D Paterson tomonidan taklif etgan.