1. Kasblarvaularning klassifikatsiyasi. Kasblarni psixologik tizimlash.
2. Shaxs qiziqishlari va kasb.
3. Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari.
4. “Kasb pasporti” va mutaxassisliklar nomining klassifikashiyasi.
5. Kasbiy yo’nalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi, “Kasbning asosiy ob’ekti” (sohasi) va kasb tipi.
Kasb o’zi nima? Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo’yuvchi faoliyat turidir. Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir. Kasb – tiriklik va tirikchilik manbai. Kasb – tirik organizmdir. Kasb tanlashga yo’llash (proforentasiya) – termini: yo’naltirish, ajrata bilish, belgilash, hayotda to’g’ri yo’lni tanlash degan ma’noni bildiradi. Kasb tanlashga yo’llash tushunchasi – o’quvchi-yoshlarni ongli to’g’ri va erkin kasb tanlashga, kasblar, hunarlarning mehnat yo’lini to’g’ri belgilashga qaratilgan muayyan pedagogik ishni ifoda etadi. Kasb so’zining ma’nosi insonlarning hunari, faoliyat turi va hayot kechirishlari uchun manba xizmatini o’taydigan mashg’ulotni bildiradi. Kasbga yo’naltirish ishlarining mohiyati – yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashda uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart-sharoitidir. Kasbga yo’naltirish – o’quvchining o’z ehtiyojini oqilona cheklaydigan shaxs sifatida barkamol kamolotga yetishining pedagogik jarayoni bo’lib, nafaqat pedagogik tashqi ijtimoiy bog’liq bo’lgan tafakkuri va xatti-harakatlarini ongli ravishda o’z-o’zini boshqaruvchidir. Kasb va kasbga yo’naltirishning nazariy shart-sharoitlari deganda, kasb – kasbga yo’naltirish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g’oyalari va tasavvurlar yig’indisidir. Bu yoshlarning shaxsiy qiziqishlari, layoqati va qobiliyatlariga mos keladigan, jamiyat uchun zarur kasblarga yo’llashdir. Axloqiy madaniyatda yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo’yilgan xatti-harakatni taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h.k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Bu jarayon ayniqsa, davlat rahbarlariga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Unda faqat bir xil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi, uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.
Etiketning bunday zamonaviy ko’rinishlari bilan birga, shunday milliy-an’anaviy shakllari ham borki, ularsiz millat madaniy hayotining tasavvur qilish qiyin. Masalan, salomlashish odobini olib ko’raylik. Etiketning bu turiga ko’ra, ko’chadan o’tib ketayotgan odam, ko’cha bo’yida o’tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda o’ng qo’l chap ko’krakda, yurakning ustida turishi, bosh esa engil ta’zimga egilishi lozim. Ko’rishish etiketida esa qo’lning uchini berib salomlashish ko’rishayotgan odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikni bildiradi, bu esa odobdan emas. Ko’rishganda yosh yoki martaba nuqtai nazaridan katta kishi birinchi bo’lib qo’l uzatishi lozim; ayollar bilan ko’rishganda ham erkak kishi tomondan shunday etiket qoidasi bajarilmog’i talab qilinadi.
Milliy mentalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga ega. To’y marosimida, xususan, qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap tomonda tutib, to’yxonaga boshlab kirishi v.h. etiket qonun-qoidalari to’liq bajarilishi lozim. Yoki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to’n va do’ppi kiygan, belbog’ bog’lagan holda, qo’l qovishtirib, boshni bir bu quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy qoidaga asoslanadi. Bular, bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusmlardan farqi yo’q ekan, degan taasurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg’on taassurot. Chunki udum, odat, rasm-rusmlar muayyan darajada erkinlikka ega, ba’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lkin etiketda buning imkoni yo’q, etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega.
Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan go’zallikning uyg’unligini ko’rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bog’liq, aniqrog’i, o’zni tutish estetikasi talablariga javob beradi.
Shunday qilib, etiket – takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko’zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo’qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo’ladi: etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o’z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko’rayotgan bo’lishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning bir ko’rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro’parangizda tanishingiz yoki qo’shningiz uchraydi. Siz ko’rishib, hol-ahvol so’rashib, so’ng sharqona etiketga rioya qilib uni: “Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz”, deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo istamaysiz, vaqtingiz yo’q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni o’ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o’z istagingizga qarshi, etiket-mulozamat yuzasidan yolg’on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham na chora munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo’lmasin, bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o’rgatishi bilan ahamiyatlidir.