Mavzu. Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Professiografiyaning mohiyati Reja


Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə5/5
tarix19.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#117249
1   2   3   4   5
Kasblar va ularning klassifikatsiyasi. Professiografiya

3. Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari. 1920 yillarning ikkinchi yarmida sovet psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyat tahlili prinsip va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni umumlashtirish psixotexnikada muxsus yondashuv professiografiya shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati nomida aks etgan – “kasblar tasviri”, umuman olganda professiografiyani o‘rganish kasb psixologik tavsifi va loyihalashtirishini o‘z ichiga oladi.
Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar belgilari o‘rnatiladi, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va sharoitlari ko’rsatiladi.
Professiografiyaning asosiy prinsiplaridan biri kasbiy faoliyatni o‘rganishda differensial yondashuv prinsipi hisoblanadi. Bu prinsipning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga bo‘ysunishi. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari kasbiy bilim, malaka, ko‘nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o‘rganish uchun shunday belgilar aniqlanadiki, ular kasbiy toliqishni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlashadi.
Shunday qilib, Professiografiya deganda kasblar va ularning bir – biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo’yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi, profesiografiyaning differensial prinsipi kasbning o‘rganish usullarini, uning tavsifi, mazmuni, shuningdek qo‘llash sohasi, ya’ni professiografiya o‘tkazish hususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.
Professiografiya natijalari professigrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek sog‘liqqa qarshi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma bo‘lib, u mutaxassisning mativatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Asomova R.Z. Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi. Psix.f.n......dis.-T., 2002. -137 b.
2. Davletshina M.G., G.B.Shoumarov "Psixologi - pedagogicheskie aspekti proferentasii i
3. Davletshin M.G., S.To‘ychieva "Umumiy psixologiya". O'quv
qo'llanma. T. 2002.
4. F.I.Haydarov,N.I Xalilova.Umumiy psixologiya.T.2010

1 Каримов И.А. Асарлар. 15 томлик. Т /Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Тошкент. Ўзбекистон. 77-б.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin