§. ICHKI ISHLAR IDORALARIDA MA’NAVIYAT VAMA’RIFATISHLARINIO‘TKAZISHNINGTASHKILIY-TADBIRIYASOSLARI
Ichki ishlar idoralari tizimida ma’naviyat va ma’rifat ishlari bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan ikki yo‘nalishda olib boriladi. Birinchiyo‘nalish Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, malaka oshirish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, rahbar xodimlarni tayyorlash fakultetlari va kurslarida zamonaviy nazariy bilimlarni berish orqali olib boriladigan ma’naviyat va ma’rifat ishlaridan iborat bo‘lsa; ikkinchi yo‘nalish Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi madaniy- ma’rifiy muassasalar, ya’ni klublar, madaniyat saroylari, kutubxonalar, ma’rifatxonalar, dam olish maskanlari kabilarda olib boriladigan ma’naviyat va ma’rifat ishlaridan tashkil topadi. Bu yo‘nalishdagi tadbirlar shaxsiy tarkib bilan olib boriladigan ma’rifat darslari; turli davlat va jamoat arboblari, olimlar, shoirlar, san’atkorlar, sarkardalar, mehnat faxriylari, xorijlik hamkasblar bilan bo‘ladigan uchrashuvlar; madaniyat va istirohat bog‘lariga, tarixiy ahamiyatga molik joylarga sayohatlar; kino- konsert zallariga, muzeylarga, teatrlarga, madaniyat saroylari va uylariga, fan-texnika va madaniyat yutuqlari ko‘rgazmalariga qilinadigan tashriflar; radio, televideniye, gazeta va jurnallarda qilinadigan chiqishlar hamda turli madaniy-ma’rifiy muassasalar ishlarini tashkil etish kabilarni qamrab oladi.