Ma’rifat darslari va ularni o‘tkazish shakllari. Ichki ishlar idoralarining xodimlariga mo‘ljallangan ma’rifat darslari Respublika ichki ishlar vazirining 1993 yil 24 iyundagi 242-son buyrug‘iga asosan o‘tkaziladi.
Ma’rifat darslarini tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxsiy tarkibni eng zamonaviy bilimlar, fan va texnika yutuqlari, ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar va dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklar bilan tanishtirish asosida ularning ma’naviy saviyasini
oshirishdan iborat. Ularda asosan quyidagi masalalar haqida atroflicha fikr yuritiladi:
davlatning ichki va tashqi siyosati;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, maqolalari, kitoblari hamda farmon, farmoyish va ko‘rsatmalarida bayon etilgan fikrlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyati;
respublika hukumatining qarorlari, ichki ishlar vazirining buyruq- lari, xizmat nizomlari va ularning bajarilishiga oid masalalar;
mamlakatda jinoyatchilik, huquqbuzarlik, tartibbuzarliklarning ahvoli va ularning oldini olish muammolari;
mamlakat aholisining mehnatda erishayotgan yutuqlari, ishlab chiqarish sohasidagi ahvol, kishilarning turmush tarzida bo‘layotgan o‘zgarishlar, hayotga kirib kelayotgan yangicha urf-odatlar, yoshlarning hayotga munosabatlari;
dunyoda yuz berayotgan voqealar, tarixiy haqiqatni qaror toptirish muammolari;
adabiyot, san’at va fan-texnika sohalarida erishilgan yutuqlar yoki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va h.k.
Ma’rifat darslarini asosan ma’ruza, munozara (seminar), davra suhbati, savol-javob kechasi, siyosiy axborot shakllarida maxsus ajratilgan vaqt – ma’rifat kunlarida malakali targ‘ibotchi-tashviqotchilar, axborot- chilar, rahbarlar va mutaxassislar o‘tkazadilar.
Dostları ilə paylaş: |