Sabr shunday kuchli narsadirki, shahvatni iffatga, g‘azabni shijo-atga, shiddatni hilmga, kattalikni tavozuga, yomonlikni yaxshilikka aylan-tirmakkaquvvatiyetadi.(AbdullaAvloniy)
Kamtarlik deb kishining o‘zini tabiiy holda, qanday bo‘lsa shunday- ligicha, hamma bilan teng, bab-barobar tutishiga aytiladi. Ichki ishlar ido-ralari xodimlarining kamtarligi bu ularning xizmat burchini yasamachilik, dabdabavozlik, izzattalablik, maqtanchoqlik, shuhratparastlik, xo‘jako‘r- sinlik, hashamdorliklarga yo‘l qo‘ymasdan, sodda tabiatlik bilan bajarish- laridir.
Johil kishilar oldida kamtarlik qilmagil, aks holda ular nazarida sentuban va sharmandadirsan. Haqir va notavon ko‘rinmay desang, donolaroldidatakabbur bo‘lma.(Majid Havofiy)
Xalqimizning insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan ishlarida ichki ishlar idoralari xodim- larining o‘z xizmat vazifalarini kasb axloqi prinsip va normalari asosida bajarishlari katta ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Chunki, halol, rostgo‘y, sobitqadam, sabr-qanoatli, kamtar, shijoatli ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarimizning tinch-osuda yashashlarini ta’min- lash borasida yaratilayotgan shart-sharoitlar kelajagi buyuk davlatimiz- ning, mehnatkash o‘zbek xalqining kamolotini ta’minlaydi.