Umuminsoniy axloqiy prinsiplar deganda nimani tushunasiz va uning qanday shakllarini bilasiz?
Axloq normalari to‘g‘risida gapirib bering.
Vatanparvarlik va insonparvarlik haqidagi fikrlaringizni aytib bering va bu to‘g‘rida bahslashing.
Shijoat nima, mardlik deganda nimani tushunasiz?
Husayn Voiz Koshifiyning: «Hayo va andisha dunyoda tartib saqlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Hayo yo‘qolsa, hech kimda vijdon ham qolmaydi, u holda dunyoda tartib buziladi, kishilar bir- biriga befarq qaraydigan bo‘ladilar», – degan hikmatli gapiga munosabat bildiring.
«Axloq-odobga oid hadis namunalari» kitobini kutubxonadan olib o‘qing va undagi hikmatlar xususida fikr yuriting.