Davlat standartining maqsadi — maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga, maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish va jihozlashga, maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lom ovqatlanishini va xavfsizligini tashkil etishga doir majburiy minimum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etishdan iborat.
Davlat standartining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’limning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy
etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish;
ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘laqonli va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etishga bo‘lgan sanitariya- gigiyenik talablarni belgilash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish me’yorlarini tartibga solish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsion vositalar bilan jihozlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |