Haftalik ish rejasi Oy mavzusi: “O‘zbekiston — janajon yurtim!”
Guruh
Mavzu
|
Tayyorlov guruhi
MENING ShAHRIM. MENING MAHALLAM
|
Davr
|
Sentyabrning 2-haftasi
|
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar
|
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini
shakllantirish
|
Kolonnada bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish
|
ijtimoiy-hissiy (emotsional)
rivojlanish
|
O‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish
|
nutq, muloqot, o‘qish va yozish
ko‘nikmalari
|
Bolaning og‘zaki nutqini mustahkamlash
|
bilish (anglash)
orqali rivojlanish
|
Vatan, mahalla to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash
|
ijodiy rivojlanish
|
Hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, ritm hissini,
musiqani his etish fazilatini, harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalash
|
Mavzular
majmui (tematika)
|
O‘zbekiston — janajon yurtim!
|
Rivojlanish markazlari
|
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
|
Dushanba
|
Seshanba
|
Chorshanba
|
Payshanba
|
Juma
|
Resurslar,
izoh
|
Ertalabki doira
|
Dam olish kunlarini qanday o‘tkazgani haqida
suhbat
|
|
Qanday kayfiyatda kelding?
|
|
Ob-havo haqida suhbat
|
|
Qurilish va konstruksiyalash markazi
|
Mening bo‘lajak uyim
|
|
Zamonaviy shahar
|
Mahalla ko‘chalari (uzun-qisqa)
|
|
Qurilish bloklari, lego,
konstruktor
|
Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish
markazi
|
“Buvijonimnikida mehmonda”
|
|
|
|
“Sartaroshxona”
|
Niqoblar, kiyim- bosh,
atributlar
|
Til va nutq
|
“Mening shahrim, mening mahallam” nomli sujetli rasm bo‘yicha suhbat
|
|
Shahar istirohat bog‘lariga ekskursiya (AKT —
slaydlar
yordamida
|
|
|
Syujetli rasmlar, AKT
materiallar
|
Ilm-fan va tabiat markazi
|
Loy, tosh va qumning xususiyatlari
|
|
|
“Kimning uyi mustahkamroq?”
|
|
Loy, qum, tosh, maxsus idishlar,
sharlar
|
San’at markazi
|
Ochiq havoda o‘z fikri bo‘yicha rasm chizish
|
|
|
“Obod mahalla” mavzusida origami va applikatsiya
|
|
A-4
qog‘oz, rangli qog‘oz, bo‘yoqlar, tabiiy materiallar
|
Musiqa va ritmika markazi
|
“Shahrisabz” qo‘shig‘ini tinglash
|
|
“Salom nima degani” qo‘shig‘i sadolari ostida kuylash va ritmik
harakatlanish
|
|
|
Musiqa markazi, musiqali disklar
|
Katta
guruhlarda ishlash
|
|
|
|
|
|
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturiga
ILOVA
3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish XARITASI
Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch sikldan iborat bo‘lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Dastlabki kuzatuv o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.
O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba’zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘lmagani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi.
Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida 3-marta to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi. Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu bilim olish sohasida indikator “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) daftar hoshiyalariga tegishli belgilar qo‘yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini ajratadi, shuningdek, ta’lim sohalarini o‘zlashtirishning salbiy tomonlarini
aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilanadi. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu xarita bo‘yicha yakuniy kuzatuv o‘tkaziladi.
Bolalarning umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga kirguniga qadar umumiy o‘rta ta’limga bir yillik majburiy tayyorgarlik ko‘rishi uchun javobgarlik ularning qonuniy vakillari zimmasiga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: |