Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari guruhlarini o‘quv qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar, o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, sport anjomlari, jihozlar va boshqa texnik va reabilitatsion vositalar bilan ta’minlashning eng kam (minimal) ro‘yxati
Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar, boshqa texnik va reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash, shu jumladan, ko‘rish, eshitish qobiliyati, tayanch-harakat apparatini tuzatishga muhtoj bo‘lgan bolalarning harakatlanish, axborotni idrok etish va qabul qilish vositalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
Jihozlar ro‘yxati, ularning texnik xususiyatlari va zamonaviy talablarga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi (zaruratga ko‘ra, boshqa vazirliklar va tashkilotlar) tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish ushbu maqsadda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 4-ilova) ko‘rsatilgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘rishida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilariga ko‘rishida nuqsonlarini reabilitatsiya va korreksiya qilish uchun:
har bir ko‘rishida nuqson bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun guruhda tiflopedagog burchagi tashkil etiladi;
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘rishida nuqson bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun reabilitatsiya xonalari hududlarda quyidagicha tashkil etiladi:
Sirdaryo viloyati — 1 ta KTIMTT da
Andijon viloyati — 1 ta KTIMTT da
Samarqand viloyati — 2 ta KTIMTT da
Buxoro viloyati — 1 ta KTIMTT da
Surxondaryo viloyati — 1 ta KTIMTT da
Jizzax viloyati — 1 ta KTIMTT da
Toshkent viloyati — 2 ta KTIMTT da
Navoiy viloyati — 1 ta KTIMTT da
Farg‘ona viloyati — 2 ta KTIMTT da
Namangan viloyati — 2 ta KTIMTT da
Xorazm viloyati — 1 ta KTIMTT da
Qashqadaryo viloyati — 1 ta KTIMTT da
Toshkent shahri — 2 ta KTIMTT da
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 4-ilova) ko‘rsatilgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida eshitishida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga eshitish nuqsonlarini reabilitatsiya va korreksiya qilish uchun:
har bir eshitishida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar uchun guruhida surdopedagog burchagi tashkil
etiladi;
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida eshitishida nuqsonlari bo‘lgan
tarbiyalanuvchilar uchun reabilitatsiya xonalari quyidagicha tashkil etiladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
KTIMTT da
Sirdaryo viloyati — 1 ta KTIMTT da
Andijon viloyati — 1 ta KTIMTT da
Samarqand viloyati — 2 ta KTIMTT da
Buxoro viloyati — 1 ta KTIMTT da
Surxondaryo viloyati — 1 ta KTIMTT da
Jizzax viloyati — 1 ta KTIMTT da
Toshkent viloyati — 2 ta KTIMTT da
Navoiy viloyati — 1 ta KTIMTT da
Farg‘ona viloyati — 2 ta KTIMTT da
Namangan viloyati — 2 ta KTIMTT da
Xorazm viloyati — 1 ta KTIMTT da
Qashqadaryo viloyati — 1 ta KTIMTT da
Toshkent shahri — 2 ta KTIMTT da
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 4-ilova) ko‘rsatilgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayanch-harakat nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni reabilitatsiya va korreksiya qilish uchun davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti hududida foydalanish uchun harakatlanish vositalari bilan ta’minlanadi va har bir davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tayanch-harakat apparati nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar reabilitatsiya xonasi tashkil etiladi va me’yorga muvofiq jihozlar bilan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |