JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH AND STABILITY (JARS) Volume: 01 Issue: 06 | 2021 ISSN: 2181-2608 579
ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun matematika o'qitiladi,
o'rgatiladi).
2. Matematika o'qitish mazmunini iImiy ishlab chiqish (nimani o'rgatish) bir tizimga keltirilgan
bilimlar darajasini o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan
asoslarini o'rganishda izchillik ta'minlanadi, o'quv ishlariga o'quv mashg'ulotlari beradigan yuklama
bartaraf qilinadi, ta'limning mazmuni o'quvchilaming aniq bilim bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O'qitish metodlarini iImiy ishlab chiqish (qanday o'qitish kerak, ya'ni, o'quvchilar hozirgi kunda
zarur bo'lgan iqtisodiy bilimlami, malaka, ko'nikmalami va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab
olishlari uchun o'quv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak?
4. O'qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rgazmali qo'llanmalar va o'quv- texnika
vositalaridan foydalanish (nima yordamida o'qitish).
5. Ta'limni tashkil qilishni ilrniy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari shakllarini
qanday tashkil etish). Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan "oziqlanadi",
undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o'z navbatida metodikalami ishlab chiqishda
yo'llanma bo'lib xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi
bilan bog'liq. Boshlang'ich matematika metodikasi ta'limning boshqa fan metodikalari (ona tili,
tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o'qitish metodikasi) bilan bog'liq. O'qitishda fanlararo
bog'lanishni to'g'ri amalga oshirish uchun o'qituvchi buni hisobga olishijuda muhimdir. Ilmiy-tadqiqot
metodlari - bu qonuniy bog'lanishlami, munosabatlami, aloqalarni o'matish va ilmiy nazariyalami
tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir.