II BOB. АBDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA INSON
TAQDIRI TALQINI
XX asr o‘zbek adabiyotining peshqadam namoyandalaridan biri Abdulla Qahhor nafaqat hayotni kuzatish, voqelikda kechayotgan jarayonlarga munosabat bildirish, balki xalq tili va dilining tarjimoni bo‘lishga intilgan adib sifatida shuhrat qozongan. Adib o‘z hikoyalarida insonlar orasida uchrab turadigan ba’zi kamchiliklarni qattiq qoralaydi. Uning hajm jihatidan kichik bo‘lsa-da, o‘zida bir olam ma’no ifodalaydigan hikoya va qissalari har bir kitobxonga ma’lum va mashhur. Adib asarlarining kompozitsiyasi juda mukammal ishlangan.
Abdulla Qahhor faqat o‘ziga xos tarzda ijod qiluvchi yozuvchidir. U o‘z asarlarida milliy- umuminsoniy qadriyatlar: zamondoshlari ma’naviy dunyosi, ruhiy go‘zalligi, vatanparvarlik, otalar va bolalar munosabati, mehr oqibat kabi tuyg‘ularning teran badiiy ifodasini betakror tarzda namoyon qiladi. Uning asarlari qaysi mavzuda, nima haqida yozilganligidan qat’iy nazar, undagi milliy ruh, oddiylik kitobxonni ezgulik ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Аsror bobo – yuksak mehr- muhabbatnining yorqin ifodasi. U asarning bosh g‘oyasini, ya’ni mehr-muhabbatni ifodalash uchun asosiy vosita. Shu bilan birga sirni qalbining tubida saqlay oladigan va qalbidagi mehr-muhabbati cheksiz bo‘lsa-da, uni yaqinlariga izhor etmaydigan, kamtar inson obrazidir.
“Asror bobo” da ham o‘zbek xalqining mintalitetiga xos donishmandlik, bolajonlik, hazilkashlik, o‘z oilasiga yuksak hurmat va samimiylik xislatlari mujassam. U kampiriga qalbini o‘rtab yurgan og‘ir musibat- o‘g‘lining jangda halok bo‘lganini aytmay, yashirib yuradi. Bu musibatning hamma dard-alamiga o‘z qalbini titib bersa-da, kampirini ayab, unga hazil- mutoyiba qilishni qo‘ymaydi.
Abdulla Qahhorning aytishicha, uning saksonga yaqin hikoyalari bo‘lib, shulardan yarminigina olti jildlik “Asarlar” to‘plamiga kiritgan, xolos. Ana shu hikoyalar orasida “Dahshat”, “Anor”, “Bemor”, “O‘g‘ri”, “Ming bir jon” singari adabiyotimizning oltin fondidan o‘rin olgan asarlar borki, ularning har birida Abdulla Qahhorning nafaqat hikoyanavislik mahorati, balki insoniy mohiyati ham mana men deb turadi. O‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan mashhur adibimiz Abdulla Qahhor hikoyalarini o‘rganish va hozirgi davr nuqtai nazaridan tahlil qilish ilmiy ishimiz maqsadi va vazifasini tashkil qiladi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv-malakaviy ishda adib hikoyalaridagi qahramonlarni tahlil qilishda Abdulla Qahhorning ijod mahorati to‘g‘risida, adib ijodiga mashhur kishilarning bergan baholari haqida, yozuvchi hikoyalarida davr muammolarining tasvirlanishini o‘rganish, hikoyalarida qahramon masalasi, hikoyalarining badiiy qimmati haqidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo‘ydik. Tug‘ma iste’dod sohibi bo‘lgan Qahhor tinimsiz o‘z ustida ishlardi, o‘qib- o‘rganardi, ma’naviy kamolat sari intilardi. Uning yozuvchi sifatida, shahs sifatida shakllanishi uchun sarflangan mehnati beqiyosdir, u tom ma’nodagi mashaqqatli hayot yo‘lini tanladi va umrining oxirigacha o‘z yo‘lidan qaytmadi. Xuddi shu joyda, menimcha, Qahhorning dolzarb ijtimoiy, axloqiy masalalarni ko‘tarib chiqqan asarlarining, muallif poeziyasining, murosasizligining sir-asrori yashiringandir. Badiiy so‘zning estetik qimmatini u shu tarzda idrok etardi.
Uningcha, hayotining asl mohiyati axloqiy mag‘izdan ko‘karib chiqadi. Qahhorning yozuvchi sifatida shakllinish davri yangi jamiyat, yangicha ijtimoiy va g‘oyaviy prinsplar, odob-axloq normalari qaror topayotgan dolg‘ali zamonga to‘g‘ri keldi. Insonning huquqsizligi qonunlashtirilgan O‘zbekistonning inqilobgacha bo‘lgan o‘tmishi yozuvchining ham yaqin o‘tgan kunlari edi, yangi dunyo bunyodkorlari esa unga zamondosh edilar. Mana endi, oradan ma’lum vaqt o‘tgach, jamiyat taroqqiyatining haqiqiy mezoni ( bu narsa ijodining g‘oyaviy- estetik o‘zagini tashkil etadi) anglab yetish ham yozuvchi uchun naqadar muhim ahamiyatga molik ekani yaqqol ko‘rinmoqda. Аdibning «Bemor», «Аnor», «Dаhshat», «O‘g‘ri» singari asarlarida ham «O‘tmishdan ertaklar » qissasidagi singari o‘zbek xalqining o‘tmishdagi hayoti tasvirlanadi. Lekin mazkur hikoyalarda adib aslida hayotda ro‘y bermagan, ammo real hayot haqiqatiga zid kelmaydigan voqealarni o‘zi ijod qilgan.
Mazkur hikoyalarda adib tomonidan qo‘llangan detallar, so‘z tanlash usullari, yozuvchining Chexovga xos uslubi kabilar haqidа maqolalar va tadqiqotlarda mulohazalar aytilgan. Biz e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan jihat shundaki, yozuvchi hayotda kamdan-kam uchraydigan voqeani, favqulotda o‘ziga xos notipik hodisani «Dahshat»da tasvirlaydi. Dodxonining Unsinga g‘ayri oddiy shart qo‘yishi - qop-qorong‘u tunda qabristonda choy qaynatib kelish (qabristonda olov yoqib, choy qaynatish! Choy qaynaguncha vaqtning o‘tishi-!) kitobxon ko‘z oldida yaqqol namoyon bo‘ladi va dastlab bunga ishonqiramayotgan bo‘lsa-da, so‘ng haqiqatda bunday voqea bolishi mumkinkigiga amin bo‘ladi. Chunki dodxodek zolim odamning qiyofasi, xarakteri hikoyada bir-ikki ishora va jumladaypoq yozuvchi tomonidan mahorat ila ochib berilgan.
Mumtoz yozuvchi Abdulla Qahhorning asarlari mamlakatimizdagi va xorijdagi juda ko‘p tillarda sevib o‘qiladi. Qahhor ijodi haqida ko‘p yozilgan, bundan keyin ham yozilaveradi. Hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadigan va yangicha munosabatlarni vujudga keltiradigan Vaqt davr va o‘zi haqida naqadar yorqin asarlar bitgan ajoyib yozuvchining adabiy merosining madaniy-tarixiy ahamiyati jihatdan o‘tib bo‘lmas cho‘qqi hisoblanmish butun qirralariyu bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lishini ta’minlaydi.
Qahhor ijodiga qiziqish uning shaxsiyatiga, insoniy mohiyatiga qiziqish bilan bevosita bog‘langan. Uning shaxsiy fazilatlari – fikrlash tarzi, xarakteri, g‘ayrat- shijoati, ma’naviy dunyosi asarlarida shu qadar yorqin aks etganki, yozuvchi Abdulla Qahhor bilan uning shaxsi o‘zaro ichdan ajralmas aloqada bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘p zamondoshlari xotirasida u huddi shunday bo‘lib qoldi. Buning yoqqol isboti-Konstantin Simonovning “Abdulla Qahhor haqida so‘z” maqolasidir. Ma’lumki, Konstantin Simonovni o‘zbek hamkasbi bilan do‘stona munosabatlar, maslakdoshlik rishtalari bog‘lagan. Binobarin, u yuqorida nomi tilga olingan maqolasida, eng avvalo Abdulla Qahhorning shaxsiyati, uning tabiatiga xos belgilarni- “ ham hayotdagi, ham ijoddagi jasorati” ni aks ettirganini adolat yuzasidan ham ta’kidlab o‘tmoq darkor.
Dastlabki, aytish mumkunki, hatto yuzaki tasavvur ham kishini aldamasdi, Qahhorning barkamol qiyofasida, kishini hayratga soladi. Qahhorning tashqi ko‘rinishidagi jozibadorlik uning yuzlaridagi bilinar- bilinmas chiziqchalarniyu ko‘zlaridagi ohanraboni, mayingina, sho‘h-shodon jilmayishini “qamrab olgan” portretlarida ham to‘la- to‘kis o‘z aksini topmagan. U dilbar shahs edi, odamlar bilan muomalasi ham havas qilsa arzugulik edi; sa’y harakatlari aniq va uyg‘un bo‘lardi, o‘z asarlariga monand qisqa, lo‘nda, nishonga borib tegadigan tarzda gapirardi. Qahhor o‘zining sobitligiga, matonatiga qattiq ishonadigan ulug‘vor g‘oyaga o‘xshardi. Aslida ham u shunday edi – sabotli, zakiy, qalbi ezgu tuyg‘ularga to‘lib-toshgan…
Tug‘ma iste’dod sohibi bo‘lgan Qahhor tinimsiz o‘z ustida ishlardi, o‘qib- o‘rganardi, ma’naviy kamolat sari intilardi. Uning yozuvchi sifatida, shahs sifatida shakllanishi uchun sarflangan mehnati beqiyosdir, u tom ma’nodagi mashaqqatli hayot yolini tanladi va umrining oxirigacha o‘z yo‘lidan qaytmadi. Xuddi shu joyda, menimcha, Qahhorning dolzarb ijtimoiy, axloqiy masalalarni ko‘tarib chiqqan asarlarining, muallif poeziyasining, murosasizligining sir- asrori yashiringandir. Badiiy so‘zning estetik qimmatini u shu tarzda idrok etardi.
Uningcha, hayotining asl mohiyati axloqiy mag‘izdan ko‘karib chiqadi. Qahhorning yozuvchi sifatida shakllinish davri yangi jamiyat, yangicha ijtimoiy va g‘oyaviy prinsplar, odob-axloq normalari qaror topayotgan dolg‘ali zamonga to‘g‘ri keldi. Insonning huquqsizligi qonunlashtirilgan O‘zbekistonning inqilobgacha bo‘lgan o‘tmishi yozuvchining ham yaqin o‘tgan kunlari edi, yangi dunyo bunyodkorlari esa unga zamondosh edilar. Mana endi, oradan ma’lum vaqt o‘tgach, jamiyat taroqqiyatining haqiqiy mezoni ( bu narsa ijodining g‘oyaviy- estetik o‘zagini tashkil etadi) anglab etish ham yozuvchi uchun naqadar muhim ahamyatga molik ekani yaqqol ko‘rinmoqda.
Inson va uning ma’naviy imkonyatlarini shaxsning tarixiy jarayonda tutadigan o‘rnini Abdulla Qahhor ijodining ajralmas qismi deb biladi. Shuning uchun ham u qaysi mavzuga murojaat etmasin, bari bir tarbiya masalasini nazardan chetda qoldirmaydi, ko‘pincha qayta tarbiyalashdek mushkul vazifaga qo‘l urishdan cho‘chimaydi, muayyan kishilarning jamiyat bilan o‘zaro aloqadorligini ta’kidlab ko‘rsatadi. Bularning barchasi Qahhorning yozuvchi va inson sifatidagi muhabatiga, haytiy, faol boqiy muhabbatiga yo‘g‘rilgandir . Ana shu muhabbat tufayli uning qahramonlari “ko‘rlarga”, adashgan bandalarga”, yoldan ozgan, yiqilgan kishilarga yordan qo‘lini cho‘zadilar, “o‘zligiga”, o‘z kuchlariga ishonch uyg‘otadilar. Shu o‘rinda “Shohi so‘zana”- dagi yozuvchining axloqiy pozitsiyasini obrazli ifodalaydigan bitta mulohazani eslaylik: agar bir to‘p g‘o‘za yotib qolsa, darhol uni tiklab qo‘yadilar; hatto g‘o‘zaga shira tushsa ham omilkor paxtakor uni yulib tashlamaydi, sabr-toqat bilan parvarish qilaveradi. Haqiqat tantanasiga chin dildan ishonch ruhi uning hayotiy dasturlamali edi.
Endi nokamtarlik bo‘lsa-da, Qahhor haqida shaxsiy xotiralarimni bayon etmoqchiman. Bizning do‘stona munosabatlarimiz o‘n besh yildan ko‘proq vaqt davom etgan. 1949 yilning kech kuzida Abdulla Qahhorning Jukovskiy ko‘chasidagi uyida birinchi marta yozuvchi bilan tanishganimni juda yaxshi eslayman: meni Qahhor bilan uning sadoqatli umr yo‘ldoshi iliqqina qarshi olishdi. Negadir oldindan ogohlantirib qo‘ymaganim uchunmi, ularning mehmonnavozligi o‘ylaganimdan ham ziyodaroq bo‘ldi. Meni ostonada kutib olgan Abdulla Qahhorovich sarosimaga tushib qolganimni sezdiyu darhol: “ Bilasizmi, biz sizni ko‘pdan beri kutayotgan edik… Axir, siz o‘zbek adabiyoti bilan shug‘ullanayotgan Moskva universiteti aspiranturasining talabasisiz-ku, shundoqmi?.. Menga siz haqda allaqochon gapirib berishgan”. Abdulla Qahhorning uyi – men qadam qo‘ygan dastlabki o‘zbek xonadani tez oroda menga qadrdon bo‘lib qoldi…
Keyinchalik men juda ko‘p marta kutilmagan, notanish mehmonlarni Abdulla Qahhor doimo ochiq chehra bilan qarshi olganining guvohi bo‘ldim. U hech qachon vaqti tig‘izligini yoki tobi yo‘qligini mehmonning yuziga aytmasdi. Baholanki, u ko‘pincha ijodiy ish bilan band bo‘lardi, umrining oxirlarida esa uzoq yillar davomida og‘ir dard bilan mardonavor olishib yurgan edi.
U odamlar bilan befarq munosabatda bo‘la olmagani uchun ham suhbatdoshi ko‘ngliga tezgina yo‘l topardi, ayni chog‘da, ko‘pam hissiyotga berilavermasdi. O‘zi kamiroq gapirib, ko‘piroq hamsuhbatining so‘zlarini eshitishni afzal ko‘rardi; kishiga diqqat bilan razm solib o‘tirardi; go‘yo qo‘l harakatlarini, imo-ishoralarni ifoda yo‘sinini eslab qolishga urinayotgandek tuyulardi. Mabodo hikoya qilinayotgan voqea uni to‘lqinlantirib yuborsa, u juda qiziqib tinglardi; faqat roviyga qo‘shilishib qayg‘uribgina qolmay, xuddi birovning qismatini o‘z boshidan kechirayotgandek bo‘lardi. Abdulla Qahhorga xos bunday ziyraklik, ta’sirchanlik ijod jarayonida juda qo‘l kelardi; u o‘z taassurotlarini obrazlarning nozik ichki kechinmalarida yorqin aks ettirardi- inson tabiatini kashf etardi.
Qahhor o‘zining tevaragidagi kishilarga ham, adabiy qahramonlarga ham qochiriqlar, so‘z o‘yinlari orqali mo‘l-ko‘l tabassum ulashardi. Uning kulgusi hamisha tagdor bo‘lardi – tushunmagan odam hazil deb o‘ylashi mumkin, tushingan kishiga esa jiddiy tuyg‘ulardi; ayni paytda, bu tabassum quv noq va “ma’yusroq”, o‘quvchini rag‘batlantirardi yoki hushyorlikka chorlardi, lekin doimo samimiy puhda, beg‘araz bo‘lardi.
Yozuvchining yumori chaqmoqqa o‘xshardi. Abdulla Qahhor xoh og‘zaki nutqda bo‘lsin, xoh yozma nutqda bo‘lsin-doimo so‘zlarni chertib-chertib ishlatardi. U ba’mani suhbatlarni yaxshi ko‘rardi, o‘z o‘rnida qistirib o‘tilgan hazil gaplarni yuksak qadirlardi, lekin suyuq hazillarni, masxarabozlikni jinidan battar yomon ko‘rardi, g‘idi-bidilarni yoqtirmasdi.
Tabiiyki, Abdulla Qahhor bilan adabiyot haqida, adabiyotdagi yangiliklar hususida gaplashgan kishi hech zerikmasdi. Bunday qizg‘in suhbatlar ko‘pincha uni izlab Toshkentga yoki Moskvaga kelgan ijodkor yoshlar davrasida kechardi, samimiy, ishchan ruhda o‘tardi. Yozuvchi yoshlarning munozarasini boshdan-oyoq eshitardi-da, keyin dona-dona qilib ikki-uch og‘iz so‘z bilan mavzuga yakun yasardi . Men bir necha bor Qahhorning minbardan nutq so‘zlaganini ko‘rganman. U minbardan ham tabiiy, lo‘nda, pishiq-puxta gapirardi., “vazxonlik”, farosatsiz kishilarning kasbi yo‘q deb hisoblardi ( “ Nutq” payrovi esingizdami?), o‘zi hech qachon buyruq ohangida so‘zlamasdi. Adadiyot haqidagi fikr-mulohazalarini, ijodiy tajribalarni o‘rtoqlashgudek bo‘lsa, nasihatgo‘ylik qilmasdi – maslahatlashardi. Odamlarning ijodiy imkonyatlarini hisobga olgan holda biroz e’tirozini yoki istagini bayon qilardi.
Adabiyotga – butun umrini bahsh etgan hunarga munosabati, yozuvchining burchiga o‘ta sadoqati ( uningcha, munosib o‘rinbosarlarni tarbiyalash ham oqsoqol adiblarning burchi edi) tufayli, o‘ziga nisbatan benihoya talabchanligi tufayli, mehribon, oqko‘ngil inson bo‘lishiga qaramay u prinsipial masalalarni qattiq turib himoya qilardi, bir qadam ham ortga chekinmasdi. O‘tgan kunlarga nazar tashlansa, beixtiyor yozuvchiga otilgan malomat toshlari esga tushadi. Ochig‘ini aytsam, “masalliqni pishiruvchilar”, tamagirlar, ikkiyuzlamachilar yozuvchining ayovsiz zarbalarini har maqomga solib talqin qilishardi.
U adabiyotning internatsional xarakterini, o‘z xalqining va boshqa qardosh xalqlarning milliy madaniyatlariga chuqur hurmat ruhi bilan sug‘orilgan asarlarni yuqori baholardi. Milliy adabiyotlar qardosh xalqlar madaniyatidan ham oziqlanardi, derdi u. O‘zbek va rus adabiyotlarining an’analari asosida kamol topgan ijodi o‘sha so‘zlarining yorqin misolidir.
Abdulla Qahhor ko‘plab rus klassik yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan, ular haqida, jumladan, Gogol, Chexov, Gorkiy haqida maqolalar yozgan. Dastlabki uchrashuvlarimizning birida u yarim hazil, yarim chin tarzda bunday degan edi: “Bizning tanqidchilarimiz jo‘rovoz bo‘lishib, “Qahhor-bu o‘zbek Chexovi”, deyishyapdi. O‘ylaymanki, siz unday deb yozmaysiz. Endi, o‘zingizdan qolar gap yo‘q, axir, men tirikman, noqulay ahvolga tushib qolyapman”.
Hali-hali esimda bor, Abdulla Qahhor 20-30-yillar satirasi haqida suhbatlashayotib Mixail Zoshchenko bilan Panteleymon Romanov hikoyalaridagi badiiy topilamlarni namuna sifatida qayd etib o‘tgan edi. Ularning ijodiga ham, o‘sha davrlardagi o‘zbek satirachilari ijodiga ham (ayniqsa, o‘sha yillarda karvonboshilik qilgan Abdulla Qodiriyning prozasiga) albatta “qaytish” kerak degan edi.
Qahhor L.Tolstoyning romanlari hususida to‘lqinlanib gapirardi. Mana, uning so‘zlarini yozib qo‘ygan yon daftarimdagi bir parchani e’tiboringizga havola qilaman: “Men Tolstoyni nisbatan ancha kechroq kashf etdim, uning kitoblarini cho‘chibroq qo‘lga oldim-u, ko‘p o‘tmay boshim bilan sho‘ng‘ib ketdim .. » Kezi kelganda, Qahhor bilan Kibriyoxonimning 1951 yilning yoz oylarida Moskvaga borganlarini eslab o‘tmoqchiman. Ular Arbat qasabasidagi qadimda otxona bo‘lgan hilvatroq ko‘chada yashaydigan tanishlarinikiga tushushdi. « Men bu yerga tasodifan emas, balki taqdir taqozasi bilan keldim!- dedi Qahhor- O‘tgan asrdagi Tolstoy qahramonlari bilan baqamti istiqomat qilmoqchiman. Hoziroq Axrosimovlar uyiga boraman-axir uning hovlisi unchalik olis emas-ku. Natasha Rostova aynan o‘shaning uyida Anatoliy Kuragin bilan qochib ketmoqchi bo‘ladi. Axrosimova bilan ko‘rishgach, graf Rostov huzuriga yo‘l olaman. Albatta, izvoshda ketaman, u tashqarida meni kutib turibdi ». O‘sha paytlari Qahhor rafiqasi Kibriyoxonim bilan hamkorlikda « Urush va tinchlik » ni o‘zbek tiliga tarjima qilishayotgan edi.
A Qahhor doimo qizg‘in ijodiy rejalar bilan yashardi. Darchasi keng dunyoga ochiq turadigan uning ijodiy laborotoriyasining markazida doimo o‘zi bo‘lardi : hushfe’l, o‘ziga hos fikr yuritadigan inson, topqir, adolat tantanasi uchun tolmas kurashchi! Hayotda ham, san’atda ham uning uchun hamma narsa muhim edi. Kundalik arzimas voqealar, detallar asta-sekin mazmun kasb etib borardi va turmush urinishlari aks etadigan yaxlitlikka aylanardi. Shunday qilib, mo‘jazgina jonli manzarada hayot falsafasi mujassamlashardi.
Abdulla Qahhorning Do‘rmondagi chorbog‘ida yurgan kezlari ham esimda turibdi. U bog‘ oralab yurishni yaxshi ko‘rardi. Bir safar u:”Qarang, bu yerdan yuldizlar yirikroq, osmon yaqin bo‘lib ko‘rinadi, tog‘lar esa yonginangda” degan edi. U tabiat haqida juda kam gapirgani uchunmi (asarlarida peyzaj tasviriga ham unchalik ko‘p o‘rin bermasdi), o‘sha so‘zlari sira yodimdan chiqmaydi: daf’atan u tabiatdan rostakamiga zavqlanmaydigandek tuyilishi mumkin. Lekin, aslida bunday emas. Boshqa bir gal u: ”Atrofimiz yam-yashil bo‘lishiga qaramay, Kibriyoxonim bir qancha tuvak gul keltirib ayvonga terib qoydilar… Odamlar gulsiz yashay olmasalar kerak-da”, degan edi.
Yana o‘sha joyda, Do‘rmonda, 1957 yilning kuzida, uning 50 yillik yubileyi Navoiy teatridi nishonlangan kunning ertasiga birdan keksalik haqida gapirib qoldi: “Mo‘ysafidlarga o‘xshab tez-tez bolaligimni qo‘msayapman…Bolaligim ko‘z o‘ngimda yaqqaliroq namayon bo‘layapti, hatto jismonan ham o‘zimni bolaligimdagidek his etayapman”. Kim bilsin, balki o‘sha paytlarda yozuvchining dilida bolaligi haqida qissa yozish niyati tug‘ilgan bo‘lsa ne ajab!
“O‘tmishdan ertaklar”-uning oxirgi kitobi bo‘ldi…
U ijodiy faoliyati ayni gullab-yashnayotgan paytda, oltmish bir yoshida vafot etdi.
Abdulla Qahhorning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni beqiyosdir. U ajoyib meros qoldirdi. Undan meros bo‘lib qolgan adabiy an’analarning umri boqiydir; ular yozuvchi yaratgan mashhur hikoya qahormanidek nafaqat ming bir jonli, balki bir necha marta takror va takiror hayot kechiraveradilar.
O‘zbek adabiyoti haqida o‘ylarkanman, shu xalqning badiiy prozasi asoschilaridan biri, benazir san’atkor, donishmand va zukko adib, ko‘plab o‘zbek yozuvchilarining ustozi Abdulla Qahhor beixtiyor yodimga tushadi. Bu nozikta’b ijodkor mening Abdulla Qodiriydan keyin do‘st kirishgan qadrdon birodarlarimdan biri hisoblanadi. Uning asarlari ixchamligi, syujeti, g‘oyasi va tilning puxta ishlanganligi bilan ajralib turadi. Abdulla Qahhor nazim va nasrning boshqa mohir ustozlari qatorida( A Qodiriy, Oybek, G’. G’ulom singari) o‘zbek adabiy tilini nafosat va nazokatning yuqori cho‘qqilariga ko‘tardi. U yozgan asarlarning uslubi g‘oyat shirali va ravon. Bunday uslubni, go‘zal va bejirim uslub, deb atamoq joizdir.
Abdulla Qahhor bir qadar sho‘h, hazilkash, hushzabon va hushmuomila kishi edi. Lekin har kimsaga ham emas! U laganbardorlik va hushomadgo‘ylikni, ikkiyuzlamachilik va soxtalikni yomon ko‘rar, yolg‘an-yashiq so‘zlamoqni bilmasdi. O‘rni kelsa qattiq gapirar, ayab o‘tirmasdi. Goho esa chilparchin qilib tashlardi. Hech kimdan qo‘rqmasdi. Do‘stariga mehribon, dushmanlariga esa shavqatsiz edi. O‘z qadirini yaxshi bilar, birovlardan ta’magirligi yo‘q edi. Ko‘pgina shogirdlari undan saboq o‘rganishardi, hurmatini joyiga qo‘yib, g‘oyat qadirlashardi… Ammo uning g‘azabi, qattiqqo‘lligidan bir oz hayiqishardi ham. O‘rni kelganda, bir haqiqatni eslatib o‘tmoqchiman: ustoz Ayniy qaysi bir shogirdining odam bo‘lishiga ko‘zi etsa, uni rahmsiz “savollar”, tanqid tig‘iga olardi. Abdulla Qahhor esa o‘z shogirdlaridan bo‘ladiganlari uchun jon koyitar, sharafli ijod yo‘lidan toymaslik, yolg‘on yozmaslik va yolg‘ondan hazar qilishni uqtirib, o‘ta talabchanlik qilardi…
Abdulla Qahhor bilan bevosita yaqindan tanishuvim 1941 yilda- Yaltadagi ijodkorlar uyida sodir bo‘lgan edi. Mayning so‘ngi kunlari. Go‘zal Yaltada yasharish fasli. Magnoliya daraxtlari qiyg‘os gulga kirib xiyobonlarga muattar hid taratardi… Bu yerda dastlabki kunlari bir oz zerika boshlagandim. Negaki, biror tanishim, ko‘ngilga yaqin suhbatdosh yo‘q edi. Bu hol uzoqqa cho‘zilmadi. Uch-to‘rt kundan so‘ng Toshkentdan Abdulla Qahhor va Amin Umariy kelib qolishdi. Ularni ko‘rib, juda hursand bo‘ldim. Amin Umariy har daraxt, har gul va har bir manzaradan she’r izlovchi nuqtadon shoir edi. U mendan ba’zi tojikcha so‘zlarning ma’nosini so‘rab, yozayotgan she’rlarida ishlatar edi. abdulla Qahhor bo‘lsa, doim hazilkashlik qilar, har bir so‘zi latifnoma edi. Goho esa tevarak- atrofga, yam-yashil tog‘lar, besarhad dengiz va moviy osmonga uzoq-uzoq tikilib qolardi. Gumonimcha, u biror yozilajak asariga ilhombaxsh tabiatdan turtki izlardi…
Ijod uyi balandda joylashgandi. Bir kuni uchovimiz pastga-shaharga tushayotgandik, Abdulla Qahhor dengizga termulgancha dedi:
- Bir sinchiklab qarang, dengiz ufq sari ko‘tarilganga o‘xshaydi. Xuddi devor qad rostlab turganday.
Bu manzaraga e’tibor qilmagan ekanman. Qarab turib uning muqoyasasiga to‘liq ishondim.
- Xayriyatki,- dedi u yana, - dengiz bu tomonga toshib kelib, shaharni, bosib ketmaydi.
- Biz turgan joy balandda-ku! – deb qo‘ydi Amin Umariy.
Kulishdik.
Abdulla Qahhor odamlarning xarakteri, yurish-turishiga qarab laqab qo‘yishni yaxshi ko‘rardi.
O‘sha uchrashuvimizda shuni ilg‘adimki, Abdulla Qahhor tojik tilini ham yahshi bilarkan. Ma’lum bo‘lishcha, u aslida Ashtdan bo‘lib, yoshligida temirchi otasi bilan Qo‘qonga borib qolgan ekan. Shuni hisobga olib, endigina qalamdan chiqqan yangi bir hikoyani unga berdim. O‘qib, fikr bildirishini so‘radim. Bir kundan so‘ng Abdulla Qahhor turadigan xonada hikoyam to‘g‘risida suhbatlashdik. U asarni shunaqa tahlil etdiki, hatto nomdor tanqidchilar ham bunday qilmasdi. A. Qahhor hikoyaning muvaffaqiyatli tomonlarini qayd etish bilan birga kanchiligini ham ro‘y-rost, asosli ko‘rsatib bergani uchun men uning bilimdonligi, fikrlarining teranligiga qoyil qoldim. Hikoyani tezda qayta ishladim. Bosilib chiqqach, o‘quvchilarga g‘oyat ma’qul tushdi.
Dunyoda nom ko‘p. Ularning ko‘plari yo quloqqa chalinmaydi, yoxud kishining xotirasida iz qoldirmay, shamolday o‘tib ketadi.
Ammo ulkan nom sening fikr- o‘yingni o‘ziga jalb qilib oladi, his-tuyg‘ungni uyg‘otadi va qalbingdan o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Dunyoda hech kimning nomi o‘z-o‘zidan chiqmaydi. Nom chiqarmoq igna bilan quduq qozishdan yengil emas. Ter to‘kib qozoning han nomning ildizi chuqur bo‘ladi, shoxi osmonga yetadi.
Shunday ko‘rkam nomdorlarning biri do‘stim Abdulla Qahhordir. Men unga bosh egib, salom beraman!
Ba’zi odamlarni ulug‘lashga til bormaydi. Zaruratdan maqtashga majbur bo‘lasan. Ammo bu maqtov toshga yoqqan yomg‘irday sirtdan silqib tushub ketaveradi. Lekin buyuk odam hech bir vajdan maqtovga muhtoj emas: uning nomi o‘zi zo‘r maqtovdir.
Shuning uchin ham, “Abdulla Qahhor kim?” deb so‘rab o‘tirishga hojat yo‘q.
U – Abdulla Qahhor, vassalom !
Menimcha, shu nomnimg o‘zi millionlarga tushunarli. Abdulla Qahhor nomi seni go‘zal O‘zbekistonning keng o‘lkasida sayr ettiradi, tarixdan xabar beradi, shu kungi hayotni ko‘z o‘nginda namoyish qiladi.
Abdulla Qahhor – karvon boshi. Uning izidan yuzlarcha karvonlar keladi. Ular orasida qo‘rquv nimaligini bilmaydigan mardona yigitlar bilan bir qatorda oqsoq- to‘qsoqlari ham, yaxshilari bilan bir qatorda yomonlarni ham, qo‘lidan bir ish kelmaydiganlari ham bor.
Shu qahramonlar Abdullaning nomini ko‘klarga ko‘taradi. Horijiy o‘lkalarda ham paysalga solamay eshiklarni keng ochadi.
Shuning uchun ham Abdulla Qahhor faqat o‘zbek yozuvchisigina bo‘lib qolmay, u umimittifoq yozuvchisidir. Shuning uchun ham Abdulla Qahhor zamonamizning sevikli yozuchilaridan biridir.
Abdulla Qahhorning shuhrati va shonli ijodi bilan o‘zbek xalqi qatori men ham quvonaman va faxrlanaman.
Ashxobod
G’abit Musrepov
Qutlov
Men adabiyotimizdagi ulkan ijodkorlar orasida Abdulla Qahhordek kamtar va kamsuqim ijodkorni bilmayman. Agar yozuvchi yoningda bo‘lmasa, u bilan shaxsan tanish bo‘lmasang, uni tasavvur etish og‘ir. Albatta, bu kamtarlikda, shu kamtarlik orqasida esa realist yozuvchining ulkan, olijanob qalbi yashiringan. Yaqinda biz Abdulla Qahhorning 60 yillik yubileyini bayram qilamiz. O‘ylaymanki, bu bayramda butun Sovet Ittifoqi ishtirok etadi va hamma yerda ham bu ulkan sovet yozuvchining chuqur, mohsuldor, olijanob mehnati taqdirlanadi. Qozoq’iston ham Abdulla Qahhor yubileyini nishonlashda juda aktiv, do‘stlarcha ishtirok etadi.
Men unga katta ijodiy muvaffaqiyatlar tilayman va ishonamanki 60 yoshdan o‘tganidan keyin ham shu g‘aryatlari kamaymaydi. O‘zim bu sanadan o‘tganlaidan biri. Hayotda juda ko‘p narsalardan, shular qatori 60 yoshdan ham oshib o‘tish kerak ekan. Azizim, Abdulla Qahhor, men bundan hech qanday qo‘rqinchli narsa ko‘rmayman. Faqat aytishim mumkin: bizning davrimiz yana bitta ulkan o‘zbek sovet yozuchisi bilan boyidi.
Olmaota.
Sami Abduqahhor
Abdulla Qahhor Xazinasasidan
(Yozuvchi yon daftaridan)
Men 1950-65-yillar davomida atoqli yozuvchimiz Abdulla Qahhor ishtirok etadigan yozuvchilar majlislariga, adabiy asarlar muhokamalariga borib, albatta, ustod yoniga o‘tirar, aytgan gaplarining ba’zilarini, eng qiziqlarli yon daftarchamga yozib olardim.
Abdulla Qahhor nozik didli adib edi. Har bir gapida hikmat, birovlarnikiga o‘xshamagan, manodar, tagdor, o‘tkir kinoyali fikrlar yog‘ilib turardi. Har jumlasini qayta-qayta o‘qib, qoyil qolasan kishi…
Mana o‘sha yon daftarchamdan ba’zi namunalar.
Bir yozuvchining romani muhokama qilinmoqda edi. Hadeganda atoqli adiblar, katta yozuvchilar gapirmay jim o‘tiraverishdi. Gapirayotganlar asosan yoshlar edi. Shu palla Abdulla aka yon-beriga qaradi. Men yonida o‘tirardim. U asta qulog‘imga shivirldi:
Katta polvonlar o‘rtaga tushmasa, kurash qizimaydi.
Turli muhokamayu suhbatlardagi gaplaridan:
Adabiyotning tosh-tarozusi - o‘quvchi, kitobxon. Uni yozuvchi o‘zidan bezdirishi kerak emas.
Toshi og‘ir og‘oyning bo‘lgan bilan adabiyotga iste’dodsiz, mehnatsiz kirib bo‘lmaydi.
Asar qovog‘ari chaqqanday semiz…
Semiz kitobning yuragi yahshi tepmaydi.
Xomsemiz asar ustidan asfalt qiladigan mashina o‘tkazish kerak.
Yozuvchilikning boshqa hunarlardan farqi- yozuchi o‘zini – o‘zi operatsiya qiladi: yozganini qisqartirib tashlay oladi.
Yozuvchilar soyuzining plenumlaridan birida oblastdan kelgan tanqidchi uzoq va achchiq gapirdi. Andulla aka unga imo qilib, dedi:
- Uzoqdan otilgan tosh qattiq tegadi.
Jozibadan mahrim bir qo‘l yozmani varaqlab o‘tirgan ekanlar. Men ish bilan oldilariga kirib qoldim. Abdulla aka qo‘l yozmani ko‘rsatib:
Bunday kitobni o‘qish uchin sabrdan tashqari umr ham kerak. Umri yetgan o‘qiydi,- dedi.
Yana shu asar haqida:
- Qahramoni shira bosib, asar davomida juda sekin o‘sadi.
Ilhomsiz, ehtirossiz, yozilgan asar changlanmagan gulga o‘xshaydi. Gul bor. Lekin meva, hosili yo‘q.
Bunga o‘xshagan yozuvchining oldidan ilhom parisi paranji yopinib o‘tadi...
Bir muallif bilan suhbat chog‘ida dedi:
-Aytiladigan gapning o‘zini aytaberish kerak. Yoniga supurgi bog‘lab nima qilasiz?!
Bu kitobingizdan, siz Adabiyot fondi bergan pulga yarasha hayotni o‘rganganingiz shundoq ko‘rinib turibdi…
Yozuvchi ilhomning makoni – xalq dilida, shod odamning qahqahasida, jabrdiydaning dodida, oshiq- ma’shuqlarning ko‘zida!
Abdulla akadan o‘sha paytda yangi bosilib chiqqan kitobni “ o‘qidingizmi?” deb so‘ragan edim, u kishi:
- Ha, o‘qidim, lekin hazim qilib bo‘lmaydigan asar ekan. Palag‘da tuxumga murch senib bergan bilan uni yeb bo‘lmaydi-ku?! –dedi.
O‘zbekisdon Yozuvchilari soyuzi plenumidagi nutiqdan:
- Biz oqsoqollar bir-birimizni yalaydigan bo‘lib qolganmiz. Yoshlar hech ruhiy- xotir qilmay bizning kamchiliklarimizni ko‘rsatib berishlari kerak.
Ba’zi yozuvchiga uning asarini eshitish uchun tekin quloq kerak bo‘ladi. Bu- uning xotini…
Asar agar katta adabiyotga kirmasa – asar emaz. Bordi-yu, bo‘ynidan boylab olib kirilsa, u oyoq osdi bo‘ladi.
Keyingi paytda “mahalliy adabiyot paydo bo‘lib” qoldi. Andijon yoki Qo‘qonda chapak olgan asar Toshkentga kelganda dami chiqib ketyapti…
Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi.
Shunday tanqidchilar ham borki, bir yozuvchining bir asarini tanqid qilib qo‘yadi-da, keyin shu avtorning yangi asarini kutadi. U tog‘rida “yaxshi gap aytib, avvalgisini yuvmoqchi” bo‘ladi.
Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan go‘ra ichiga qamab bera biladi.
Bir qo‘lyozmani o‘qib turib, xursand bo‘lib ketdi:
- Mo‘min Qorining qo‘li mushukday yumshoq edi, debdi avtor. Yaxshi. Esda qoladi.
Bir ming to‘qqiz yuz elliginchi yillarning boshlari edi. O‘zbekisdon Davlat nashriyotida muharrir bo‘lib ishlardim. Bir kuni orginal poroza bo‘limining mudiri menga Abdulla Qahhorning “Hikoyalar” to‘plamini topshirdi.
To‘plam bilan qiziqib tanishdim. To‘plamdagi hikoyalarning aksariyati tanish. Yangi, hali kitob bo‘lib bosilib chiqmaganlari ham bir talay.
Men bir necha kun hikoyalarni o‘qib, o‘zimcha hayron bolib yurdim. Avvalo, bu to‘plada Abdulla akaning xalq og‘ziga tushgan, vaqtli matbuotda bosilgan bir necha hikoyasi yo‘q edi. Nega Abdula aka ularni o‘zining “Hikoyalar” to‘plamiga kiritmadi ekan?
O‘zimcha, to‘plam hajmi kichik bo‘lsa, shu vajdan Abdulla aka ana shu bir necha hikoyani to‘plamga qo‘shmagan bo‘lsalar kerak, deb o‘yladim. Ertasi nashriyotning plan bo‘limiga kirib, so‘rab-surishtirdim. Nashriyot planida to‘plamning hajmi yetti bosma taboq ekan. Mening qo‘limdagi hikoyalar esa beshga ham bormasdi.
Abdulla akaning uylariga telefon qilib, qo‘lyozma ustida gaplashib olishimni aytdim.
- To‘plamni tahrir qilib bo‘ldingizmi? – deb so‘radilar Abdulla aka.
- Yoq, hali mundarija bilan hajmni ko‘rib yotibman. Bir oz gaplashib olishimiz kerakka o‘xshaydi.
- Gaplashib oladigan gap bo‘lsa gaplashib olaylik.
Nashryotga qachon boray?
Hozir uydamisiz? Siz ovora bo‘lib yurmang, o‘zim yetib boraman.
-Bo‘pti kelaqoling
Oradan bir soat chamasi vaqt o‘tmay, Abdulla akaning uyiga yetib bordim. Odatdagiday, Abdulla aka iliq kutib oldilar. To‘plamni stolga qo‘yib, endi gap boshlamoqchi bo‘lib turgandim:
Bilaman, muharrirlarning vaqti ziq bo‘ladi,- deb qoldilar.- Lekin bobolarimiz oldida taom, bad’az kalom, deganlar. Keling bir piyola choy ichib olaylik, keyin bafurja gaplasha beramiz…
Tushlikdan keyin biz Abdulla aka bilan to‘plam haqida gaplashib ketdik. Ohirida, men Abdulla akadan: - Nima uchun to‘plamga bir necha hikoyalarni kiritmadingiz? Nashriyat planigab ko‘ra yana bir necha hikoyani to‘plamga kiritish imkoniyati bor-ku?-deb so‘radim.
Abdulla aka xiyla o‘ylab turdilar-da:
- Menga qarang, to‘plam hozirgi varianiticha qolaversin. Boshqa hikoyalar qo‘shmaymiz. “Hikoyalar” to‘plami bosmadan chiqib, kitobxon qo‘liga tekkanda, kitobxon uni varaqlab turib: “E, attang, falon-falon hikoyalar to‘plamga bekor kirib qolibdi” deganidan ko‘ra: “E attang, bu to‘plamga falon- falon hikoyalar kirmay qolibdi-da!” degani menga afzalroq,- dedilar.
O‘sha “Hikoyalar” to‘plami Abdulla aka o‘zlari tuzgan mundarija bo‘yicha chop etildi. Kitob sal vaqt ichida qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi…
Elliginchi yillarda Abdulla aka O‘zbekiston yozuvchilar soyuzi proza seksiyasining raisi edilar. Proza asarlari muhokamalarini o‘zlari bosh-qosh bo‘lib o‘tkazar edilar. Aksariyat muhokamalarga nashriyot vakili sifatida biz ham qatnashar, qo‘lyozmalar bo‘yicha o‘z fikrimizni bayon etar, hamkasb o‘rtoqlar mulohazalarni eshtar edik.
Bir kuni avtorning yangi yozgan qissasining muhokamasi bo‘ldi. Ko‘pgina yozuchilar asar kamchilaklari haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Abdulla aka muhokamaga yakun yasab, jumladan shunday dedilar:
Niyat, yaxshi, xolis. Avtor yaxshigina bir uy qurmoqchi bo‘libd. Buning uchun barcha kerakli qurilish materiallari- taxta, shifer, g‘isht, sement, qo‘yning-chi, uy qurushga zarur barcha narsani topib kelibdi. Lekin uy chala: ichiga kirib yashab bo‘lmaydi. Asar qahramonlariga kelsak ular jonsiz, xuddi bolalar devorga chizib ketgan odam suratlariga o‘xshaydi. Qo‘l- oyog‘i bor-u, yurmayd, tili-jag‘I bor-u gapirmaydi. Shakli bor-u, joni yo‘q…
Avtorning vazifasi – shu yaxshi qurilish materiallaridan binoyidek uy qurish qahramonlarga jon ato qilish. Busiz (Abdulla aka avtorga qaradi) kitobxonni o‘zingizdan bezdirib qo‘yasiz. Kitobxon, sevgan yozuvchining yangi kitobini kutadi va topib o‘qiydi. Shunga erishmoq kerak…
Tursinboy Adashboyev
Jo‘mardlik
Mashhur adibimiz Abdulla Qahhordan maktub olganligim bilan maqtanmoqchi emasman. Gap bu yerda ustoz Abdulla akaning 1957 yilda nashr etilgan uch jildli “Tanlangan asarlari”ga kirmagan va ko‘pchilik kitobxonlarga uncha ma’lum bo‘lmagan “Teshik dasturxon” hajviy hikoyasi haqida bormoqda.
Ma’lumki 1950-1960 yillar davomida Namangan shahri va uning atrofidagi qishloqlarda paranji o‘rniga boshlariga dasturxonlik matolarni tashlab, ko‘zlariga moslab teshik ochib yurishlari urf bo‘lgandi. Bunday beo‘xshov rusmlarga Abdulla aka “Teshik dasturxon” hajviyasi bilan zarba bergan va ushbu asar vaqtli matbuotda bosilgach, zavq bilan o‘qigan edik.
Abdulla akaning 1957 yilda chop etilgan kitoblarini sinchiklab o‘qib chiqqanimdan so‘ng, taassurotimni dumbil she’riy yo‘li bilan bayon etishga urinib, “Teshik dasturxon”ga dahldor gaplarni so‘rab, mashhur yozuvchiga xat yo‘llashga jur’at etgandim. Undan Abdulla akaning hikoyalarini bir navi qofiyaga solib quyidagi tarzda murojaat qilganman:
O‘qib chiqdim “ming bir jon”ni,
“Anor” bilan “ Quyshqon”ni,
Topaolmadim majmuadan
Tanish “Teshik dasturxon”ni
Qardosh Qirg‘izistonning olis bir qishlog‘idagi maktab o‘quvchisi bo‘lmish kaminaga 1958 yilning yanvar oyida buyuk yozuvchi sira erinmay maktub yozishini bir tasavvur qilib ko‘ring. Xatda shunday so‘zlar bor edi: “ Tursunjon! Xatingizni oldim. Menga atab yozgan she’ringiz uchun rahmat. “Teshik dasturxon”ni men o‘zim ataylab to‘plamga kiritmagan edim, chunki bu narsa mening tanlangan adabiy asarlarim qatoridan joy oladigan narsa emas edi. Bu xildagi narsalarni juda ko‘pi kitobga kirgan emas. Sizga salom bilan: Abdulla Qahhor”.
O‘shanda bu maktub nainki maktabimizda, qishlog‘imiz Safed Bilolda ham ancha shov- shuvga sabab bo‘lgan.
Hassos adib Abdulla Qahhor o‘z kitobxonlaridan olgan xatlariga, adabiyot olamiga kirib kelayotgan menga o‘xshagan g‘o‘r yoshlarga hamisha talabchan va jo‘mard munosabatda bo‘lganiligi yuqoridagi muxtasar maktubdan yaqqol ko‘rish mumkin.
Said Ahmad
Ustoz chirog‘i
Bundan ellik yil oldin endi o‘n olti yoshga kirgan g‘o‘r bola edim. Har kuni bir kasb tanlardim. Artist bo‘lsammikin, deb Hamza teatrining ostonasida kunni kech qilardim, rassom bo‘lsammikin, deb Hamdamiy degan mashhur rassomning ustaxonasini supirib har xil suvratlar chizardim. Rassomlar maktabiga kirib bir yil o‘qib ham ko‘rdim. Kal Odil degan fotografga shogirt tushib xizmatini qildim. Doktor bo‘lsammikin, deb medtexnikumda ozroq ta’lim oldim. Qurulish texnikumiga qatnashdim. Solih dorvozning arqonlarini sudrab yurdim. Bu ham yetmagandek Karim qizziqqa taqlid qilaman, deb betimga ming xil bo‘yoqlar surtdim.
Qay kasbni tanlamay sal kunda undan ko‘nglim sovib, boshqa kasb poyiga tushardim. Ana shunday hayollar bilan band ekanman, domla papiros chekkani hovliga chiqanini bilmay qolibman.
- Shoir hikoyangiz stol usdida turibdi. Indamay olib ketavering, bo‘lmaydi- dedi.
Hazillashayapti deb o‘ylab kabinetga kirib stol usdida turgan hikoyani qo‘limga oldim. “Zilzila” deb sarlavha yozilgan joyning tagiga, “Hikoya qahramoni jinni. Ruhiy kasal odam. Adabiyotga jinnilarni masxara qilish huquqi berilmagan”, deb yozib qo‘yibti. O‘qidumu oyoqlarim qaltirab ketdi. Bo‘shashib hovliga chiqdim. Domla skameykada xotirjam o‘tirib papiros chekardi. Unga nima deyishimni bilmayman. Bezirayib qarasb turibman…
Hayotda kamdan-kam uchraydigan lavhalarni asarlariga asos qilib оlishning boisi adibning uslubi bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning xarakterida hayotda ham o‘ziga xos takrorlanmas narsalarni ma’qul ko‘rganligidan deb izohlash mumkin. Yozuvchining turmush o‘rtog‘i Kibriyo Qahharovaning esdaliklaridan bunga ko‘plab misollar toppish mumkin. Abdulla Qahhor hayotda ham xuddi hikoyalaridagi singari ohori to‘kilmagan, tesha tegmagan, obrazli gaplarni qo‘llagan, o‘zi shunday so‘zlarni eshitib qolsayon daftariga yozib yurgan. Hatto, Kibriyo Qahharovaninig keltirishicha, uning vafoti oklidan aytgan so‘nggi so‘zi “Gapa muxtasar kuned” (“Gapni qisqa qilish krerak”) bo‘lgan. Bu adibning, ta’br joiz bo‘lsa, shaxs sifatidagi o‘ziga xos prinsipi va yozuvchilikdagi uslubi deyish mumkin.
Abdulla Qahhor faqat o‘ziga xos tarzda ijod qiluvchi yozuvchidir. U o‘z asarlarida milliy- umuminsoniy qadriyatlar: zamondoshlari ma’naviy dunyosi, ruhiy go‘zalligi, vatanparvarlik, otalar va bolalar munosabati, mehr oqibat kabi tuyg‘ularning teran badiiy ifidasini batakror tarzda namoyon qiladi. Uning asarlari qaysi mavzuda, nima haqida yozilganligidan qat’iy nazar, undagi milliy ruh, oddiylik kitobxonni ezgulik ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Abdulla Qahhor 1943 yilda yozilgan “Asror bobo” hikoyasining mavzusi urush yillarida qishloqda choyxonachilik qilib yurgan qariya, oddiy o‘zbek oilasi – bir chol va uning kampiri turmushidan tanlaydi.
Asror boboda ham o‘zbek xalqining mintalitetiga xos donishmandlik, bolajonlik, hazilkashlik, o‘z oilasiga yuksak hurmat ba samimiylik xislatlari mujassam. U kampiriga qalbini o‘rtab yurgan og‘ir musibat- o‘g‘lining jangda halok bo‘lganini aytmay, yashirib yuradi. Bu musibatning hamma dard-alamiga o‘z qalbini titib bersa-da, kampirini ayab, unga hazil- mutoyiba qilishni qo‘ymaydi.
Dastlab o‘g‘lini sog‘ingan kampir yig‘lab cholga tinchlik bermaydi. Shunda Asror bobo kampiriga do‘q uradi, hazilga oladi. Nihoyat bo‘lmagach ta’na qiladi…
Qirg‘inbarot urush mavzusini birgina oddiy o‘zbek oilasi hayoti, qishloq choyxonachisi, chol-kampir munosabatlaridagi milliy o‘ziga xoslik bilan tasvirlashni badiiy ijod mo‘jizasi, qahhorona mahorat ifodasi deyish mumkin.
Fikrimizcha, har bir kitobxon, har bir yozuvchining asar yozishdan avval oldiga qo‘ygan birinchi galdagi maqsadi ham adabiyotning “atomdan kuchli”ligini ta’minlab turuvchi ko‘ngil gavhari- so‘zdan samarali va o‘z o‘rnida foydalanib, bir- biridan go‘zal va real qahramonlar yaratishdir.
Buyuk hikoynavis Abdulla Qahhor mahorati u yaratgan har bir timsolda, har bir detalda namoyon bo‘ladi. Adib ijodida hayot va o‘lim tushinchalari o‘ziga xos tarzda talqin qilinadi.
Abdulla Qahhornong “Ming bir jon”, “Mahalla”, “Bemor”, “To‘yda aza”, “Dahshat” kabi hikoyalarida o‘lim sahnalarini uchratamiz. Bu hikoyalar mavzu jihatdanesa chuqur, shu bois har bir hikoyadagi o‘lim sahnasi turlicha berilgan. Masalan, “Mahalla” hikoyasidagi o‘lim shu qadar soda tasvirlangan bo‘lib, qahramon oson va shunchaki vafot etadi. Lekin bu voqea qahramonning yaqinlariga og‘ir va uzoq ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘lim sahnasi hikoya boshida keltirilib, keyingi voqealarga turtki beruvchi, asos bo‘luvchi hodisa vazifasini bajaradi. Asarda adib o‘lgan insonning ortidan o‘lib bo‘lmasligini, uni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, unga suyanmasin, usiz hayotni tasavvur qila olmasa ham’ ruhiy tushkunlikka tushmasligi zarurligi boshqa mehribon, oqil insonlar yordamida hayotning naqadar go‘zal va aziz ekanligini anglab etishi va yashashda davom etishi kerakligini to‘la holda aks ettirib bergan.
«Bemor» hikoyasida buning aksi. Unda qahramonning hayotni tark etishi asar echimi sifatida berilgan. Bu hikoya eng qayg‘uli hikoyadir. Chinki undagi o‘limga qadar bo‘lgan voqealar o‘quvchining his- tuyg‘ulariga qattiq ta’sir o‘tkazib, inson qalbida achinish hissini uyg‘otadi. Bu achinish birgina vafot etgan kishigagina emas, uning o‘limidan iztirob chekishi mumkin bo‘lgan kishigagina emas, uning o‘limidan iztirob chekatishi mumkin bo‘lgan boshqa insonlarga ham qaratilgan. Bu hikoyadagi o‘lim chinakam fojea sifatida berilgan.
«To‘yda aza» hikoyasidagi hayotа va o‘lim talqini o‘zgacha ma’no kasb etgan. Unda insonninig chin vafotiа uninig jisman vafoti emas, balki kishilar qalbidagi o‘z o‘rnini yo‘qotib, atrofdagilar nasaridan qolishi ekanligi tasvirlangan. Inson uchun haqiqiy o‘lim unga nisbatan atrofdagi odamlarning hech qanday e’tibor va mehri yo‘qligidir. Bu hikoyada insondagi yaxshi fazilatlarning zavol topishi uning odamlar qalbidagi ma’naviy o‘limiga sabab bo‘lishini ko‘ramiz. «To‘yda aza» hikoyasida bir narsaninig intihosi boshqa bir narsaninig ibtidosi bo‘lishini tushunamiz. Asarda yo‘qotilgan narsa oldida topilgan narsaning hech qanday qiymati yo‘qligi yorritilgan. Hikoyadagi «to‘y» hamma uchun birdek kutilmagan voqea, quvonchli hodisa emas, balki ba’zi insonlar uchun «aza» bo‘lib tuyilgan. Asar o‘quvchini chuqur o‘yga toldira oladi.
Yozuvchining yana bir hikoyasida hayotning shirin va totli, aziz va мuqaddas ekanligi, barcha insonlar hech qachon va hech vaqt hayotdan umid va ilinjlarini uza olmasliklari ko‘rsatilgan. «Ming bir jon» hikoyasidagi qahramon o‘lim va hayot chegarasida tursa-da, hayot tomon intiladi. U яyashash uchun kurashda o‘ziga tоg‘dek kuch, mustahkam iroda topa oladi. Har bir ishning, har bir harakatini hayot tomon yo‘naltira oladi. Qahramon sadoqat, vafo va ishonch yordamida hayotga qaytadi. Bu hikoyadagi o‘lim hech kimninig xayoliga kelmagan inson boshiga tushadi. Bundan esa taqdir kutilmagan ekanligini anglaymiz.
Adibning noyob mazmunda yozilgan, o‘zida dahshatli o‘lim sahnasini singdirilgan asari bu «Dahshat» hikoyasidir. Hikoya ijtimoiy muammolardan tashqari boshqa ko‘p xususiyatlarni ham qamrab oladi. Abdulla Qahhorning bu asari hech bir qolipga sig‘maydigan tasvirlar orqali ifodalangan. Biz hikoya orqali hayotga o‘ta hirs qo‘ygan, o‘lim haqida hatto o‘lashga ham qo‘rqadigan, o‘limni eslatuvchi narsalardan hamisha ko‘z yumivcho insonlar borligini bilib olamiz. Asarda hayot jilvasiga boshqa tomondan nazar tashlashga, hayotni erkin va sokin kuzatishga orzumand bo‘lgan va bu yo‘lda o‘z jonini ham qurbon qilgan ayol obrazini ham ko‘ramiz. Hayotda shunday vaqtlar ham bo‘lar ekanki, unda inson tirik odamlar orasida bo‘la turib o‘zida qabristonda turgandan og‘irroq qo‘rquv va iztirobni his etar ekan. «Dahshat» hikoyasida o‘lim va hayot o‘rtasida tutash nuqtalar aks etgan. Qahramonning dunyodan ko‘z yumishi ayanchli va alamli asar echimidir.
Yuqoridagi hikoyalarda hayot va o‘lim talqini bir necha jihatlar orqali birikib turadi. Ya’ni o‘lim hech qachon kishilarga quvonch olib kelmaydi. U kishilarga kutilmagan holat va vaqtda tashrif buyiradi. Hayot esa insonlar uchun berilgan oily ne’mat ekanligini Abdulla Qahhor hikoyalari yana bir bor tasdiqlaydi.
O‘z ijod mahsulini haqiqiy san’at darajasiga ko‘tarish qo‘liga qalam olgan va ulug‘ cho‘qqilar sari intilgan har bir yozuvchining maqsadidir. Bu masala maqsadga erishish esa adibdan yuksak mahoratni talad qiladi. Mahoratning muhim qirralaridan biri esa obraz yaratish san’atidir.
O‘zbek hikoyachiligining cho‘qqilaridan biri hisoblangan “Anor” hikoyasida, Abdulla Qahhorning obraz yaratish mahorati yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘tmish voqealaridan xabar beruvchi bu asarda boshqorong‘i xotiniga ikki dona anor topib bera olmagan Turobjon va “birdan- bir orzusi- anor” bo‘lib qolgan ayol obrazlari san’atkorona yaratilgan.
Abdulla Qahhor kambag‘al insonlar obrazini yaratar ekan, qahramonlarning harakati, gap-so‘zlari, o‘y xayollaridagi har bir ikir-chikirga, har bir detalga ma’no yuklaydi
Yozuvchining mahorati shundaki, qahramonlardagi holatni tasvirlarkan, o‘quvchi shubhalanmasligi uchun asar davomida uni voqelikka tayyorlab boradi. Аbdulla Qahhor qahramonlarini shu qadar qashshoq tasvirlaydiki, Turobjonning boshqorong‘i xotiniga ikki dona anor topib bera olmasligi mumkinligiga shudha qilmaysan kishi.
Asardagi boshqorong‘i ayol obrazi ham yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Аbdulla Qahhor hikoyani yozishdan bir necha yillar oldin yon daftariga boshqorong‘I xotin haqida shunday yozib qo‘ygan.: "Er xotiniga jannatning ta’rifini qiladi. Xotinning ko‘ziga havzikavsar va unda suzib yurgan baliqdan boshqa hech narsa ko‘rinmaedi. Xotin baliqqa boshqorong‘i”.
Boshqorong‘i xotinning ahvolini faqatgina boshqorong‘i xotin tushunishi mumkinligi haqida yozuvchining o‘zi aytib o‘tgan. Lekin asarni o‘qish davomida o‘quvchi ham bu holatni tushuna boshlaydi. Muallif shunday yozadi: “Olamda uning suyangani eri, birdan-bir orzusi –anor edi”. Ko‘rib turganingizdek ayolning olamdagi bor budi eri va anor orzusi bo‘lib qolgan. Bu tushunchalar tarozining ikki palasiga teng munosabatda qo‘yilmoqda. Demakki, ayol boshqorong‘I bo‘larkan, u o‘zi istagan narsani olamdagi barcha narsalardan ustun qo‘yishi mumkinligiga o‘quvchi shubha qilmaydi.
Ayol anor ko‘yida shu darajada yonyaptiki, fig‘oni falakka chiqqan erining dahshatidan ham cho‘chimay qolgan. U erining “O‘tgan bozor kuni egan anoringni o‘ynashing olib kelgan edimi?!” degan savoliga o‘ylab o‘tirmay “O‘ynashim olib kelgan. Shu bilan birga hikoyada bor yo‘g‘i ikkitagina inson obrazini mahorat bilan yaratish orqali maishiy hayotning bir parchasini jonlantirarkan, yozuvchi katta ijtimoiy umumlashmalar chiqarishga erishadi.
Аbdulla Qahhor ХХ asr o‘zbek adabiyotining etuk namoyandalaridan biridir. Uning hajmi jihatidan kichik do‘lsa-da, o‘zida bir olam ma’no ifodalaydigan hikoya va qissalari har bir kitobxonga ma’lum va mashhur. Adib asarlarining kompozitsiyasi juda mukammal ishlangan.
Аsror bobo – yuksak mehr- muhabbatnining yorqin ifodasi. U asarning bosh g‘oyasini, ya’ni mehr-muhabbatni ifodalash uchun asosiy vosita. Shu bilan bitga sirni qalbining tudida saqlay oladigan va qalbidagi mehr-muhabbatni cheksiz bo‘lsa-da, uni yaqinlariga izhor etmaydigan, kamtar inson obrazi.
Аsror bobo atrofidagi obrazlar, kampir - o‘g‘lini, oilasini juda sevadigan, ularni sog‘inadigan, o‘g‘lidan kelishi mumkin bo‘lgan xatlarni orziqib, zoriqib kutadigan, turmush o‘rtog‘ini asrab-avaylaydigan, mehr-muhabbati to‘lib-toshgan haqiqiy o‘zbek ayoli timsoli. Urushdagi o‘g‘lidan kelgan qora xatdan kampir ham xabardor bo‘ladi. Bu haqda u Haydar otaga og‘iz ochadi. Lekin bundan Asror boboning xabar topishini istamaydi. Ming afsuski,Asror bobo bu sirdan xabardor. U ham bu sirni kampiridan yashirib yuribdi. Demak yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, kampir ham Asror bobo kabi mehr-muhabbatning mukammal ifodasi.
Haydar ota Asror boboning o‘tmishidan xabardor, unga qadrdon va shu bilan Asror bob ova kampir o‘rtasidagi tarozi. U har ikki tarafga ham bir xil tosh bosadi.. Аks holda biladiki, ular bir-birining siridan voqif bolsa, g‘amlari yanada ortadi.. Haydar ota obraziga yuklangan vazifani adibning o‘zi bajarishi ham mumkin edi. Lekin bunda adib o‘z ijodiy niyatini to‘liq bajara olmasdi. Ya’ni asar hozirgichalik jonli, ta’sirli bo‘la olmas edi.
«Аsror bobo». Hikoyaning nomi nega aynan ana shunday? Ushbu nom ,ejiz qo‘yilmaganday. Chunki bu nom bejiz qo‘yilmaganday. Chunki, asror-sir va shu bilan birga Asror bobo sir saqlash orqali kampiriga bolgan mehr-muhabbatini ifoda etadi. Shundan kelib chiqib asarni “Asror bobo” deb nom olgan deyish mumkin. Bundan ko‘rinid turibdiki, asr bosh g‘oyasining ifodasi sarlavhasidayoq ars etgan. Bu adibning naqadar iste’dod egasi ekanligini anglatadi.
«Ming bir jon»ni qayta-qayta o‘qiganing sari qalbingda zo‘r hayajon qo‘zg‘aydigan, kuchingga kuch qo‘shadigan, insonga hurmatingni oshiradigan hikoya. Bu hikoyani o‘limlarni enga oladigan inson qudratiga, irodasiga madhiya, deyish mumkin. Bu hikoyani yozishda Abdulla Qahhor hayotiy fakt turtki turtki bergan va oddiy faktni juda katta badiiy umumlashma darajasiga ko‘targan. Hikoya qahramoni Mastura o‘n yildan beri kasalxonada og‘ir kasal. Sakkiz oydan beri kasalxonada yotadi, tomog‘idan ovqat o‘tmaydi, ovqatni qorniga quyishadi, buning ustiga qornida tez-tez suv to‘planadi. Мasturaning ahvoli shunchalikki, uni ko‘rgan uncha-muncha sog‘lar qo‘rquvdan qotib qolishi mumkin. Мastura o‘n yillik azobni engadi, og‘ir operatsiyadan omon chiqadi va sog‘ayib ketadi. Unga o‘n yillik bardosh va iroda bergan, o‘limning yuziga pisand qilmay tik qarashga quvvat bergan kuch nima? Bu kuch, birinchidan, odamlarning mehri, vafosi, oqibati. Akromjon o‘n yil davomida xasta xotinining yonidan bir qadam ham jilmaydi, o‘n yil davomida odamlar Masturani yolg‘iz qoldirmaydi. Ikkinchidan, Masturaning yashash istagi, hayotga muhabbati uni hayotga qaytaradi. U o‘limdan qo‘rqmaydi, uni mensimaslikka intiladi. “men hech qachon o‘lim kutgan emasman, kutmayman ham!” deydi u. Мana shu ishinch, yashashga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli u tirik murdaday og‘ir yotganiga qaramay, hazillashadi, kuladi, askiya qiladi.
«Bemor» dagi Sotiboldining xotinini eslang, uni Masturaga taqqoslang. Biri-tilsiz, notavon qurbon, ikkinchisi - o‘limlarni engadigan ming bir jon egasi. Biri taqdiriga tan bergan, ikkinchisi taqdirni istagan tomonga bura oladigan, o‘z hayotining xo‘jayini bo‘lgan inson. Shu ikki qahramon misolida o‘zbek ayolining keyingi davrda nechog‘lik yuksaklikka ko‘tarilgani yorqin ko‘rinadi.
Аbdulla Qahhorning ayrim hikoyalari personajlari o‘zlarining biror xatti – harakati, qiliqlari yoki gap-so‘zlari orqali hajv ostiga olinadi.
Yozuvchi ba’zi qahramonlarning kulgili tomonlarini ochib berishda hikoya syujetiga, voqealar rivojiga ko‘proq e’tibor bersa, ba’zan esa buning aksini kuzatamiz- syujet ikkinchi darajali unsurga aylanadi. Аdibning «Boshsiz odam» hikoyasida Faxriddin obrazi kulgu ostiga olingan. Yozuvchi uni shunday go‘l, landavur, farosatsiz qilib tasvirlaganki, beixtiyor uning xatti-harakatlaridan kulasiz.
Аdibning «San’atkor», «Аdabiyot muallimi», «O‘jar» hikoyalarida esda qoladigan arzirli voqealar sodir bo‘lmaydi. Lekin ularni o‘qib biron ma’no topgandek bo‘lamiz. «Аdabiyot muallimi”da Boqijon Baqoyev, «San’atkor» da san’atkor o‘zlarining fikrlari, qarashlari gap-so‘zlari orqali fosh bo‘ladilar. Yozuvchi kulgi vositasida jamiyatdagi shunday kishilarni qoralaydi va badiiy umumlashmaga erishadi. Yoki “O‘jar” hikoyasini kuzatsak, asar syujeti, asosan, Qutbiddinov va Zargarov o‘rtasidagi suhbatdan iborat. Suyar ulardan farqli ravishda, birovlar ustidan kulishni, bilgan narsasi bilan maqtanishni, boshqalarni kamsitishni o‘ziga odat qilmagan edi. Shu hulqi bilan bola ikkala “bilimdon”dan ansha baland turadi. Asarni shunday yakunlashdan yozuvchining maqsadi Suyarning o‘rnak bo‘larki xarakterini ochib berishdan iborat edi. Mohir hikoyanavis Abdulla Qahhordan boshqa yozuvchi syujetni shunday tugallash orqali xarakterlarni yaqqol ko‘rsatib berishning uddasidan chiqolmasdi. Bunday mahorat, menimcha, Abdulla Qahhorgagina xosdir.
Аbdulla Qahhorning o‘zbek hikoyachiligiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Adib bu mo‘jaz janrdan foyldalana olishi, shu bilan birga, serqirra ijodkor ekanligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirdi.
Ijodkorning “Bek” hikoyasi hajviy xarakterda yozilgan. Hikoyadagi bosh qahramon Bek o‘z zamonasidan 20 yil orqada qolib ketgan va davrning yangi sharoitiga, muhitiga ko‘nika olmaydigan, eski tuzumga moslashib qolib undan voz kechmayotgan, yangi muhitni tan olmaydigan komik xarakterdagi qahramon sifatida tasvirlanadi. O‘sha davrda eski muhit sharoitidan chiqib ketolmagan insonlarni birgina Bek timsolida ochib bergan.
Аdib “Boshsiz odam”, “Qizlar” va “Mayiz emagan xotin” hikoyalarida hajviy xarakter yaratishda asosan, qahramonning portretiga va nutqiga e’tibor qaratadi. “Bek” hikoyasida qahramonning o‘zini tutishi, xatti-harakati tasviri orqali kulgu tug‘diradi.
Bek yig‘ilishlarda so‘zga ayol chiqquday bo‘lsa, ayollarning gapiga luqma tashlab, ularning ismini kalaka qilib gapiradi. Shunda hamma kuladi. Aslida uning qiziqchilik qilayotganidan emas, balki unga achinganidan, ahvolidan Bekning ustidan kulishadi. Demak, Bek o‘zining xatti-harakatlari bilan odamlarning kulgisiga sabab bo‘ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, «Bek» hikoyasida А.Qahhor esda qolarli komik xarakter yaratib, ayrim kishilarda uchraydigan nuqsonlar ustidan kuladi va bunday kamchiliklardan xalos bo‘lishga undaydi.
Аbdulla Qahhorning «Mahalla» hikoyasida o‘zbek millatiga xos bag‘rikenglik, mehr-oqibat tushunchalari esda qolarli obrazlarda aks ettirilgan. Ustoz o‘gitlaridan oziqlangan, o‘z ijodida o‘zbeklargagina xos bo‘lgan fazilatlarni ifodalagan Muhammad Yusuf bir she’rida shunday yozgan edi:
Qorachug‘da porlagan o‘sha
Iqboliga chorlagan o‘sha,
Dunyoni tor aylagan o‘sha
Мehr qolur, muhabbat qolur.
Bu she’r go‘yo “Mahalla” hikoyasiga epigraf qilib olingan to‘rtlikning davomiday o‘qiladi. Bunday she’rlarida shoir insonlarni yaxshilikka chorlaydi, ezgu fazilatlarni targ‘ib qiladi, eng noyob, eng baland, eng qimmat mehr tuyg‘usi haqida obrazli til kechinmalarni ifodalab beradi. Аbdulla Qahhor ham nafaqat “Mahalla” hikoyasida, balki “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “Muhabbat” kabi asarlarida ham qalb gavhari bo‘lmish mehr- muhabbatning qadr-qimmatini ta’kidlagan.
XULOSA
Аbdulla Qahhor ХХ asr o‘zbek adabiyotining etuk namoyandalaridan biridir. Uning hajm jihatidan kichik bo‘lsa-da, o‘zida bir olam ma’no ifodalaydigan hikoya va qissalari har bir kitobxonga ma’lum va mashhur.
Buyuk hikoynavis Abdulla Qahhor mahorati u yaratgan har bir timsolda, har bir detalda namoyon bo‘ladi. Adib ijodida hayot va o‘lim tushinchalari o‘ziga xos tarzda talqin qilinadi.
Abdulla Qahhornong “Ming bir jon”, “Mahalla”, “Bemor”, “To‘yda aza”, “Dahshat” kabi hikoyalarida o‘lim sahnalarini uchratamiz. Bu hikoyalar mavzu jihatdanesa chuqur, shu bois har bir hikoyadagi o‘lim sahnasi turlicha berilgan. Masalan, “Mahalla” hikoyasidagi o‘lim shu qadar sodda tasvirlangan bo‘lib, qahramon oson va shunchaki vafot etadi. Lekin bu voqea qahramonning yaqinlariga og‘ir va uzoq ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘lim sahnasi hikoya boshida keltirilib, keyingi voqealarga turtki beruvchi, asos bo‘luvchi hodisa vazifasini bajaradi. Asarda adib o‘lgan insonning ortidan o‘lib bo‘lmasligini, uni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, unga suyanmasin, usiz hayotni tasavvur qila olmasa ham, ruhiy tushkunlikka tushmasligi zarurligi boshqa mehribon, oqil insonlar yordamida hayotning naqadar go‘zal va aziz ekanligini anglab etishi va yashashda davom etishi kerakligini to‘la holda aks ettirib bergan.
«Bemor» hikoyasida buning aksi. Unda qahramonning hayotni tark etishi asar echimi sifatida berilgan. Bu hikoya eng qayg‘uli hikoyadir. Chinki undagi o‘limga qadar bo‘lgan voqealar o‘quvchining his- tuyg‘ulariga qattiq ta’sir o‘tkazib, inson qalbida achinish hissini uyg‘otadi. Bu achinish birgina vafot etgan kishigagina emas, uning o‘limidan iztirob chekishi mumkin bo‘lgan kishigagina emas, uning o‘limidan iztirob chekatishi mumkin bo‘lgan boshqa insonlarga ham qaratilgan. Bu hikoyadagi o‘lim chinakam fojea sifatida berilgan.
«To‘yda aza» hikoyasidagi hayotа va o‘lim talqini o‘zgacha ma’no kasb etgan. Unda insonninig chin vafotiа uninig jisman vafoti emas, balki kishilar qalbidagi o‘z o‘rnini yo‘qotib, atrofdagilar nasaridan qolishi ekanligi tasvirlangan. Inson uchun haqiqiy o‘lim unga nisbatan atrofdagi odamlarning hech qanday e’tibor va mehri yo‘qligidir. Bu hikoyada insondagi yaxshi fazilatlarning zavol topishi uning odamlar qalbidagi ma’naviy o‘limiga sabab bo‘lishini ko‘ramiz. «To‘yda aza» hikoyasida bir narsaninig intihosi boshqa bir narsaninig ibtidosi bo‘lishini tushunamiz. Asarda yo‘qotilgan narsa oldida topilgan narsaning hech qanday qiymati yo‘qligi yorritilgan. Hikoyadagi «to‘y» hamma uchun birdek kutilmagan voqea, quvonchli hodisa emas, balki ba’zi insonlar uchun «aza» bo‘lib tuyilgan. Asar o‘quvchini chuqur o‘yga toldira oladi.
Yozuvchining yana bir hikoyasida hayotning shirin va totli, aziz va мuqaddas ekanligi, barcha insonlar hech qachon va hech vaqt hayotdan umid va ilinjlarini uza olmasliklari ko‘rsatilgan. «Ming bir jon» hikoyasidagi qahramon o‘lim va hayot chegarasida tursa-da, hayot tomon intiladi. U яyashash uchun kurashda o‘ziga tоg‘dek kuch, mustahkam iroda topa oladi. Har bir ishning, har bir harakatini hayot tomon yo‘naltira oladi. Qahramon sadoqat, vafo va ishonch yordamida hayotga qaytadi. Bu hikoyadagi o‘lim hech kimninig xayoliga kelmagan inson boshiga tushadi. Bundan esa taqdir kutilmagan ekanligini anglaymiz.
Adibning noyob mazmunda yozilgan, o‘zida dahshatli o‘lim sahnasini singdirilgan asari bu «Dahshat» hikoyasidir. Hikoya ijtimoiy muammolardan tashqari boshqa ko‘p xususiyatlarni ham qamrab oladi. Abdulla Qahhorning bu asari hech bir qolipga sig‘maydigan tasvirlar orqali ifodalangan. Biz hikoya orqali hayotga o‘ta hirs qo‘ygan, o‘lim haqida hatto o‘lashga ham qo‘rqadigan, o‘limni eslatuvchi narsalardan hamisha ko‘z yumivcho insonlar borligini bilib olamiz. Asarda hayot jilvasiga boshqa tomondan nazar tashlashga, hayotni erkin va sokin kuzatishga orzumand bo‘lgan va bu yo‘lda o‘z jonini ham qurbon qilgan ayol obrazini ham ko‘ramiz. Hayotda shunday vaqtlar ham bo‘lar ekanki, unda inson tirik odamlar orasida bo‘la turib o‘zida qabristonda turgandan og‘irroq qo‘rquv va iztirobni his etar ekan. «Dahshat» hikoyasida o‘lim va hayot o‘rtasida tutash nuqtalar aks etgan. Qahramonning dunyodan ko‘z yumishi ayanchli va alamli asar echimidir.
Yuqoridagi hikoyalarda hayot va o‘lim talqini bir necha jihatlar orqali birikib turadi. Ya’ni o‘lim hech qachon kishilarga quvonch olib kelmaydi. U kishilarga kutilmagan holat va vaqtda tashrif buyiradi. Hayot esa insonlar uchun berilgan oily ne’mat ekanligini Abdulla Qahhor hikoyalari yana bir bor tasdiqlaydi.
Аsror bobo – yuksak mehr- muhabbatnining yorqin ifodasi. U asarning bosh g‘oyasini, ya’ni mehr-muhabbatni ifodalash uchun asosiy vosita. Shu bilan bitga sirni qalbining tudida saqlay oladigan va qalbidagi mehr-muhabbatni cheksiz bo‘lsa-da, uni yaqinlariga izhor etmaydigan, kamtar inson obrazi.
Аsror bobo atrofidagi obrazlar, kampir - o‘g‘lini, oilasini juda sevadigan, ularni sog‘inadigan, o‘g‘lidan kelishi mumkin bo‘lgan xatlarni orziqib, zoriqib kutadigan, turmush o‘rtog‘ini asrab-avaylaydigan, mehr-muhabbati to‘lib-toshgan haqiqiy o‘zbek ayoli timsoli. Urushdagi o‘g‘lidan kelgan qora xatdan kampir ham xabardor bo‘ladi. Bu haqda u Haydar otaga og‘iz ochadi. Lekin bundan Asror boboning xabar topishini istamaydi. Ming afsuski,Asror bobo bu sirdan xabardor. U ham bu sirni kampiridan yashirib yuribdi. Demak yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, kampir ham Asror bobo kabi mehr-muhabbatning mukammal ifodasi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Аbdulla Qahhor “Mahalla”, “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “Muhabbat”, “Bek” va boshqa hikoyalarida qahramon masalasini mukammal darajada tasvirlab bergan. Adib hikoyalarida qalb gavhari bo‘lmish mehr-muhabbatning qadr-qimmatini tasvirlagan. Yozuvchi hikoyalarida ayrim insonlarda uchraydigan nuqsonlar ustidan kuladi va bunday kamchiliklardan xalos bo‘lishga undaydi. “Asror bobo” dagi qahramonlardek odamlarning mehr-oqibatli bo‘lishni istaydi. O‘ylaymizki, bu hech qachon eskirmaydigan mavzu. Sababi, insonlar yashar ekanlar doimo mehrga, samimiylikka, ezgulikka intilib yashaydilar.
Dostları ilə paylaş: |