Rikketsiozlar



Yüklə 39,97 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.10.2022
ölçüsü39,97 Kb.
#64894
Rikketsiozlar - Vikipediya



Rikketsiozlar
Rikketsiozlar, bakteriyasimon mikroorganizmlar — rikketsiyalar qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli
kasalliklar. Hayvonlar, qon soʻruvchi hasharotlar (bit, burga, kana) va odamda uchraydi. R.ga
epidemik toshmali terlama, Ku isitmasi, okop isitmasi va boshqa kiradi.
Rikketsiyalar mikrometr ulushlaridan tortib, bir necha mikrometrgacha kattalikda boʻladi.
Shakli sharsimon, ipsimon, kalta yoki uzun tayokchasimon boʻlishi mumkin. Rikketsiyalar turli
xil hasharotlar (burga, bit va kanalar) organizmida parazitlik qiladi.
R. qon orqali oʻtadigan yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. R.ning qoʻzgʻatuvchilari kasal
odam (hayvon) qoni va limfasida muayyan vaqtgacha aylanib yurib, undan qon soʻruvchi
hasharotlar (burga, bit) va kanalar orqali sogʻlom kishi qoniga oʻtadi, hasharotlar
rikketsiyalarni faqat najasi yoki soʻlak bezlari sekreti orqali ajratadi. Ayrim hollarda, Mas, Ku
isitmada R. qoramol suti va siydigi orqali toqadi.
Tabiiy sharoitda R. turli xil yovvoyi sut emizuvchilar (asosan, kemiruvchilar)da uchraydi,
bulardan (rikketsiyalarning qonda aylanib yurishi davrida) burga va kanalar kasallikni
yuqtiradi. Odamga kasallik kana qonni soʻrganida, rikketsiyalar bit, burga, kana najasi orqali
zararlangan teriga (Mas, terini qashiganda) yoki chang bilan shilliq pardalarga tushganida
yuqadi. R. orasida epidemik toshmali terlama va okop isitmasi antroponoz kasallikdir, bular
bilan koʻproq odam kasallanadi. Ularning qoʻzgʻatuvchisi bemor qonidan kasallik tarqatuvchi
(bitlar)ga qrn soʻrganida oʻtadi, ulardan esa boshqa kishilarga tarqaladi. Qolgan P. — zoonoz
kasalliklardir. Bunda odamga kasallik kasal hayvonlardan rikketsiyalar oʻtgan burga yoki
kanalar chaqqanda yuqadi.
Kasallik toʻsatdan boshlanadi, bemor isitmalaydi, boshi va muskullari ogʻriydi va badaniga
toshma toshadi. Qon tomirlarning devorlari, shuningdek, markaziy nerv sistemasi zararlanadi.


 
Soʻnggi tahrir 1 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Bemor kasalxonada davolanadi. R. ning oldini olish uchun qon soʻruvchi hasharotlar (kana,
bit, burga) va kemiruvchilarga qarshi kurash olib borish lozim.
[1]
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Rikketsiozlar&oldid=285647
5
" dan olindi 
Manbalar

Yüklə 39,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin