Rim Rеspublika tuzumi inqirozi va uning qulashi


vi-xi asrlarda vizantiya imperiyasi



Yüklə 60,36 Kb.
səhifə2/7
tarix02.06.2023
ölçüsü60,36 Kb.
#122738
1   2   3   4   5   6   7
Rim Rеspublika tuzumi inqirozi va uning qulashi

vi-xi asrlarda vizantiya imperiyasi
G'arbiy Rim imperiyasi qulagandan keyin ham sharqiy Rim imperiyasi yana uzoq vaqt yashab keldi. sharqiy rim imperiyasi ham Rim imperiyasi nomi bilan faoliyat ko'rsatdi. Ularning asosiy tili grek tili bo'lib "Vizantiya imperiyasi" degan nom bilan yuritildi. Qadimgi poytaxt nomi Vizantiya bo'lib, 330 yilda konstantin Buyuk bu shaharga Konstantinapol deb nom bergan edi. ayrim tarixchilar xuddi shu yildan boshlab, Vizantiya imperiyasiga asos solingan deb hisoblasalar, lekin tarixchilarning ko'pchiligi Vizantiya imperiyasi 395 yilda, yani Feodosiy I o'lgach, imperiya uning o'g'illari o'rtasida taqsimlanib, sharqiy Konstantinapol shahri bilan birga Arnadiyga o'tgan vaqtda tuzilgan deb hisoblaydilar.
Bolqon yarim orolidan va egey dengizidagi ko'pdan - ko'p orollardan tashqari, Vizantiya imperiyasiga yana kichik Osiyo, Suriya bilan Falastin, Misr Mesopatamiya bilan Zakovkazvening bir qismi, Qirmning Janubiy qirg'oqlari kirar edi.
Sharqiy Rim imperiyasidagi iqtisodiy munosabatlar G'arbiy Rimga nisbattan ancha taraqqiy topgan va mustahkam bo'lgan Sharqaiy Rim imperiyasi territoriyasida Misrdagi Aleksandriya, suriyadagi Antioxiya, kichik Osiyodagi Smerna va Efes, Bolqon yarim orolidagi Konstantinapol va Fesalonika kabi rivoj topgan savdo - sotiq markaz shaharlari bor edi. Ayniqsa III asrlarda Saksoniylar podsholigi davrida savdo munosabatlari avj olgan edi.
Bu shaharning yana bir slovyancha nomi - solun edi. Sharqiy Rim imperiyasida quldorlik tuzumi G'arbiy rimda nisbatdan ancha uzoq davom etdi. Buning asosiy sabablari:
  • Imperiyaning sharqiy viloyatlarida qishloq xo'jaligida quldorlik katta rol o'ynamadi.


  • Sharqiy Rim ekonomikasida qullar bilan bir qatorda erkin hunarmandlar va qishloqlardagi jamoachi dehqonlar katta o'rin tutar edi.


  • Xiyla ko'p sonli mustaqil dehqonlar qisman qadimiy iptidoiy tuzumni saqlab qolgan bo'lib, Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida isteqomat qilar edilar.


  • Shu bilan birgalikda bu yerlarda greklarning ellin tili qadimiy grek shahar - davlat tuzulishining anchagina tomonlarini o'zida saqlab qolgan. Turli diniy e'tiqodlarning mavjudligi ularning o'zaro aralashib kelishi Grek - Vizantiya hokinyatining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Ammo ayrim viloyatlarning etnik, maishiy, diniy tafovutlari tamoman yo'q bo'lib ketmagan edi. Vizantiyaning bundan keyingi butin bir tarixida bu narsa keskin sezilib turdi.



Vizantiyaning etnik , ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning varvarlarga bo'lgan munosabatlari bilan o'zgacha xarakterga ega edi. Varvar qabilalari Vizantiyaga hujum qila olmadilar vizantiyaliklar ostgotlar, vestgotlar va boshqa german qabilalarining hujumlarini qaytara oldilar. Vizantiya imperiyasida hatto V - VI asrlarda ham quldorlik tuzumi yashab kelayotgan edi. VI asrlarda G'arbda varvarlar tomonidan bosib olingan viloyatlarda qaytadan tiklashga ha vizantiyaliklar harakat qilgan edilar.
Shu bilan birgalikda Vizantiya imperiyasida ijtimoiy tuzum sohasidagi an'analarning saqlanib qolinishi bilan birga unig ijtimoiy tuzumi feodalizm tomon tezlashib bordi. Bolqon yarim orolidagi bir qancha territoriyalarni bosib olgan Slovyanlar bu yerda (G'arbda bo'lgani singari Bilgariya, Serbiya, Xorvatiyani barpo qildilar) qisman vizantiya qo'lida saqlanib qolgan territoriyaga dehqon-kolonist bo'lib ко'chib keldilarva bu yerga o'zlari bilan birga ibtidoiy - jamoa tuzumi tartiblarini olib keldilar. Shunday qilib, Germanlar G'arbiy Rim imperiyasiga nisbatdan qanday rol o'ynagan bo'lsa, slovyanlar ham Vizantiya taqdirida shunday rol o'ynadilar. g'arbiy rimda ham, Vizantiya imperiyasida ham quldirlik tuzilishining yemirilishi va ancha progressivroq ijtimoiy -feodal munosabatlarning rivojlanishi uchun shart - sharoitlar yaratilishiga yordam berdi.


Yüklə 60,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin