Rim Rеspublika tuzumi inqirozi va uning qulashi


Yustinian zamonidagi qurilish



Yüklə 60,36 Kb.
səhifə6/7
tarix02.06.2023
ölçüsü60,36 Kb.
#122738
1   2   3   4   5   6   7
Rim Rеspublika tuzumi inqirozi va uning qulashi

Yustinian zamonidagi qurilish
Yustinian zamonida davlat mablag'larining xiyla qismi qurilish ishlariga ketdi. yustinian yuzlab qal'a va yuzdan ortiq maydaroq istehkomlar qurdirdi. Uning zamonida -vodapravodlar, yo'llar, xammomlar, teatrlar, har turli hukumat binolari qurildi. Bular orasida saroy va ibodatxonalar katta o'rin oldi. Ilk Vizantiya arxitikturarasi orasida eng muhimi ayo Safiya ibodatxonasi bo'lib, u Yustinian tomonidan 532 - 538 yillarda (“Ollohning donoligi sharafiga”) qurildi, bu ayo Safiya ibodatxonasida Ilk Vizantiya arxitekturasi uslubining xususiyatlari yaxshi aks etgan.

VI asrda Vizantiya madaniyati
Ayo Safiya ibodatxonasining qurilishi o'sha davrda Vizantiyada qanchalik darajada mohir ustalar, matematiklar, injenerlar, rassomlar bor bo'lganligidan dalolat beradi. Bu davrda yaratilgan gumanitlar, asrlar hozirgacha yetib kelgan. Yustinian zamonidagi yirik tarixchi Prokopiy kesariyskiy buning misolidir. Uning «Urushlar tarixi» ( forslar, gotlar va boshqalar bilan) «Qurilishlar», «Sirli tarix» kabi asarlar yaratib qo'ydi. U o'zining asrlarida faqat vizantiyaliklar to'g'risida emas, balki qo'shni davlatlar xalqlari to'g'risida, slovyanlar, ostgotlar, vandallar va boshqalar to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar qoldirgan.
Prokopiy o'zining “Sirli tarixi”da aksincha podsholik davrining sirli, qorong'u tomonlarini ochib tashlagan, ayniqsa Yustinian siyosati natijasida soliqlarning og'irlashib, xalq ommasining tobora qashshoqlashib ketganligini qayd qilgan.
Vizantiyaning yana bir yirik tarixchisi
Agafiy edi. Uning "yustinian podsholik qilishi" degan asari prokopiy asarlariga ancha muhim qo'shimchalar kiritib, ularni to'ldiradi, tuzatadi, ayrim ma'lumotlarni ma'qullaydi.

Vizantiyaning VI asrdagi yirik olimlari orasida mediklardan Aleksandr Tralskiy va Pavel Egmnskiy va Anfimiy Tralskiy (bular ayo Safiya ibodatxonasining asosiy quruvchilari bo'lgan ), geograflardan Kozma Indikoplavt asarlarida Afrika, Hindiston, qizil dengiz va Hind okeani to'g'risida ko'plab qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Uning koinotga nisbatdan geosentrik qarashlari o'rta asr kishilarining geografiya to'risidagi tasavvurlariga (XV oxiriga qadar) juda katta ta'sir ko'rsatgan.



Yüklə 60,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin